KIRISH
Mavzuning dolzarbligi. Bugungi kunda har bir mamlakat iqtisodiyotining kelgusi taraqqiyoti, asosan, investitsiyalarga boq’liqligini deyarli har bir mutaxassis va xo`jalik yurituvchi sub`ekt yaxshi anglaydi. Shunga ko`ra, hozirgi kunda respublikamiz iqtisodiyotiga investitsiyalarni, shu jumladan, xorijiy investitsiyalarni kengroq jalb etish ularning mamlakatimizda o`tkazilayotgan iqtisodiy islohotlarning samarali ijrosini ta`minlashning muhim asosiga aylanganligi bilan boq’liqligini tushunib olish qiyin emas.Mamlakatni ijtimoiy, iqtisodiy va siyosiy rivojlanishida investitsiyalarining jumladan, xorijiy investitsiyalarning ahamiyati kattadir. Ma`lumki, har qanday davlat dunyodan ajralgan holda, jahon tajribalarini o`rganmasdan, dunyoning etakchi davlatlari ilm, fan va texnika sohasida erishgan yutuqlarini qabul qilmasdan rivojlanishi mumkin emas.
O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimovning 2015yilning asosiy yakunlari va 2016 yilda O`zbekistonni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning eng muhim ustuvor yo`nalishlariga baq’ishlangan Vazirlar Mahkamasining«2016-yilda iqtisodiyotimizda tub tarkibiy o‘zgarishlarni amalga oshirish, modernizatsiya va diversifikatsiya jarayonlarini izchil davom ettirish hisobidan xususiy mulk va xususiy tadbirkorlikka keng yo‘l ochib berish – ustuvor vazifamizdir.
“Barchamiz oddiy bir haqiqatni yaxshi anglab olishimiz darkor – investitsiyalarsiz modernizatsiya ham, yangilanish ham bo`lmaydi.”1.
SHuningdek, ma`ruzada uzoq muddatli istiqbolga mo`ljallangan, mamlakatimizning salohiyati, qudrati va iqtisodiyotimizning raqobatdoshligini oshirishda hal qiluvchi ahamiyat kasb etadigan muhim ustuvor yo`nalishlardan biri – bu asosiy etakchi sohalarni modernizatsiya qilish, texnik va texnologik yangilash, transport va infratuzilma kommunikatsiyalarini rivojlantirishga qaratilgan strategik ahamiyatga molik loyihalarni amalga oshirish uchun faol investitsiya siyosatini olib borishdan iboratligi hamda 2015-yilda ana shu maqsadlarga barcha moliyalashtirish manbalari hisobidan 15 milliard 800 million AQSh dollari miqdorida investitsiyalar jalb etildi va o‘zlashtirildi. Bu 2014- yilga nisbatan 9,5 foiz ko‘p demakdir. Jami investitsiyalarning 3 milliard 300 million dollardan ziyodi yoki 21 foizdan ortig‘i xorijiy investitsiyalar bo‘lib, shuning 73 foizi to‘g‘ridan-to‘g‘ri chet el investitsiyalaridir. Investitsiyalarning 67,1 foizi yangi ishlab chiqarish quvvatlarini barpo etishga yo‘naltirildi. Bu esa 2015-yilda umumiy qiymati 7 milliard 400 million dollar bo‘lgan 158 ta yirik ishlab chiqarish obyekti qurilishini yakunlash va foydalanishga topshirish imkonini berdi.Masalan, Toshkent issiqlik elektr stansiyasida 370 megavatt quvvatga ega bo‘lgan bug‘-gaz qurilmasi barpo etildi, Chorvoq GESi gidrogeneratorlari modernizatsiya qilindi, Qo‘ng‘irot soda zavodida kalsiylashtirilgan soda ishlab chiqarish kengaytirildi, «Samarqandkimyo» aksiyadorlik jamiyatida 240 ming tonna quvvatga ega bo‘lgan murakkab tarkibli yangi o‘g‘itlar ishlab chiqarish korxonasi ishga tushirildi.
Yuqoridagi yo`nalishning mantiqiy davomi sifatida joriy 2016 yilning 15 yanvarida bo`lib o`tgan 2015 yilda mamlakatimizni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yakunlari va 2015 yilga mo`ljallangan eng muhim ustuvor yo`nalishlariga baq’ishlangan O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi majlisidagi ma`ruzada Prezidentimiz “Hal qiluvchi ahamiyatga ega bo`lgan yana bir muhim ustuvor yo`nalish – chet el investitsiyalarini keng jalb qilish, xorijiy investorlar uchun yanada qulay sharoitlar yaratishga ulkan e`tibor qaratayotganimizni alohida qayd etmoqchiman”,-deb takidladilar.
Respublikamizda doimo qisqa muddatli spekulyativ kreditlardan voz kechib, chet el investitsiyalarini uzoq muddatlarga, imtiyozli foiz stavkalari bo`yicha jalb etildi. Natijada milliy iqtisodiyotimizning halqaro kreditlar bozoridagi kon`yunkturaga keskin boq’liqligini va moliyaviy inqirozning salbiy oqibatlarining oldi olindi.
Dostları ilə paylaş: |