Korxonalarning tashkiliy xuquqiy shaklllari Reja



Yüklə 234,91 Kb.
səhifə16/22
tarix09.04.2022
ölçüsü234,91 Kb.
#55035
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   22
1-мавзу

Moliya-sanoat guruhlari.Moliya - sanoat guruxya - kredit-moliya va investitsiya muassasalari, korxonalar va tashkilotlarning ishlab
chiqarishni xalkaro ko’lamda ixtisoslashtirish va kooperatsiyalashni chuqurlashtirish orqali maksimal foyda olish maqsadida mablag’larini birlashtirib, tashkil qilingan tashkiliy-tarkibiy boshqaruv tuzilma.

Mulkchilik shaklidan qathiy nazar, har qanday tashkiliy-hukuqiy turdagi korxonalar, shuningdek, kredit-moliya, investitsiya va boshqa muassasalari, nodavlat pensiya jamg’armalari va boshqa jamg’armalar, sug’urta tashkilotlari, shu jumladan, xorijiy tashkilotlar moliya-sanoat guruhining ishtirokchilari bo’la oladilar.

Moliya-sanoat guruhlarining tashkil etilishi, faoliyati, qayta tuzilishi va tugatilishi O’zbekiston Respublikasining "Xo’jalik jamiyatlari va shirkatlari to’g’risida", "Aktsiyadorlik jamiyatlari va aktsiyadorlar hukuqini himoyasi to’g’risida"gi Qonunlari, "Moliya-sanoat guruhlari haqidagi Nizom" va O’zbekiston Respublikasining boshqa qonunlari bilan tartibga solinadi.

Moliya-sanoat guruhlari quyidagi masalalarni xal qilish vakolatiga ega:

- ishtirokchilar resurslarini birlashtirish, xo’jalik aloqalarini o’rnatish va shu asosda yangi umumiqtisodiy makonni yaratish;



  • investitsiya resurslarini jalb etish, ishlab chiqarishni texnik- iqtisodiy darajasi, mahsulotning sifati va raqobatbardoshligini oshirish;

  • investitsiya resurslarini fan yechimlarini ko’p talab qiluvchi tarmoklarga, transport, telekommunikatsiya va foydali qazilmalarni qazib olishga yo’naltirish;

  • o’z tarkibida korxonalarga xizmat ko’rsatuvchi mustaqil tuzilma bo’g’inlari vakolatli bank, savdo uyi, tahminot-sotish tashkiloti, marketing bo’yicha bulinmalar va hokazolarni tashkil etish;

  • iqtisodiyotning tuzilmaviy qayta kurilishiga ko’maklashish va
    boshkalar.

Agrofirmalar- tuman qishloq xo’jalik majmuining rivojlanishini
tahminlash maqsadida, paxtakor va boshqa xo’jaliklar, qayta ishlash korxonalari hamda xizmat ko’rsatuvchi korxonalar faoliyatini muvofiqlashtiruvchi, xuquqiy shaxs maqomiga ega bo’lgan tashkiliy-tarkibiy boshqaruv organ.

Agrofirmalar quyidagi vazifalarni amalga oshiradi:

  • davlat tayyorlov korxonalariga paxta tolasi, boshqa qishloq xo’jalik mahsulotlarini yetkazib berish;

  • qishloq xo’jaligini ilmiy-texnik darajasini oshirish, jahon standartlariga mos mahsulot ishlab chiqarishni tahminlash;

- mahsulot ishlab chiqarish va sotish sohasida bozor munosabatlarini rivojlantirish, moddiy-texnik resurslarning raqobatchi bozorlarini yaratish;

  • xo’jaliklar va boshqa korxonalarga investitsiyalarni jalb qilishda ko’maklashish;

  • marketingni tashkil etish, bozor holatini(kong’yukturasini) o’rganish va xo’jaliklar, korxonalar va tashkilotlarga yetishtirilgan mahsulotlarini sotishda ko’maklashish hamda o’z Nizomiga muvofiq boshqa vazifalarni.



Yüklə 234,91 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   22




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin