Korxonalarning tashkiliy xuquqiy shaklllari Reja



Yüklə 234,91 Kb.
səhifə14/22
tarix09.04.2022
ölçüsü234,91 Kb.
#55035
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   22
1-мавзу

Konsernlar. Kontsern - yirik birlashmalar va korxonalarni to’la boshqarish hukuqi bilan shartnoma asosida birlashtirgan tashkiliy-tarkibiy tuzilmadir.

Kontsern yirik masshtabdagi ishlab chiqarish, kooperatsiyalash va kombinatsiyalash imkoniyatlariga egadir. Kontsern korxonalarni xo’jalikni to’la boshqarish xuquqlari asosida birlashtiradi. O’z tarkibiga kirgan korxonalarga yuqori idora vazifasini bajaradi.

Kontsern yuridikshaxs hisoblanadi, uni vazifa va funktsiyalarini bajaradi. Kontsernlar asosan korxonalarni xududiy belgilari bo’yicha birlashtiradi. Tashkiliytarkib nuqtai nazardan hissadorlik jamiyatlariga yaqin bo’lib, u turli mulkchilik shakllaridagi hissadorlik kompaniyalarni va korxonalarni birlashmasidir.

Kapitalni, ishlab chiqarish quvvatini kontsentratsiyalash, ishlab chiqarishni diversifikatsiya qilish imkoniyatlari bilan o’zgaruvchan bozor konhyukturasiga turg’unligini tahminlaydi, investitsion resurslardan samarali foydalanishni tashkil qila oladi.

Korporasiyalar. Korporasiya - hissadorlik jamiyati yoki hissadorlar birlashmasi ko’rinishidagi tashkiliy-tarkibiy boshqaruv shakli.

Korporasiya chiqarilgan aktsiyalar qiymati bilan cheklangan majburiyatlar bo’yicha mashuliyatli bo’ladi, o’z nomidan tovarlar ishlab chiqarish, xizmat ko’rsatish, shartnomalar tuzish, qarz olish yoki berish va boshqa huquqiy shaxs harakatlarini amalga oshiradi.

Korporasiya faoliyatini tahminlash uchun korporasiyamuassasalariningpul badallari hisobidan nizomiy jamg’arma tashkil etadi, aktsiyalar va boshqa qimmatbahoqog’ozlarni chiqarish va sotish orqali nizomiy jamg’armani ko’paytirib borish huquqiga ega.

Korporasiya respublika va xorijiy korxonalar, tashkilotlar xamda xususiy shaxslar bilan ham turli bitishuvlar va boshqa hukuqiy xatti-harakatlarni amalga oshiradi.

Assosiasiyalar ham kontsernlarning vazifasiga o’xshash vazifalarni bajaradi. Lekin, ular korporasiyadan farkdi ravishda xo’jalik yurituvchi subhektlarning ixtiyoriy birlashmalari bo’lishi mumkin. Bu sub’ektlar birlashib, o’z xuquqlari va vazifalarining bir qismini ijroiya idoralariga topshiradilar hamda uni saqlash uchun zarur mablag’lar ajratadilar.

Assositsiyalar foyda olishni o’ziga maqsad qilib qo’ymagan jamoat tashkilotlari tariqasida bo’lishi mumkin. Bu holda u o’z ahzolarining manfaatlarini xuquqiy jihatdan muhofaza qilish, davlat va qonunchilik idoralarida ularning manfaatlarini ifodalash, ularga maslahat xizmatlarini tashkil qilish, faoliyatiga yo’l-yo’riqlar ko’rsatish kabi vazifalarni bajaradi.


Yüklə 234,91 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   22




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin