Korxonalar iqtisodiy salohiyati: tarkibi, ko’rsatkichlar tizimi va samaradorligini tahlili



Yüklə 34,37 Kb.
tarix06.07.2023
ölçüsü34,37 Kb.
#135872
Korxonalar iqtisodiy salohiyati (1)


Korxonalar iqtisodiy salohiyati: tarkibi, ko’rsatkichlar tizimi va samaradorligini tahlili.
Korxonada iqtisodiy salohiyatni aktivlarga teng deb oladigan bo‘lsak, (odatda uning tarkibiga xodimlarning qiymati ham kiritiladi) uning ta’minlanganlik, samaradorlik va natijaviylik darajalari
aktivlarning turlari bo‘yicha turlicha bo‘lganligini ko‘rish mumkin.
Aktivlarning ta’minlanganligi bo‘yicha xodimlar soniga nisbatan, samaradorligini sotishdan tushumga nisbatan, natijaviylikni sof foydaga nisbatan bog‘lanishlarida ularning tarkib bo‘yicha o‘zgarishlarini davriy va dinamik baholash imkoni tug‘iladi. Bugungi kunda respublikamizda ichki va tashqi bozorlarda barqaror talabga ega bo’lgan ishlab chiqarishni yanada kengaytirish, sifatli va raqobatbardosh tayyor mahsulotlar ishlab chiqarishni tashkil etish maqsadida korxonalarda, jumladan kichik biznes sub’ektlarida xalqaro standartlarni joriy etishga qaratilgan ishlar keng miqyosda amalga oshirilmoqda.
Xulosa o‘rnida shuni aytish mumkinki, korporativ boshqaruvning zamonaviy usullarini joriy qilish sharoitida korxonalarning investitsion jozibadorligi va ularning moliyaviy holati to‘g‘risidagi ishonchli axborotga talab yanada ortadi. Bunday axborot samarali boshqaruv, investitsion va moliyaviy qarorlar qabul qilishda muhim asos bo‘lib xizmat qiladi. Korxonalar moliyaviy holati va investitsion jozibadorligini kompleks baholash uslublarini takomillashtirish asosida boshqaruv qarorlarining samaradorligi ortib, moliyaviy resurslardan samarali foydalanish imkoniyatlari aniqlanadi. Mening fikrimcha, iste’mol bozori talablarining o’zgaruvchanligi sharoitida kichik biznes sub’ektlari mahsulotlarining raqobatbardoshligini ta’minlash uchun sifati xalqaro va milliy standartlarga mos keluvchi mahsulotlar ishlab chiqarish, shu asosda iste’molchilarning qoniqishini ta’minlash, natijada mahsulot sotish bozorlarini kengaytirish va mahsulot eksporti hajmini oshirish lozim.
Shu jihatdan, respublikamizda aksionerlik jamiyatlari tomonidan ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarning sifatini oshirish orqali ularning raqobatbardoshligini ta’minlash, sifatni boshqarish tizimlarini joriy etish, shakllantirish va sertifikatlashtirishda yuzaga keladigan muammolarni o’rganish, xalqaro standartlar talablari asosida sifatni boshqarish tizimlarini joriy etish va rivojlantirish talab etiladi.
Ma’lumki, bozor sharoitida ko’pgina ko’rsatkichlar orasida aynan sifat tovarlar va ularni ishlab chiqaruvchilarning saqlanib qolish shartiga, ularning iqtisodiy faoliyatining samaradorligi hamda mamlakat iqtisodiy farovonligii ko’rsatkichiga aylanadi. Marketing nuqtai nazaridan sifat – ma’lum iste’molchining ma’lum ehtiyojlarini qondiruvchi tovarning iste’mol xususiyatlari jamlanmasidir.
Shunday qilib, sifatliroq mahsulot aniq bir tovar yoki xizmatni aniq xaridorlar ko’proq ehtiyojlarini qondirish qobiliyatini nazarda tutadi. Tovarlarning iste’mol xususiyatlari jamlanmasidan foydalanish darajasi nuqtayi nazaridan sifat va foydali xossa tushunchalarini farqlash zarur.
Aksionerlik jamiyatlarida tovar sifat tizimini shakllantirish xo’jalik faoliyatining uchta yo’nalishiga asoslanishi mumkin: sifatni ta’minlash, sifatni boshqarish va sifatni yaxshilash.
Xulosa o’rnida shuni ta’kidlash lozimki, bugungi kunda respublikamizda ishlab chiqarish jarayonlarida mahsulot sifatini boshqarishning zamonaviy texnologiyalarini tatbiq etish, jahon talablari va standartlariga javob beradigan mahsulot ishlab chiqarishni tashkil etish hisobiga ishlab chiqariladigan mahsulot turlarini yangilash hamda kengaytirish, ularning sifati va raqobatbardoshligini oshirish, aksionerlik jamiyatlarida sifatni boshqarish tizimini joriy etishda yuzaga keladigan muammolarni o’rganish milliy iqtisodiyot samaradorligini oshirishga o’zining ijobiy ta’sirini ko’rsatadi.
Yüklə 34,37 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin