Korxonada axborot xavfsizligini


International Conference on Developments in Education



Yüklə 184,2 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/3
tarix16.12.2023
ölçüsü184,2 Kb.
#183004
1   2   3
International Conference on Developments in Education 
Hosted from Bursa, Turkey 
https

econferencezone.org April 25
th
2022 
136 
o'g'irlanishiga olib kelishi mumkin. Korporativ tarmoqqa kirgan virusli dastur hakerlarga 
kompaniya faoliyatini qisman yoki to‘liq nazorat qilish imkonini beradi. Spam bu bir necha 
yil ichida spam kichik bezovtalikdan xavfsizlikning eng katta tahdidlaridan biriga aylandi. 
So'nggi yillarda elektron pochta asosiy tarqatish kanaliga aylandi. Spam xabarlarni ko'rish va 
keyin o'chirish uchun ko'p vaqt talab etadi, xodimlarda psixologik noqulaylik hissi tug'diradi. 
Viruslardan saqlanishda biz antivirus dasturlaridan foydalansak bo’ladi. Lekin bu korxona 
uchun qo’shimcha xarajat ta’lab etadi. Chunki kuchli antivirus dasturlari pullik. Spamlardan 
himoyalanish esa oddiygina elektron pochtadagi nomalum xabarni ochmaslik bilan 
himoyalanish mumkin. 
Hozirgi vaqtda axborot xavfsizligini ta’minlash nafaqat korxona faoliyatida, balki har bir 
informatsion texnologiyalardan foydalanuvchi boshqa soha vakillari uchun dolzarb 
masalalardan biri bo’lib kelmoqda. Shu boisb korxona faoliyatini bir maromda amalga 
oshirish uchun axborot xavfsizligini taminlash bu juda muhim masaladir. Gapimizni misol 
bilan davom ettirmoqchimiz. Bugun korxonalar o’rtasida raqobatni har jabhada ko’rishimiz 
mumkin. Har bir korxona raqobatda yutib chiqish uchun bor imkoniyatlarini ishga soladi. 
Bunga misol qilib bir korxona ishlab chiqaryotgan mahsulot tannarxini sir saqlashini aytib 
o’tishimiz mumkin. Agar bu oddiy jadval raqamli axborot tarzda saqlanyotganini xisobga 
olsak, bu axborotni yaxlit saqlash korxona uchun qanchalik muhimligini aytmasak ham 
bo’ladi. Bundan tashqari hozirdalikda faoliyat olib borayotgan yirik banklar hakerlar 
xujumiga uchrab kelayotgani ham sir emas. Yana bir misol bugun axborot texnologiyalari 
bilan birga kiberhujumlar ham rivojlanib, turlari ko‘payib boryapti. Ayniqsa, hozir ijtimoiy 
injiniringni qo‘llagan holda amalga oshiriladigan kiberhujumlar soni ortmoqda. Ulardan 
himoyalanish esa bugungi kunning dolzarb mavzularidan biridir.
Umuman olaganda axborot xavsizligini ta’minlashga to’siq bo’layotgan muommaolardan 
misol keltirib o’tsak. Hozirgi vaqtda axborot xavfsizligini ta’minlashning asosiy 
muommolariga biz axborotning ko’pligi va qayta ishlashning murakkabligini misol qilib 
keltirishimiz mumkin. Axborot oqimining ko’pligi uni himoya qilishga jiddiy to’sqinlik 
qiladi. Va asosiy muommolardan yana biri bu qaysi axborotni xavfsizligini ta’minlashni 
aniqlab olishdir. Xavsizlikni ta’minlashning asosiy muommolaridan yana biri bu xavfsizlikni 
ta’minljvchi yagona tizimning mavjud emasligidir. Avvala aytib o’tganimizdek tashkilot 
axborot xavfsizligini boshqarish jarayonining iqtisodiy samaradorligi ko'p jihatdan nimani 
himoya qilish kerakligiga bogliq.
Xulosa qilib shuni aytishimiz mumkinki hozirgi vaqatda korxona axborot xavsizligini 
himoya qilish bu korxona faoliyatini bir maromda borishini ta’minlovchi asosiy omillardan 
bo’lib hisoblaniladi. Korxona axborot xavsizligini ta’minlashda hozirda zamonaviy 
qurilmalar va dasturiy ta’minotlar kata yordam beradi. Buni biz quyidagilar bilan 
izohlashimiz mumkin. Oddiygina korxona hududida yuzni tanib olish qurilmasidan 
foydalanish korxona axborot xavsizligini ta’minlashda yuqori samara berishi mumkin. Lekin 
bunday vositalardan foydalanish korxona uchun qo’shimcha harajat talab etishi mumkin. 
Bundan tashqari korhonadagi elektron qurilmalarga kalit so’zlarini o’rnatish ham elektron 
tarzda saqlanyotgan ma’lumotlarni himoya qilishda samara beradi. 
Endi biz qisqacha korxona axborot xavsizlik tizimi to’g’risida to’xtalib o’tsak. Tashkilotning 
axborot xavfsizligi tizimi quyidagi yo'nalishlarni o'z ichiga oladi; tartibga soluvchi, tashkiliy 
(ma'muriy), texnik, dasturiy ta'minot. Har bir tarmoq o’zaro chambarchas bog’liq bo’lishi 
kerak. Ular o’zaro uzviy bog’liqdir. 
Korxonada xavfsizlikning barcha sohalaridagi vaziyatni to'liq baholash uchun axborot 
resurslari xavfsizligi muammosiga tizimli yondashuvni belgilaydigan va maqsadlar, 
vazifalarni tizimli ravishda taqdim etadigan axborot xavfsizligi konsepsiyasini ishlab chiqish 
kerak. Albatta bu vaqt va harajat talab etadigan jarayondir. 



Yüklə 184,2 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin