Investitsiya faoliyati sifatida esa investitsiya faoliyati sub`ektlarining investitsiyalarni amalga oshirish bilan boq’liq harakatlari majmui qabul qilinadi. Ushbu faoliyatning asosiy figura bo`lgan investorlar qatoriga o`z mablaq’larini, qarzga olingan va jalb etilgan mablaq’larni, mulkiy boyliklarni va ularga doir huquqlarni, shuningdek intellektual mulkka doir huquqlarni investitsiya faoliyati ob`ektlariga investitsiyalashni amalga oshiruvchi investitsiya faoliyati sub`ektlari kiritiladi. Investitsiya faoliyati ishtirokchisi deganda investorning buyurtmalarni bajaruvchi sifatida investitsiya faoliyatini ta`minlovchi investitsiya faoliyati sub`ekti tushuniladi.
Investitsiyalarni moliyaviy investitsiyalar va real investitsiyalar ko`rinishidagi ikkita katta guruhga ajratish mumkin.
Moliyaviy investitsiyalar qimmatbaho qoq’ozlar, aktsiya va obligatsiyalar sotib olish, pul mablaq’larini banklarga foiz olish maqsadida depozit hisob raqamlariga qo`yish bilan ifodalanadi.
Real investitsiyalar o`z navbatida moddiy va nomoddiy turlariga bo`linadi.
YUqoridagi qonunga asosan real investitsiyalar mo`ljallangan ob`ektiga ko`ra kapital, innovatsiya va ijtimoiy investitsiyalarga bo`linadi.
Dostları ilə paylaş: |