Korxonalarda marketing faoliyatini tashkil qilishning nazariy asoslari



Yüklə 0,56 Mb.
səhifə7/11
tarix14.06.2023
ölçüsü0,56 Mb.
#129968
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
BMI Xayriddin Xusniddinov

Agromarketing esa oziq-ovqat mahsulotlari va qishloq xo‘jaligi sohasining o‘ziga xos tadqiqotlar kompleksidir.
Notijorat tashkilotlarda marketing falsafasi vositalariga kompleks yondashuv talab etiladi. Bunga sabab quyidagilardir.

  • Notijorat tashkilotlar maqsadlarining ko‘p qirraliligi va daromadni oshirish maqsadining yo‘qligi

  • Qabul qilinayotgan qarorlarning tavakkalchilikka asoslanganligi tufayli daromadning pasayishiga olib kelishi

  • Notijorat tashkilotlar bozorida raqobatning kuchliligi

  • Davlatning notijorat tashkilotlarga e’tiborining kuchliligi

Ko‘rib chiqilgan marketing tavsiflaridan tashqari (Amerika, Skandinaviya, G‘arbiy Yevropa) maktablarining marketing klassifikatsiyalari mavjud.
Global marketing – jahon iqtisodiyotining globallashuv jarayonida trans milliy korporatsiyalar tomonidan qo‘llanilayotgan faoliyat bo‘lib, zamonaviy telekommunikatsiya va axborot texnologiyalari asosida global marketing strategiyalaridan foydalanadi. Jahon yagona bozor, deb qaraladi va bir xil marketing strategiyasi qo‘llaniladi. Masalan, “Pepsi Cola”, “Coca-Cola”, “Macdonalds”, “Adidas”, “Sony”, “Toshiba” va boshqa kompaniyalar faoliyati.


Marketing klassifikatsiyasining asosiy xarakteristikalari

Marketing evolyutsiyasi bosqichlari

Marketing shakli

Bozorda talab shakli

Marketing turi

Marketingni qo‘llash sohasi

Marketing qo‘llashning shakli va yo‘nalishi

1950 – yilgacha

Nodifferensial marketing

Salbiy

Konversion

Foyda olish

Daromadli tijorat marketingi

1960 – yil

Differensial
marketing

Talab
yo‘q

Rag‘batlantiruvchi

Foyda va
boshqa maqsad

Notijorat va tijorat
marketing

1970 –yil

Konsentrlashgan marketing

Yashirin Pasayuv-
chi

Rivojlanuvchi
Remarketing

Qo‘llash
sohasiga qarab

Milliy, mintaqaviy mahalliy xalqaro (eksport, global)

1980 –yil

Kompleks
marketing

To‘liq

Sinxro
marketing

Faoliyat turiga qarab

Iste’mol, sanoat, investitsion xizmat sohasi marketingi

1990 – yildan hozirgacha

Kommunikativ marketing

Haddan
ortiq
Noratsional

Qo‘llovchi marketing
Demarketing Qarshilik ko‘rsatuvchi


Tashkilotlar marketingi, egomarketing, joy marketingi, g‘oyalar marketingi, ijtimoiy marketing

