Korxonalarda iqtisodiy xavfsizlikni ta’minlash muammolari



Yüklə 161,99 Kb.
səhifə1/7
tarix23.06.2023
ölçüsü161,99 Kb.
#134629
  1   2   3   4   5   6   7
Korxonalarda iqtisodiy xavfsizlikni taminlash muammolari (2)


Korxonalarda iqtisodiy xavfsizlikni ta’minlash muammolari

Reja
Kirish



  1. Iqtisodiy xavsizlik

  2. Korxonanıng iqtisodiy xavfsizligi

  3. Korxona xavfsizligimi qurish tamoyillari

  4. Shaxs faoliyatidagi ishsizlik iqtisodiy xavfsizlikning indikatori sifatida

Xulosa
Adabiyotlar ro’yxati

Kirish
Bugungi kunda iqtisodiyotimiz tobora rivojlanib bormoqda. Mamlakatni har tomonlama rivojlantirish, uni ham iqtisodiy ham itimoiy jihatdan barqaror rivojlanishini ta’minlash, rivojlangan davlatlar qatoridan joy olish, jahon moliya bozorlari qatoriga kirish bizning bosh maqsadlarimizdan hisoblanadi. Shuni hisobga olgan holda bir qancha islohotlar, yangidan yangi loyihalar, dasturlar ishlab chiqilmoqda va amaliyotga tadbiq qilinmoqda.
“Iqtisodiy xavfsizlik” tushunchasi o`zbek iqtisodiyotida yangi sohalardan hisoblanadi. U mamlakatni iqtisodiy resurslarining xavfsizligini ta’minlaydi. Mamlakatning iqtisodiy salohiyati rivojlangan sari, mamlakatga chetdan kirib keluvchi import tovarlarining ham soni ortib boradi. Bunda kirib kelayotgan har bir tovarning qonuniy ravishda mamlakat hududiga olib kirilayotganligi, aholining salomatligiga qay darajada ta’sir ko’rsatishini bilish mamlakat uchun muhim sanaladi. Bu o’z navbatida, mamlakatda iqtisodiy xavfsizlikka bo’lgan ehtiyojni paydo qiladi. Aslini olganda, iqtisodiy xavfsizlik ham qaysidir ma’noda mamlakat xavfsizligining bir bo’lagi hisoblanadi. Bozor munosabatlariga o'tishga qaratilgan iqtisodiy islohotlar sharoitida davlat xo'jalik subyektlari faoliyatining iqtisodiy xavfsizligini ta’minlashi va fuqarolarga ziyon keltirishiga yo'l qo'ymasligi kerak. Ushbu maqsadlarda davlat, eng avvalo, tadbirkorlik muhitini yaxshilash, kichik va o'rta biznesning mamlakat iqtisodiyotidagi ulushini ko'paytirish, iqtisodiyot sohalari raqobatbardoshligini rivojlantirish, fond bozori, yer va ko'chmas mulk bozorlarini shakllantirish bo'yicha chora-tadbirlarni ishlab chiqishi kerak bo’ladi. Iqtisodiy manfaatlarini himoya qilish davlatning strategiyasi siyosati va iqtisodiy xavfsizlik konsepsiyasi asosida amalga oshiriladi. U O`zbekiston Respublikasining iqtisodiy manfaatlarini, milliy boyligini ichki va tashqi xavf-xatarlardan himoya qilishni ko`zda tutadi. Ushbu konsepsiya bu boradagi siyosatni belgilab beruvchi asosiy hujjat hisoblanadi.
Iqtisodiy xavfsizlikni rivojlantirgan holda moliyaviy bozorni yanada takomillashtirishimiz mumkin bo’ladi. Moliya bozorining rivojida o’ziga xos
ahamiyatga ega bo’lgan bank tizimini olib qarasak. Banklarning barqaror faoliyati uchun jamiyatning butun bir bank tizimiga bo’lgan ishonchi yuqori bo’lishi kerak. Shunda aholining bo’sh turgan mablag’lari, jamg’arib boriladigan mablag’lari aynan bank tomonidan saqlanadi.

Yüklə 161,99 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin