Ikkinchi guruh – siyosiy omillarni hisoblash va taxlil qilish samarali strategik rejalashtirishning muhim sharti hisoblanadi. Bu mohiyati bo’yicha davlat
va biznes orasidagi munosabatdir. Bular davlat katta va kichik biznesga qonunlar, kodekslar, qarorlar chiqarish orqali ta`sir ko’rsatishi bilan namoyon bo’ladi.
Siyosiy omillar qatorida tashkilot faoliyatiga xalqaro omillar ham ta`sir ko’rsatadi. Ayniqsa bu transmilliy kompaniyasi bo’lsa, kompaniya raxbariyati tabiiyki ushbu katta muhitga ahamiyat beradi.
Ishtirokchilari orasida O’zbekiston Respublikasidan tashqarida bo’lgan huquqiy shaxslarga ega bo’lgan moliya-sanoat guruhlari transmilliy kompaniya hisoblanadi.
Uchinchi guruh – ijtimoiy yoki ijtimoiy ahloq omilidir. Firmaning menejeri ularni ijobiy ta`sirini hisobga olishi va ishlata olishi yoki ularni salbiy ta`sirini zararsizlantira olishi ahloqiy muhim masala hisoblanadi.