Xalqaro marketing - tashqi iqtisodiy faoliyat, jahon bozori marketingidir. Uning mamlakat ichki bozorlari marketingidan ko‘pgina farqi bor. Avvalo, jahon bozoriga har bir mamlakat o‘z marketing strategiyasi bilan kirish uchun tanlangan mamlakatning umummadaniy va iqtisodiy muhitlarini chuqur tahlil qilishi zarur. Shu bilan birga xalqaro marketing: firmaning tashkiliy ishlarini jahon standartlari darajasida, mahsulotni rejalashtirish, sotish, harakatini tashkil etish va narxlashtirishda o‘ziga xos talablar qo‘yadi. Xalqaro marketing strategiyasi eksport, import va qo‘shma korxonalar tashkil etishga alohida-alohida yondashishni taqozo etadi. Xalqaro marketing jahon bozoriga chiqish imkoniyatlarini, tashqi muhitni, aniq bozorni tanlash va unga kirish usullarini aniqlash, marketing rejasini tuzish, raqobatchilar faoliyatini tadqiq qilish va boshqalarni o‘z ichiga oladi.
To‘g‘ri marketing - Interaktiv marketing tizimi bo‘lib, iste’molchining istagini uyg‘otish, uning buyurtmasini olish uchun bir yoki bir necha media reklama vositalaridan foydalanadi. To‘g‘ri marketingni iste’molchidan to‘g‘ri buyurtma olish marketingi ham deyiladi. To‘g‘ri marketing xaridorlar bilan uzoq muddatli munosabatlarni o‘rnatish va saqlab qolishga imkon beradi. To‘g‘ri marketing - kataloglar, pochta orqali to‘g‘ri jo‘natish va telemarketlardan foydalanib savdo qilishni bildiradi.
Tashkilot marketingi - alohida aniq tashkilotlarga tegishli bo‘lgan vaziyatni qo‘llab-quvvatlash yoki o‘zgartirish, shuningdek, kerakli muhit tashkil qilish maqsadida qo‘llaniladigan amaliy faoliyat.
Ijtimoiy marketing – ijtimoiy dasturlarni ishlab chiqish, ularni amalga oshirish va nazorat qilish bilan bog‘liq bo‘lgan marketing faoliyati harakatlaridir.
Ijtimoiy- etik marketing – bu marketing turi uzoq muddatga mo‘ljallangan marketing faoliyati bo‘lib, iste’molchilar talab va ehtiyojlardan kelib chiqqan holda korxonaning kelgusidagi faoliyati haqida qaror qabul qilish. Bu jarayonda mahsulotlar ekologik sofligi va korxonaning atrof-muhitga zarar yetkazmasligiga alohida e’tibor qaratiladi.
Hozirgi vaqtda egomarketing, g‘oyalar marketingi, xizmatlar marketing rivojlanib bormoqda.
Korxonada marketingning ichki sohasi o‘sib borish ahamiyati uning tashkiliy tuzilmasida o‘z aksini topadi. Marketingni boshqarish – tovar va xizmatlarga bo‘lgan talabni oshirish, foydani ko‘paytirish uchun bajariladigan rejalashtirish, tashkil etish, muvofiqlashtirish, nazorat, audit va rag‘batlantirish funksiyalari majmuyidan iborat. Marketingni boshqarish marketing faoliyatini intensivlashtirsh vositasi va falsafasi sifatida ko‘rilib, uning maqsadi sotuvni tashkil etish va rag‘batlantirish emas, balki firma tovar va xizmatlariga raqobatli bozor sharoitida talabni boshqarishdir. F.Kotler fikricha, marketingni boshqarish –firma oldida turgan maqsadga yetish uchun kerakli vaqtda, kerakli darajada firma tovarlariga talabni shakllantirishdir. J.J.Lamben esa bu tushunchaga xaridorlarning yangi talablarini shakllantirish va rag‘batlantirish, deb tarif bergan. Marketingni boshqarish bozorda firmalarning raqobat ustunligini ta’minlash va shakllantirish uchun yo‘naltirilgan faoliyat bo‘lib, u o‘z ichiga quyidagi tahlil turlarini oladi.

  1. Tashqi muhit tahlili.

  2. Vaziyatli tahlil.

  3. Bozor istiqbolini belgilash.

  4. Korxona imkoniyatlarini aniqlash.

  5. Bozordagi maqsad va strategiyani ishlab chiqish.

  6. Konkret vaziyatda korxonaning marketing maqsadlarini rejalashtirish.

  7. Marketing – miks rejasini ishlab chiqish.

  8. Marketing rejasini amalga oshirish, tashkil etish, boshqarish, nazorat va natijani baholash.

Shunday qilib, marketingni boshqarish ijtimoiy-iqtisodiy tizimning turli iyerarxik boshqaruv pog‘onasida marketingning funksional va institutsional faoliyatini integrallashgan, ya’ni bir-biriga chambarchas bog‘langan holda boshqaradi.

Yüklə 0,56 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin