Bitiruvmalakaviyishningamaliyahamiyati shundaniboratki, uningasosiynatijalaridanO`zbekistonRespublikasiIqtisodiyotvazirligi, hududiysanoatnirivojlantirishvauningsamaradorliginiyaxshilashborasidaishlabchiqiladigandasturlaridasamaralihisoblanadi.
Bitiruvmalakaviyishningtuzilishi. Bitiruvmalakaviyishkirish, uningasosiymazmuniniifodalovchiikkitabob, oltitasavol, xulosavatakliflarfoydalanilgan adabiyotlarro`yxatidaniborat.
Bitiruvmalakaviyishningkirishqismidamavzuningdolzarbligi, tadqiqotningmaqsadi, vazifalari, ob`ekti, predmeti, nazariyvauslubiyasoslari, amaliy ahamiyati va boshqalar bayon etilgan.
Bitiruv malakaviy ishning asosiy qismining birinchi bobida investitsiya haqida tushuncha, uning iqtisodiy mohiyati va tasniflanishi; O`zbekiston Respublikasining investitsiya siyosati; iqtisodiyoga investitsiyalarni jalb etishning huquqiy-me`yoriy asoslari va davlat tomonidan tartibga solinishi masalalari o`rganilgan.
Ishning ikkinchi bobida korxona tavsifi va ishlab chikarish - xujalik faoliyatining umumiy ko`rsatkichlari taxlili, iqtisodiyot tarmoqlarini modernizatsiyalash yo`nalishida jalb etilayotan investitsiyalar tahlili, mamlakat iqtisodiyotiga kiritilgan xorijiy investitsiyalar tahlili yoritilgan.
Bitiruv malakaviy ishning xulosa va takliflar qismida olib borilgan tadqiqot natijalarida tegishli xulosalar chiqarilgan va ularning asosida sanoat mahsulotlarining iqtisodiy samaradorligini oshirishga qaratilgan tavsiyalar ishlab chiqilgan.
I-BOB. FAOL INVESTITSIYA SIYOSATI SHAROITIDA SANOATGA INVESTITSIYALARNI JALB ETISH VA ULARDAN FOYDALANISHNING NAZARIY VA USLUBIY ASOSLARI
1.1. INVESTITSIYA HAQIDA TUSHUNCHA, UNING IQTISODIY MOHIYATI VA TASNIFLANISHI
O`zbekiston Respublikasida investitsiya xususida qonuniy hujjatlar 1991 yildan boshlab qabul qilingan bo`lib, ular o`tgan vaqt ichida ancha takomillashtirildi. O`zbekiston Respublikasining “Investitsiya to`q’risida”gi qonunida ko`rsatilishicha, “investitsiya bu - iqtisodiy samara (foyda, daromad) olish yoki ijobiy ijtimoiy natijaga erishish uchun sarflanadigan pul mablaq’lari, banklarga qo`yilgan omonatlar, paylar, qimmatli qoq’ozlar (aktsiya, obligatsiyalar), texnologiyalar, mashinalar asbob-uskunalar, litsenziyalar va samara beradigan boshqa har qanday boyliklardir”2.Bu iqtisodiy ta`rif investitsiyaning bozor iqtisodiyoti sharoitiga mos kelishini to`laligicha tasdiqlaydi. Jumladan, unda, birinchidan, investitsiyaning o`ziga va investitsiya faoliyatining ob`ektlariga keng ta`rif berilgan. Ikkinchidan, investitsiyaning bevosita iqtisodiy va ijtimoiy samara olishga muqarrar boq’liqligi ta`kidlab o`tilgan. Demak, investitsiyaga bozor munosabatlaridan kelib chiqib berilgan ta`rifning o`zidayoq investitsiya jarayonning hajmi, asosiy bosqichlari, ya`ni jamq’armalar (resurslar), qo`yilma mablaq’lar (sarf-xarajatlar), samara (daromad, foyda) aniq va ravshan ko`rsatib o`tilgan. Xuddi shu kabi yondashuv investitsiya faoliyatning bozor munosabatlariga o`tishi uchun zamin yaratadi, bu esa, moliyaviy moddiy va aqliy boyliklarni qayta taqsimlashning vertikal va gorizontal usullaridan bir xilda foydalanishni ta`minlab beradi.
«Investitsiya» atamasi lotin tilidagi «invest» so`zidan kelib chiqqan bo`lib «qo`yish», «mablaq’ni safarbar etish», «kapital qo`yilmasi» ma`nosini beradi. Keng ma`noda investitsiya mablaq’ni ko`paytirib va qaytarib olish maqsadida kapitalni safarbar etishni bildiradi. Ko`pgina hollarda «investitsiya» tushunchasi iqtisodiy va boshqa faoliyat ob`ektlariga kiritiladigan moddiy va nomoddiy ne`matlar hamda ularga doir huquqlar tarzida ta`riflanadi. Investitsiya deyilganda barcha turdagi milliy va intelektual boyliklar tushunilib, ular tadbirkorlik faoliyati ob`ektlariga yo`naltirilib daromad keltirishi yoki biror-bir ijobiy samaraga erishishi zarur. Investitsiya kiritishdan asosiy maqsad daromad olish va ijobiy ijtimoiy samaraga erishishdir.
Investitsiya kiritishda, avvalo:
- investitsiya faoliyati sub`ektlarning mustaqilligi va tashabbuskorligining ta`minlanishi;
- kiritilayotgan moddiy ne`matlarga investitsiya maqomini berish (fuqarolarning o`zlarining ehtiyojlarini qondirish uchun sotib olgan buyumlari investitsiya bo`la olmaydi);
- qonun bilan belgilangan investitsiya faoliyatini amalga oshirish imkoniyati yaratilishi zarur bo`lib hisoblanadi.
Investitsiya tushunchasiga yangi kapitalni barpo etish uchun sarflangan xarajat sifatida ham ta`rif berish o`rinli. Investitsiyalar – bu yangi korxonalar qurilishiga, mashina va asbob-uskunalar sotib olishga, ya`ni yangi kapitalni barpo etishga ketgan xarajatlardir.
Investitsiya tushunchasining mazmunini to`liq ochib berish uchun unga berilgan ta`riflarni keltirish joiz. Investitsiyalar – bu hali mahsulot ko`rinishiga keltirilmagan, lekin ishlab chiqarish vositalariga qo`yilgan kapitaldir. O`zining moliyaviy shakliga ko`ra, ular foyda olish maqsadida xo`jalik faoliyatiga qo`yilgan aktivlar hisoblansa, iqtisodiy xususiyatiga ko`ra, u yangi korxonalar qurishga, uzoq muddatli xizmat ko`rsatuvchi mashina va asbob uskunalarga hamda shu bilan boq’liq bo`lgan aylanma kapitalning o`zgarishiga ketgan xarajatlardir.
Dostları ilə paylaş: |