INNOVATIVE DEVELOPMENT IN THE GLOBAL SCIENCE
June 3, 2022 Boston, USA
77
KORXONALAR RAQOBATI. RAQOBATCHILAR KUCHLI VA ZAIF
TOMONLARI
Ergashev Muhammadali Sobirjon O’g’li
Yo’lbarsov Gavharbek G’ayratbek O’g’li
Tojiddinov Sardorbek Abduvahob O’g’li
Andijon Qishloq Xo’jaligi va Agrotexnologiyalar Instituti
Annotatsiya:
ushbu maqolada korxona va ishlab chiqaruvchilar o’rtasidagi
raqobat jarayoni, u qay holda bo’lishini tavsiflovchi
fikrlar hamda ikki
raqobatchilarning o’z bozoridagi kuchli va zaif tomonlari haqida fikr yuritiladi.
Kalit so’zlar:
korxona raqobati, narx,
korxona , firma, xaridor, tovarlar,
kuchli va
zaif tomonlar, reklama, bozor
Annotation
: This article discusses the process of competition between a
company and a manufacturer, what it looks like, and the strengths and weaknesses
of the two competitors in their respective markets.
Keywords:
company
competition, price, company, firm, buyer, goods,
strengths and weaknesses, advertising, market
Korxona, firma va boshqa ishlab chiqarish majmualarining raqobatini
o’rganishdan oldin, korxonaning o’zi nima degan savolga berib o’tsak
maqsadga
muvofiq bo’lar edi. Korxona- davlat tomonidan yuridik shaxs huquqini olgan o’zi
mustaqil ish faoliyatini yurituvchi sub’yekt. Bunda korxona xizmatlar ko’rsatish,
mahsulot va tovarlar ishlab chiqarib xalqqa manfaati tegishi uchun tashkil etiladi.
Tabiiyki korxona tashkil topgandan so’ng unga raqobatchi sifatida boshqa
korxonalar ham sekin-astalik bilan tashkil topib raqobatlasha boshlaydi.
Raqobatning o’zi nima ?
Raqobat- bu bozordagi tovar va xizmatlar sotuvi bilan shug’ullanadigan
korxona va firmalarning iqtisodiy manfaatlari to’qnashuvidan iborat bo’ladi va ular