Mas’uliyati cheklangan jamiyat - bu bir yoki bir necha shaxs tomoni-dan ta’sis etilgan, nizom sarmoyasi ta’sis hujjatlarida belgilangan miq-dordagi ulushlarga bo’lingan va umumiy zarar uchun ishtirokchilar javobgarligi o’zlari qo’shgan hissa doirasida cheklangan jamiyatdir.
Qo’shimcha mas’uliyatli jamiyat - bu bir yoki bir necha shaxs to-monidan ta’sis etilgan, nizom sarmoyasi ta’sis hujjatlarida belgilangan miqdordagi ulushlarga bo’lingan va umumiy zarar uchun ishtirokchilari o’zlari qo’shgan hissaga nisbatan karrali miqdorda solidar tarzda subsidiar javobgar bo’ladigan jamiyatdir. Ishtirokchilardan biri nochor (bankrot) bo’lib qolganida uning jamiyat majburiyatlari bo’yicha javobgarligi boshqa ishtirokchilari o’rtasida ularning qo’shgan hissala-riga mutanosib ravishda taqsimlanadi.
Xo’jalik jamiyatining yana bir ko’rinishi aksiyadorlik jamiyati bo’lib hisoblanadi. Nizom sarmoyasi muayyan aksiyalar soniga bo’lingan jamiyat aksiyadorlik jamiyatidir. Aksiyadorlik jamiyatining ishtirokchilari (aksiyadorlari) uning majburiyatlari bo’yicha javob bermaydilar va jamiyat faoliyati bilan bog’liq zarar uchun o’zlariga qarashli aksiyalar qiymati doirasida javobgar bo’ladilar. Aksiyadorlik jamiyatlarining ikki turi — ochiq va yopiq ko’rinishlari mavjud. Ochiq turdagi aksiyadorlik jamiyatida uning ishtirokchilari o’zlariga qarashli aksiyalarni boshqa aksiyadorlarning roziligisiz o’zga shaxslarga berishlari yoki sotishlari mumkin. Bunday aksiyadorlik jamiyati o’zi chiqargan aksiyalarga qonun hujjatlarida belgilab qo’yiladigan shartlar asosida ochiq obuna o’tkazadi va ularni ochiq, erkin sotadi. Ochiq aksiyadorlik jamiyati har yili yillik hisobot, buxgalteriya balansi, foyda va zararlar hisobvarag’ini barcha qiziquvchilar tanishib chiqishlari uchun ommaviy axborot vositalarida e’lon qilishi shart.
Dostları ilə paylaş: |