Tashqi muhit - bu tayyor mahsulot (ish, xizmat)lar istehmolchilari, ishlab chiqarish vositalarini yetkazib beruvchilar, banklar va boshqa moliyaviy tashkilotlar, davlat organlari va korxona atrofida yashovchi ishchi kuchi.
Korxonada moddiy omillar birikib, mehnat jarayoni yuz beradi, jamiyatning talab ehtiyojini qondirishga qaratilgan moddiy mahsulot (ish, xizmat)lar ishlab chiqariladi.
Bozor munosabatlari raxbardan bilim va mahorat talab etadi. Albatta, bunday sharoitda raxbar ichki va tashqi muhitni yaxshilab o’rganib, tahlil qilib korxonaning bosh maqsadini va yo’nalishini belgilaydi.
1.1-rasm. Korxona faoliyatini belgilovchi ichki shart-sharoitlar
Korxona ichki muhitining barcha omillari o’zaro bir-biriga bog’liq.
Chunki ularning tuzilishi sotsial-texnik kichik tizim deb qaraladi. Bunda sotsial(odam) kompanenti va texnika kompanentlari korxananing barcha bo’g’inlarida qatnashadi. Ulardan birining o’zgarishi ma’lum darajada boshqalariga ta’sir qiladi
1.2-rasm. Korxona tuzilmasi.
Dostları ilə paylaş: |