Korxonaning ishlab chiqarish tizimi va uning asosiy elementlari 1



Yüklə 20,72 Kb.
tarix07.01.2024
ölçüsü20,72 Kb.
#212244
Ishlab chiqarish omillari va tuzilishi Reja Korxonaning ishlab -hozir.org


Ishlab chiqarish omillari va tuzilishi Reja: Korxonaning ishlab chiqarish tizimi va uning asosiy elementlari 1

Ishlab chiqarish omillari va tuzilishi

Reja:


  1. Korxonaning ishlab chiqarish tizimi va uning asosiy elementlari 1


2. Korxonada ishlab chiqarishni tshkil etish prinsiplari, turlari,shakllari va usullari

3. Korxonaning ishlab chiqarish quvvati va uni xisoblash usuli

4. Optimal ishlab chiqarish xajmi va sotish

5. Mahsulot sifati

Korxonaning ishlab chiqarish tizimi va uning asosiy elementlari Ishlab chiqarish korxonalarining samaradorlik faoliyati texnika bazasining o’sishi va ishlab chiqarish jarayonining borishini tashkil etish darajasi hamda mahsulot yaratilishi bilan aniqlanadi. Korxonalarning asosiy faoliyatini ishlab chiqarish jarayonining borishi tashkil etadi. Uning asosiy vazifasi iste’mol qiymatini yaratishdir. Masalan, qazib olish soha ida – mineral xom ashyolarni va yoqilg’ini qazib olish, qayta ishlash soha ida – xom ashyoni qayta ishlash natijasida mahsulotni iste’mol qilish uchun tayyorlash. Ishlab chiqarish jarayoni kompleks jarayon bo’lib, bir-biri bilan chambarchas bog’liq bo’lgan texnologik va mehnat jarayonlarini o’z ichiga oladi. Texnologik jarayon – bu, mehnat buyumlari o’zgarishi (shakli, tashqi ko’rinishi, katta-kichikligi, agregatlik holati, tuzilishi va h.k.)ning natijasi bo’lib, tabiiy jarayonlarni ham o’z ichiga oladi. Bunday holda jonli mehnat ishtirok etmaydi (masalan, quritish - quyma, pokovkaning qurishi, materiallar yoki detallar moylangandan so’ng atmosfera sharoitida qurishi), lekin bu jarayon ma’lum darajada kishilar nazorati ostida olib boriladi. Mehnat jarayoni – bu, jismoniy va aqliy energiyaning sarflanishi bo’lib, iste’mol qiymati yaratishga qaratilgandir. Ishlab chiqarish jarayonining natijasi texnologik rejimga amal qilinishiga va sharoitlarning yig’indisiga bog’liq (jarayonni olib borish uchun texnologik rejim talablari yig’indisi: xom ashyo va materiallarning tarkibi, me’yordagi bosim va boshqa ishlab chiqarish omillari bo’lishi shart). Hozirgi zamon korxonalarida ishlab chiqarish jarayonini amalga oshirish uchun, ishlab chiqarish va mehnat vositalaridan tashqari, moddiy sharoit (ishlab chiqarish binosi, yoritish qurilmalari, omborlar va h.k.) amal qiladi. Bu sharoitlar bo’lmasa jarayonning yuz berishi yo mutlaqo mumkin emas yoki faqat takomillashmagan bir tusdagina yuz beradi. Ishlab chiqarish jarayoni ikki tomonlama, ya’ni: ijtimoiy-iqtisodiy (kishilar munosabati) va moddiy-texnika sharoitlari bilan xarakterlanadi. Bu omillarning ta’siri natijasida har qaysi korxonada ishlab chiqarish jarayoni tashkil topadi. Hozirgi zamon ishlab chiqarish korxonalarida ishlab chiqarish jarayoni ichki tuzilishi jihatdan bir xil emas: u mustaqil jarayonlardan tashkil topgan bo’lib, turli shakllarga va o’ziga xos xususiyatga ega. Bu ayrim mustaqil jarayonlar, odatda, asosiy va yordamchi jarayonlarga bo’linadi. SHuningdek, har qanday asosiy jarayonni ham tarkibiy qismlarga bo’lish mumkin (mahsulotlarning ayrim qismlarini tayyorlash jarayoni parallel va ketma-ket olib boriladi). Bunday qismlar asosiy mahsulotni tayyorlash bosqichi yoki bosqichsi deyiladi (har qaysi bosqich yoki bosqichsi texnologik jihatdan alohida ishlab chiqarish jarayonining bir qismini tashkil etadi). Ishlab chiqarish jarayonining bosqichsi bir-biridan qo’llaniladigan texnologik usullar, uskunalarning xarakteri va kadrlarning ixtisoslanishi bilan farq qilinadi. Masalan, mashinasozlik korxonalarining asosiy jarayoni uchta bosqichdan iborat: tayyorlash, qayta ishlash va yig’uv. Bosqichlar ayrim operatsiyalardan tashkil topadi. Operatsiya o’zgarmas ishlab chiqarish qurollari, mehnat predmetlari va ish joyida amalga oshiriladi. Buyumlarning shakli yoki mehnat buyumlarining kimyoviy tarkibi bir necha o’rinlarda ishchilar nazorati ostida o’zgarishiga operatsiya deyiladi. Operatsiya ishlab chiqarish jarayonining bir qismidir. Materiallarni qayta ishlashda va operatsiyalarni vaqt bo’yicha bajarishda, tayyorlashda oldingi hamda keyingi operatsiyalar soni va sifati bilan bog’lanadi. Operatsiyalar ish harakatlari (priyomlar)ga bo’linadi. Priyom – bu ish harakatining berk jarayoni bo’lib, bir ishlovchi tamom qilgan ish elementidan iboratdir. Har qaysi ish priyomini bajarish uchun, bajaruvchi ma’lum darajada mehnat harakatini amalga oshiradi (ma’lum detalni olish, burash, tortish va h.k.lar mehnat harakati priyomining bir qismi bo’lib, ishchining biror buyumga ta’siri yoki ishchining buyum bilan yoxud buyumsiz bir joyga siljishi tushuniladi). Ishlab chiqarish jarayonini bo’lishdan maqsad ish kuchini ratsional joylashtirish, malakali ishchilarga bo’lgan talabni aniqlash, ular ishining aniq hisobini olib borish, ya’ni mehnat unumdorligining o’sishini, rezervlarini aniqlashdan iborat. Ishlab chiqarish jarayonlarining yuqorida qayd qilingan elementlarga bo’linishi ishlab chiqarish jarayonining strukturasini tashkil qiladi. Ishlab chiqarish jarayoni soha mahsulotini tayyorlashdagi roliga qarab, asosiy, yordamchi va xizmat qiluvchi jarayonlarga bo’linadi. Mehnat buyumlarining asosiy mahsulotga aylantirilishi asosiy jarayon deb ataladi. Bunday jarayonlarga mashinasozlik zavodlarida quyidagilar kiradi: tayyorlov bosqichsida – cho’yanni vanrankalarda eritish, detallar quyish uchun qum qoliplarni tayyorlash; ishlov beradigan bosqichda – u mexanizmga asoslangan yoki issiqlik yo’li bilan detallarga o’ziga xos xususiyat, o’lchov va sirtqi tomonga sifatli ishlov berish; payvandlashda – detallarni bir tugunga (uzelga) yig’ish yoki tamomlangan buyumlar – mashinalar va ularning qismlarini va komplekt buyumlarni (podshipniklar, elektromotorlar, asboblar) yig’ish. Yordamchi jarayonlar ishlab chiqarish uchun xizmat qiladi va mahsulot ishlab chiqarishning asosiy jarayonini uzluksiz ta’minlaydi. Bularga quyidagilar kiradi: ishlab chiqarishni asbobuskuna bilan ta’minlash (shtamplar, modellar tayyorlash va bularni ta’mirlash, charxlar va tiklash), ta’mir bo’yicha xizmat qilish (uskunalarni ta’mirlash, modernizatsiya va turli xil uskunalarga joriy xizmat qilish), turli xil energiya (elektr energiya, bug’, havo va h.k.)lar bilan ishlab chiqarish uchun xizmat qilish. Xizmat qilish jarayoniga korxonalarning moddiy-texnika ta’minoti, tayyor mahsulotni sotish, transport bilan xizmat qilish va hokazolar kiradi. Mehnat qurollariga ta’sir qilishning usullariga va xarakteriga qarab asosiy va yordamchi jarayonlar: qo’l bilan, mashina-qo’l bilan, mashina bilan, avtomatlashtirilgan va apparat bilan bajariladigan jarayonlarga bo’linadi. Qo’l bilan bajariladigan jarayon asosan mehnat predmetlari shaklining o’zgarishiga qaratilgan bo’ladi. Mashina va qo’l yordami bilan bajariladigan jarayonga faqat mashina bilan bajariladigan ish elementlarigina emas, balki qo’l mehnati bilan bajariladigan ish ham kiradi. Masalan, detallarni qo’l bilan olib turish usulida stanokda ishlov berish. Mashina va mexanizmlar yordami bilan bajariladigan jarayonda materiallarning shakli, katta-kichikligi, ko’rinishi, holati o’zgaradi va ishchilarning