Ochiq kalit boshqa barcha foydalanuvchilarga ma’lum bo’lib, undan imzo chekilgan elektron hujjatni qabul qiluvchi elektron raqamli imzoni tekshirishda foydalanadi
Ochiq kalit boshqa barcha foydalanuvchilarga ma’lum bo’lib, undan imzo chekilgan elektron hujjatni qabul qiluvchi elektron raqamli imzoni tekshirishda foydalanadi.
Elektron raqamli imzo tizimi ikkita asosiy muolajani amalga oshiradi:
Raqamli imzoni shakillantirish muolajasi;
Raqamli imzoni tekshirish muolajasi;
Ushbu muolajani tayyorlash bosqichida xabar jo’natuvchi abonent A ikkita kalitni generatsiyalaydi: vaxfiy kalit k (A) va ochiq kalit K (A). Ochiq kalit K (A) uning jufti bo’lgan maxfiy kaliti k(a) dan xisoblash orqali olinadi.
Ochiq kalit K(a) tarmoqning boshqa abonentlariga imzoni tekshirishda foydalanish uchun tarqatiladi.
Elektron raqamli imzolar hujjatga imzo chekkan shaxsni autitentifikatsiya qilishda qo’llaniladi.
Bundan tashqari ERI lar quyidagilarni amalga oshirishda foydalaniladi:
Uzatilayotgan axborotning butunligini nazorat qilishda: har qanday sharoitda hujjatning o’zgartirilishida imzo o’z kuchini yo’qotadi.
Hujjatning avtorlik huquqiga egaligini tasdiqlashda.
Hujjatni qalbakilashtirishdan himoya qilishda.
Tovar va hizmatlarni deklaratsiya qilish;
Ko’chmas mulk ob’ektlarini sotishda ro’yxatga olishda;
Bank tizimida qo’llanilishi;
Elektron tijoratda;
Davlat byudjetining bajarilishini nazoratida;
Hukumat organlariga murojaat qilish tizimida;
Hisob-kitob va treyding tizimlarida;
Maxsus yuridik tashkilotlarining elektron hujjat aylanishi;
Imzolarni qalbakilashtirilishi imkoniyatini analiz qilish kriptoanaliz deyiladi.
Imzolangan hujjatni qalbakilashtirish harakatini kriptoanalitiklar “ataka” - hujum deb yuritishadi.
Gol’dvasser, Mikali va Riverst o’z ishlarida hozirgi kunda aktual bo’lgan quyidagi hujum modellarini ko’rsatib berishadi.