MUHOKAMA
Tashqi iqtisodiy faoliyatni mamlakat uchun zarur va ustuvorligini
quyidagi misollar bilan
ifodalash mumkin:
1. mamlakatning eksport qudratini rivojlantirish va yanada mustahkamlash;
2. eksportga yo’naltirilgan iqtisodiyotni shakllantirish;
3. eksport imkoniyatini kengaytirish, jahon bozorlariga kirib boorish uchun, avvalo, xom ashyoni
qayta ishlash negizida tayyor yuqori qo’shilgan qiymatli mahsulot ishlab chiqaruvchi qo’shma
korxonalarni rivojlantirish;
4. import tovarlarni mahalliylashtirish evaziga import salmog’ini qisqartishga qaratilga chora
tadbirlarni amalga oshirish;
5. tashqi iqtisodiy faoliyatni
yanada erkinlashtirish, xo’jalik ishlarini yurituvchi subyektlarga
xorijiy sheriklar bilan bevosita aloqalar o’rnatishda, o’z mahsulotini chet ellarda sotishda ko’proq
erkinlik berish;
6.
xorijiy sarmoyalarni, asosan bevosita kapital mablag’lar tarzidagi sarmoyalarni Respublika
iqtisodiyotiga keng ko’lamda jalb etish uchun
zarur huquqiy, ijtimoiy-iqtisodiy hamda boshqa shart-
sharoitlarni vujudga keltirish;
7. xalqaro huquq va tashqi iqtisodiy faoliyat, bank tizimi, hisob-kitob va statistic hisobot sohasida
malakali kadrlar tayyorlashni tashkil qilish.
Tashqi iqtisodiy faoliyatning mana shu va boshqa yo’nalishlarini
amalga oshirish
O’zbekiston iqtisodiyotining jahon iqtisodiyotida yana ham yuqori o’rin egallash imkonini
beradi.
XULOSA
Iqtisodiy rivojlanish darajasidan qat’iy nazar, dunyodagi
hech bir mamlakat jahon
iqtisodiyotidan tashqaridagi boshqa mamlakatlar bilan iqtisodiy aloqalarisiz rivojlanishi mumkin
emas. Davlatning milliy daromadini oshirish potensialiga ko’ra chet el valyutasidagi
SCIENCE AND INNOVATION
INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 6
UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337
479
daromadlarning o’sishi asosan eksport ulushining o’sishi bilan bog’liqdir.
Mavjud iqtisodiy
sharoitda davlat, korxonalar, vositachilik tuzilmalari jalb etilayotgan
bu faoliyat moliyaviy
holatini yaxshilashga imkon beradi.
REFERENCES
1. Alimov А., Ahmedov I. O’zbekiston Respublikasida tashqi iqtisodiy faoliyat asoslari. Т.
2004.
2. Стровский Л.Е. «Внешнеэкономическая деятельность предприятия» Учебник. 5-е изд.,
перераб. и доп. — М. : ЮНИТИ-ДАНА, 2011.
3. O’zbekiston Respublikasi Tashqi Iqtisodiy Faoliyati to’g’risidagi qonuni.
4. http://lex.uz/pages/GetAct.aspx?lact_id=67345