Korxonalarning tashkiliy xuquqiy shaklllari Reja



Yüklə 234,91 Kb.
səhifə15/22
tarix09.04.2022
ölçüsü234,91 Kb.
#55035
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   22
1-мавзу

Xolding kompaniyasi.Xolding kompaniya - o’zaro kooperatsiyalanish faoliyatini rivojlantirish maqsadi, korxonalar mablag’larini ko’ngilli ravishda birlashtirish natijasida tuzilgan tashkiliy-tarkibiy boshqaruv shakli.

Xoldinglar xuquqiy shaxs hisoblanadi. Xolding kompaniyasi korxonalarning shartnoma majburiyatlarini bajarilishini, mahsulot (ishlar, xizmatlar) hajmi o’sishini, moddiy, moliya, mehnat va boshqa resurslardan samarali foydalanishni, ularning rivojlanishi uchun mavjud imkoniyatlardan to’la foydalanishni tahminlaydi.

Xolding kompaniyalarining faoliyati "Aktsiyadorlik jamiyatlari va aktsiyadorlar xuquqini himoya qilish to’g’risida"gi Qonun va "Xolding haqida Nizom", shuningdek, monopoliyaga qarshi qonunchilik hujjatlariga asosan yuritiladi.

Xolding boshqa aktsiyadorlik jamiyatlarni vujudga keltiruvchi yoki boshqa aktsiyadorlik jamiyatlari aktsiyalarining paketiga egalik qiluvchi muassasalar shakliga kiradi.

Taraqqiy topgan chet el davlatlarida sarmoya bozori keng rivojlanganligi tufayli o’zga jamiyatlarning aktsiyalarini tasarruf etish har qanday korxona uchun odatdagi hol. SHuning uchun aktivlari asosan boshqa jamiyatlarning aktsiyalaridan iborat bulgan jamiyatlar xolding kompaniyalari deb yuritiladi. Xolding kompaniyalari faoliyati aktsiyalar majmuasini boshqarish, birja operatsiyalaridan tushadigan dividentlar va daromadlarni to’plash, hamda aktsiyador jamiyatlari faoliyatini nazorat qilish, ularni boshqaruv organlariga o’z kadrlarini tayinlash kabi vakolatlarga egadir.

Xolding kompaniyalarini tashkil etish sarmoya va ilmiy-texnik resurslarni integratsiyalashga turli korxonalar va iqtisodiyot tarmoqlari hamda hududlarni yirik investitsiya loyihalarini amalga oshirishga imkoniyat yaratadi.

Kapitalining 50 foizidan ko’prog’ini boshqa emitentlarning qimmatbaxr qog’ozlari va bo’lak moliyaviy aktivlar tashkil etuvchi xoldinglar moliyaviy xolding hisoblanadi. Uning aktivlari tarkibiga faqat qimmatbaho qog’ozlar va boshqa moliyaviy aktivlar, shuningdek, boshqaruv apparati yuritishni tahminlash uchunbevosita kerakli mol-mulk kirishi mumkin.

Moliyaviy xolding sho’hba korxonalarining ishlab chiqarish va tijorat faoliyatiga aralashish xukuqiga ega emas.


Yüklə 234,91 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   22




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin