moddiy ishlab chiqarishning xo‘jalik bo‘linmalarida birlamch
i
daromadlarni
shakllantirish, xo‘jalik ichidagi maqsadli fondlar
- nizom fondi,
ishlab chiqarishni rivojlantirish fondi, rag‘batlantirish fondi va boshqalarni tashkil
etish va foydalanish bilan bog‘liq bo‘lgan. Ulardan bir qismi ishlab chiqarish,
ikkinchi
qismi ta’minot ehtiyojlarni qondirish uchun ishlatiladi;
turli korxonalar orasida vujudga keladigan munosabatlar, agar bu
munosabatlar taqsimlash xarakteriga ega bo‘lsa, lekin almashtirishga xizmat
qiluvchi emas. Bu pul munosabatlari asosidagi moliyaviy resurslarni harakati fond
shaklida emas, balki, shartnomalar bo‘yicha jarimalar olish yoki to‘lash,
turli
birlashmalar qatnashchilarini badal to‘lovlarini to‘lashi, ishlab chiqarish
jarayonlarini kooperatsiyalashdan tushgan foydani taqsimlashda ularni ishtirok
etishi, aksiya va obligatsiyalarga mablag‘larni investitsiyalash va ular bo‘yicha
dividendlar va foizlar olish va h. k. ;
turli sug‘urta fondlarini tashkil etish va foydalanish bilan bog‘liq bo‘lgan
moddiy ishlab chiqarish korxonalari va sug‘urta tashkilotlari o‘rtasida vujudga
keladigan moliyaviy munosabatlar;
bank ssudalarini olish va qoplash, ular bo‘yicha foizlar to‘lash hamda
ma’lum to‘lov evaziga vaqtincha foydalanish uchun bo‘sh pul mablag‘larini
banklarga berish bilan bog‘liq bo‘lgan korxonalar va banklar o‘rtasida vujudga
keladigan munosabatlar;
budjet va budjetdan tashqari fondlarni tashkil
etish va foydalanish bilan
bog‘liq bo‘lgan moddiy ishlab chiqarish va davlat o‘rtasida vujudga keladigan
munosabatlar. Moliyaviy munosabatlarning bu guruhi budjetga, budjetdan tashqari
fondlarga to‘lovlar, budjetdan moliyalashtirish va h. k.;
korxonalar bilan ularning yuqori boshqaruv tuzulmalari orasida vujudga
keladigan munosabatlar. Bunga "vertikal" o‘zaro bog‘liqlik deyiladi, tarmoq ichki
chegaralarida saqlanib qolgan moliyaviy resurslarning qayta taqsimlanishi.
Yuqorida ko‘rsatilgan pul munosabatlari korxonalar moliyasining
mazmunini hosil qilib, xo‘jalik subyektlarining jamg‘armalarini va pul
daromadlarini tashkil etish, foydalanish va ularni
moliya-bank tizimining
majburiyatlarini bajarish uchun, kengaytirilgan takror ishlab chiqarish xarajatlarini
moliyalashtirish, ishchilarni moddiy rag‘batlantirish va ijtimoiy xizmat ko‘rsatish
bilan bog‘liq bo‘lgan pul munosabatlari deb aniqlash mumkin.
Mulkchilikning turli shakllari, tarmoqlarning xususiyatlari, iqlimiy-tabiat
omillarning mavjudligi ham moliyaviy o‘zaro bog‘liqliklarni ko‘p qirrali qilib,
ta’sirini o‘tkazadi. Bu asosda moddiy ishlab chiqarishda moliyaviy
munosabatlarning ko‘p qirraligi,
usullarini
turli-
tumanligidan iborat bo‘lgan
birinchi spetsifik xususiyati
vujudga keladi.
Ishlab chiqarishning moddiy asosi - bu ishlab chiqarish fondlaridir. Ularni
olish, yangilash va kengaytirish uchun korxona zarur bo‘lgan moliyaviy
resurslarga ega bo‘lishi va
maqsadli pul fondlarini tashkil etishi kerak. Maqsadli
pul fondlari ishlab chiqarish fondlarini aylanishida xizmat qiladi va ularni
uzluksizligini ta’minlaydi. Bu holat, ishlab chiqarish fondlarini tashkil etish, doim
to‘ldirish va ko‘paytirish jarayonlari
ni
ifodalab berib, moddiy
ishlab chiqarish
moliyasining ikkinchi xususiyatini
hosil qiladi.
Ishlab chiqarish natijasida yaratilgan qiymat sotilgandan so‘ng taqsimlanadi.
Shu taqsimlanish jarayonida ish haqi fondini tashkil etish, sof daromadni
taqsimlash va sarflash uchun moliyaviy munosabatlar vujudga keladi. Sof daromad
faqatgina moddiy ishlab chiqarishda emas, balki nomoddiy ishlab chiqarishda ham
bir nechta pul fondlarini tashkil etilishida manba bo‘lib, taqsimlanish jarayonida
moliyaviy munosabatlarning murakkab birikmalarini vujudga keltiradi.
Foyda shaklini olgan sof daromad hisobiga,
moddiy ishlab chiqarish
sohalarida, ishlab chiqarishni kengaytirish, uni moddiy-texnika bazasini
rivojlantirish uchun zarur bo‘lgan ishlab chiqarish fondi, ishchi
-xodimlarni moddiy
rag‘batlantirish uchun belgilangan iste’mol fondi, zahira va rezerv fondi tashkil
etiladi. Sof daromad umumdavlat pul fondlarini (budjet, Pensiya fondi va
boshqalar) tashkil etilishida, soliq to‘lovlari, ijtimoiy sug‘urtaga ajratmalar va
bosh
qa shakllarda manba bo‘lib xizmat qiladi.
Shunday qilib, moddiy ishlab
chiqarishda tashkil etilgan moliyaviy resurslar xalq xo‘jaligini boshqa
bo‘g‘inlarida pul fondlarini tashkil etish uchun ishlatiladi. Bu esa, butun davlatni
moliyaviy tizimini boshlang‘ich asosi bo‘lib xizmat qiladi va moddiy ishlab
chiqarish moliyasining
uchinchi xususiyatini
ifodalaydi. Turli xil ehtiyojlarni
qondirish
imkoniyati, mamlakatning umumiy moliyaviy holati aynan moddiy
ishlab chiqarish moliyasining holatiga bog‘liqdir.
Moli
ya, shuningdek ayirboshlash va iste’molga o‘z ta’sirini o‘tkazishi
mumkin. Bu maqsadli pul fondlari orqali amalga oshiriladi. Ularning miqdori,
tashkil etish shartlari va tartibi, foydalanish tamoyillari ayirboshlash va iste’mol
sohalarini talablarini hiso
bga olgan holda o‘zgaradi. Moliyani hamma takror ishlab
chiqarish jarayonlari davrlari bilan uzviy bog‘liqligi moddiy ishlab chiqarish
moliyasining
to‘rtinchi spetsifik xususiyatini
ifodalaydi. Bu xususiyat,
iqtisodiy
rag‘batlantirish sifatida, moliya bilan foydalanish jarayonida obyektiv asos bo‘lib,
katta ahamiyatga ega.
Moddiy ishlab chiqarish sohasi noishlab chiqarish sohasini vujudga
kelishiga imkon yaratadi. Moddiy ishlab chiqarish sohasi xalq xo‘jaligining asosiy
sohasi bo‘lib, qiymat, ijtimoiy mahs
ulot va milliy daromadni vujudga keltiradi.
Noishlab chiqarish sohasi esa, shu vujudga kelgan daromadni taqsimlanishida
ishtirok etadi.
Dostları ilə paylaş: