Tashqi muhit omillari:
Davlat boshqaruv muassasalari;
Umumiqtisodiy omillar;
Ijtimoiy-iqtisodiy omillar;
Mahalliy regional omillar;
Milliy omillar;
Geografik omillar;
Demografik omillar;
Raqobatchilar;
Ilmiy-texnik progress;
Siyosiy omillar;
Mafkuraviy omillar;
Professional bilim bilan bog’liq omillar;
Iste’molchilar;
Texnik, texnologik omillar;
Kadrlar (mehnat resurslari);
Xomashyo yetkazib beruvchilar;
Xalqaro aloqalar va nihoyat, yashirin bozor elementlari kabilar.
1.3-rasm. Korxona faoliyatiga ta’sir etuvchi tashqi muxit omillari.
Tashqi muhitni rahbar o’zgartira, boshqara olmaydi, uni faqat prognoz (tahlil) qilib, korxona faoliyatini tashqi muhitga moslashtirishi mumkin xolos.Tashqi muhitga moslashish uchun turli tahlillar olib boriladi.Masalan: PEST, SNW, SWOT tahlillari.
PEST(political, economic, social, texnology)- siyosat, iqtisod, jamiyat va texnologik holat tahlili;
SNW(strong, neytral, weight)- korxonaning kuchli, neytral va kuchsiz tomonlari tahlili.
SWOT(strengths, weaknesses, opportunities, threats)- korxonaning kuchli, kuchsiz tomonlari, imkoniyatlari va xavfli holati tahlili.
SWOT eng samarali tahlillardan hisoblanib, unda korxonaning:
Moliyaviy ahvoli;
Ishlab chiqarish resurslari ahvoli;
Marketing tahlili;
Korxonaning imidji tahlili amalga oshiriladi.
Xulosa qilib aytadigan bo’lsak, boshqaruvni rejalashtirish jarayonida ichki va tashqi muhit bilan bog’liq bo’lgan barcha omillarni alohida tahlil qilish maqsadga muvofiq bo’ladi.
Dostları ilə paylaş: |