Korxonalarning xo`jalik mablag`lari va ularning tashkil topish manbalari



Yüklə 39,31 Kb.
səhifə2/12
tarix13.12.2023
ölçüsü39,31 Kb.
#175721
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Ал-хоразмий номидаги-www.fayllar.org

Mehnat buyumlari moddiy narsalar yig`indisi bo`lib, ishlab chiqarish jarayonida natural shaklini o`zgartirib, holda faqat bir jarayonda xizmat qiladi. Kishilarning biror maqsadga mo`ljallangan foydali faoliyati mehnat buyumlariga qaratilgan bo`lib, bulardan ijtimoiy mahsulot ishlab chiqarish uchun foydalaniladi. Mehnat buyumlari tarkibiga hom-ashyo va asosiy materiallar (tayyor mahsulotning asosini tashkil qiladi), yordamchi materiallar, yarim tayyor mahsulotlar, ehtiyot qismlar, yoqilg`i, tugallanmagan ishlab chiqarish, kelgusi davr xarajatlari va boshqalar kiradi. Mehnat buyumlari ishlab chiqarish jarayonida qatnashib mehnat vositalaridan farq qilgani holda bir ishlab chiqarish siklida qatnashib, yangidan yaratilgan ijtimoiy mahsulotning tannarxiga o`z qiymatini to`la o`tkazadi. Odatda, korxonaning aktivlari moddiy va nomoddiy shakllarga ega bo`lishi mumkin. Ko`rish va ushlab ko`rish mumkin bo`lgan aktivlar moddiy aktivlar deb yuritiladi. Ko`rib yoki ushlab bo`lmaydigan, ammo korxona uchun ma’lum qiymatga ega bo`lgan korxonaning huquqlari va imtiyozlari, uzoq muddatli tavsifga ega bo`lgan aktivlari – nomoddiy aktivlar deb yuritiladi.
Shunday qilib, korxona aktivlari joriy aktivlar, investitsiya, mulk va nomoddiy aktivlarga bo`linadi. Joriy aktivlarga pul mablag`lari, ishlab chiqarish zahiralari, debitor qarzlar va bir hisobot davrida yoki yanada qisqa muddatda pul mablag`lariga aylantirish, sotish mumkin bo`lgan boshqa aktivlar kiradi. Investitsiyaga korxonaning ishlatilmayotgan, ushbu hisobot davrida pul mablag`lariga aylantirish mumkin bo`lmagan aktivlar, sotib olingan aksiyalar va obligatsiyalar kiradi. Investitsiyalar o`zlarining tavsifiga qarab uzoq muddatli yoki qisqa muddatli aktivlar bo`lishi mumkin. Mulkka korxonada ishlatilayotgan va bir yildan ortiq muddat ichida korxonada ishlatilishi mo`ljallangan, ushlab ko`rish mumkin bo`lgan uzoq muddatli aktivlar, ya’ni asosiy vositalar kiradi. Nomoddiy aktivlarga korxona uchun qiymatga ega bo`lgan, lekin ko`rib yoki ushlab bo`lmaydigan uzoq muddatli qo`yilmalarning ob’ektlari, aksiyadorning mol-mulkidan aksiyali jamiyatning foydalanish huquqi va boshqa huquqlar kiradi. Ular fizik hususiyatga ega bo`lmaydi.



Yüklə 39,31 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin