Kapital investitsiyalar jumlasiga asosiy fondlarni vujudga keltirish va takror ishlab chiqarishga, shuningdek moddiy ishlab chiqarishning boshqa shakllarini rivojlantirishga qo`shiladigan investitsiyalar kiradi.
Innovatsiya investitsiyalari jumlasiga texnika va texnologiyalarning yangi avlodini ishlab chiqish va o`zlashtirishga qo`shiladigan investitsiyalar kiradi.
Ijtimoiy investitsiyalar jumlasiga inson salohiyatini, malakasi va ishlab chiqarish tajribasini oshirishga, shuningdek nomoddiy ne`matlarning boshqa shakllarini rivojlantirishga qo`shiladigan investitsiyalar kiradi.
Real investitsiyalar turli shakllarda amalga oshiriladi va ularni amalga oshirishning asosiy shakli kapital qo`yilmalar hisoblanadi.
Kapital qo`yilmalar asosiy fondlarni qayta tiklash va o`stirish uchun sarflanuvchi moddiy, mehnat va pul resurslaridir. Ular asosan bir vaqtning o`zida amalga oshiriladigan xarakterga ega bo`lib, ishlab chiqarish xarajatlari yoki mahsulot tannarxi shaklidagi, joriy xarajatlardan farq qiladi. Kapital qo`yilmalar maqsadli xarakterga ega bo`ladi hamda xodimlarga mukofot to`lash, xizmat safari (komandirovka) xarajatlari va hokazolarga sarflanishi mumkin emas.
Kapital qo`yilmalardan foydalanishning asosiy shakllari (yo`nalishlari) quyidagilar hisoblanadi:
yangi qurilish;
korxonanikengaytirishvaqaytatiklash;
ishlabchiqarishnizamonaviylashtirishvatexnikjihatdanqaytaqurollantirish;
harakatdagi quvvatlarni takomillashtirish.
Dostları ilə paylaş: |