Foiz stavkasi
r
I
Investitsiya hajmi
1-rasm. Investitsiya funktsiyasining grafigi
O`zbekiston Respublikasi hududida chet el investitsiyalari deb e`tirof etiladi».3 Xorijiy investitsiyalarining umumiy ta`rifi F. Xeniusning 1947 yil AQSHda chop etilgan tashqi savdo luq’atining 2-nashrida quyidagicha berilgan: «Xorijiy investitsiyalar – bu bir mamlakat hududidan ikkinchi mamlakat hududiga kiritilgan, eksport kilingan investitsiyalar»4.
CHet el investitsiyalari deyilganda chet mamlakatlarning milliy iqtisodiyotga moddiy, moliyaviy va nomoddiy ko`rinishidagi muddatli qo`yilmalarning barcha shakllari tushuniladi. Bu quyidagilardan iborat bo`lishi mumkin: qo`shma korxonalarni tashkil qilishda o`z ulushi bilan qatnashish, xorijiy sarmoyadorlarga to`la tegishli bo`lgan korxonalarni barpo etish, xorijiy shaxslar tomonidan qimmatli qoq’ozlarni, shuningdek, zayom va kreditlar olish.
Xorijiy investitsiyalar ichki investitsiyalardan farqli holda tashqi moliyalashtirish manbaiga kiradi.
Xorijiy investitsiyalar qo`shma korxonalar tashkil etish, xorijiy investorlarga to`liq tegishli bo`lgan korxonalarni yaratish, xususiylashtirishda qatnashish, xorijiy sheriklar bilan bank tuzish, qimmatli qoq’ozlarni sotib olish, er va boshqa tabiiy resurslardan foydalanish huquqiga ega bo`lish, erkin iqtisodiy hududlarda faoliyat olib borishda juda katta va muhim ahamiyatga egadir.
2-rasm. Investitsiya faoliyatining ishtirokchilari.
Xorijiy investitsiyalarga asosan 2 guruh omillar ta`sir ko`rsatadi:
1) iqtisodiy omillar:
-ishlab chiqarishning rivojlanishi va iqtisodiy o`sish sur`atlarining bir maromda ushlab turilishi;
-jahon va alohida mamlakatlar iqtisodiyotidagi chuqur tarkibiy siljishlarning amalga oshirilishi (ayniqsa, fan-texnika taraqqiyoti yutuqlari va jahon xizmatlar bozori taraqqiyoti ta`siri ostida olib borilishi);
-ishlab chiqarishni xalqaro ixtisoslashuvi va kooperatsiyalashuvining chuqurlashuvi;
-jahon iqtisodiyoti transmilliylashtirilishining o`sib borishi (masalan, AQSH transmilliy korporatsiya (TMK)lari xorijiy filiallarining mahsulot ishlab chiqarish hajmi AQSH tovar eksportidan 4 marotaba ortiqdir);
-ishlab chiqarishning baynalminallashuvi va integratsiya jarayonlarining chuqurlashib borishi;
-xalqaro iqtisodiy munosabatlarning faol rivojlanishi va boshqalar.
2) siyosiy omillar:
-kapital eksporti (importi)ni erkinlashtirish (erkin iqtisodiy hududlar (EIX), offshor hududlari va boshqalar);
-rivojlanayotgan mamlakatlarda industirlashtirish siyosatini olib borish;
-iqtisodiy islohotlarni olib borish (davlat korxonalarini xususiylashtirish, xususiy sektorni va kichik biznesni qo`llab-quvvatlash);
-bandlik darajasini ushlab turish siyosatini olib borish va boshqalar.
Investitsiyalar zamonaviy texnika va texnalogiyalar bilan kurollanish, ilmiy-texnik, ishlab chiqarish va aqliy imkoniyatlarini tiklashning asosiy vositadir. Aynan xorijiy investitsiyalar orqali milliy iqtisodiyot jonlanib, ishlab chiqarish zamonaviy, raqobatdoshlar tovarlar ishlab chiqarishga ixtisoslashib boradi. Bu esa o`z navbatida yangi ish o`rinlarining tashkil etilishi va mamlakatdagi mavjud iqtisodiy va ijtimoiy muammolarning hal bo`lishiga olib keladi.
Dostları ilə paylaş: |