Xo’jalik shirkatining ikki ko’rinishi mavjud: to’liq shirkat va kommandit shirkati. Ishtirokchilari o’rtasida o’zaro tuzilgan shartnomaga muvofiq shirkat nomidan tadbirkorlik faoliyati bilan shug’ullanadigan hamda uning majburiyatlari bo’yicha o’zlariga tegishli barcha mol-mulk bilan javob beradigan shirkat to’liq shirkat hisoblanadi. Bunday shirkat ishtirokchilari to’liq sheriklar deb ataladi.To’liq sheriklar bilan bir qatorda shirkat majburiyatlari bo’yicha faqat o’zlari qo’shgan hissa doirasida javobgar bo’ladigan hamda shirkat faoliyatida qatnash-maydigan bir yoki bir necha ishtirokchisi ham bo’lgan shirkat kommandit shirkati hisoblanadi. SHirkatning to’liq bo’lmagan ishtirokchilari hissa qo’shuvchilar, omonatchilar, kommanditchilar deb ataladi. Agar kommandit shirkatining firma nomiga hissa qo’shuvchining nomi kiritilgan bo’lsa, bunday hissa qo’shuvchi to’liq sherikka aylanadi.