qatnashishi chegaralangan bo’ladi. Avtomatlashtirilgan jaryonlar ishchilar qatnashmagan holda yoki faqat ularning kuzatuvi yordamida amalga oshiriladi. Apparatli jarayon fizikaviy, kimyoviy va issiqlik jarayonlariga aloqador bo’lib, bu maxsus agregatlarda texnologik jarayonlarning bajarilishi bilan xarkterlanadi. Ishlab chiqarish jarayonlari vaqt bo’yicha davom etish xususiyatlariga qarab, takrorlanib turadigan va uzluksizlarga bo’linadi. Takrorlanib turadigan jarayonlarda boshlang’ich xom ashyo va materiallar uskunalar yordamida uzluksiz ravishda qayta ishlanadi va natijada tayyor mahsulotga aylantiriladi. Har qanday soha korxonalarida va Sexlarida ishlab chiqarishni tashkil qilish jarayonining asosida jonli mehnat predmetlari va mehnat vositalaridan vaqt va fazoda ratsional ravishda foydalanish yotadi. Bu esa uskunalar, xom ashyo, materiallar, yoqilg’i, elektr energiya va boshqa ishlab chiqarish vositalari hamda mehnat resurslaridan foydalanishda yuqori samaradorlikka erishishni taqozo etadi. Ishlab chiqarish jarayonini ratsional tashkil qilish ishlab chiqarishni takomillashtirishning rejali va mutanosib bo’lishini ta’minlaydi. 3.2. Korxonada ishlab chiqarishni tashkil etish prinsiplari, turlari,shakllari va usullari Ishlab chiqarishni tashkil etishning eng ilg’or shakllariga ixtisoslashtirish, kooperativlashtirish va kombinatsiyalash kiradi. Ishlab chiqarishni ixtisoslashtirish – bu, ijtimoiy mehnat taqsimotining eng muhim shakllaridan biri hisoblanib, u ilmiy-texnik taraqqiyot va ishlab chiqarishning boshqaruv tizimi bilan uzviy bog’liqdir. Korxonalararo va ular o’rtasidagi mehnat taqsimotining asosini mehnat qurollarini ixtisoslashtirish tashkil etadi. Korxona ichidagi ixtisoslashtirish Sexlarni va uchastkalarni ayrim mahsulot ishlab chiqarishga yoki texnologik jarayonning ma’lum bosqichini bajarishga yo’naltiradi. Ixtisoslashtirish mahsulotni standartlash, me’yorlashtirish va detallarni unifikatsiyalashga asoslanadi, shuningdek, texnologik jarayonlar mexanizatsiyalashtiriladi va ixtisoslashgan uskunalardan keng ko’lamda foydalaniladi. Mashinasozlik zavodlari va ularning bo’limlarini ixtisoslashtirish darajasi asosan ikki omilga: ishlab chiqarish miqyosi va mahsulotning mehnat talab qilishiga bog’liqdir. Soha korxonalarida ixtisoslashtirishning uchta: buyumlar; texnologik; detallar bo’yicha ixtisoslashtirish shakllari mavjud. Sexlar, uchastkalar va ish joyini texnologik ixtisoslashtirish natijasida ularning har biri bir xil texnologik operatsiyani va bir xil ishni bajaradi. Masalan, mashinasozlikda temirchilik, zagotovkalar qo’yadigan, mexanika, issiqlik, payvandlash va boshqa Sex hamda uchastkalar, metallurgiya soha ida domna, marten va prokat Sexlari tashkil qilinadi; to’qimachilik fabrikalarida yigiruv, to’quv va boshqalarning tashkil qilinishi texnologik ixtisoslashtirishga misol bo’la oladi. Ishlab chiqarish ko’lami ortib borgan sari korxonalarning bo’limlari (Sex, uchastkalar)da texnologik ixtisoslashtirishning chuqurlashuvi vujudga keladi: mahsulotlarning o’lchamiga qarab (masalan, mexanika Sexi yirik, o’rta va mayda); materiallar turiga qarab ishlov berishi bo’yicha (masalan, po’lat, cho’yan va cho’ziladigan cho’yan); quyuv Sexlari va h. k. jarayonlarning operatsiyalari bo’yicha (tokarlik, frezerlik, silliqlash, pardozlash). Texnologik ixtisoslashtirish sharoitida unumdorligi yuqori bo’lgan texnikadan va texnologiyadan, shuningdek, ilg’or ishlab chiqarish usullaridan yaxshiroq foydalanishga erishiladi. Sexlar va uchastkalarni buyumlar bo’yicha ixtisoslashtirishda bularning har biri texnologik jihatdan har xil bo’lgan operatsiyalarni bir xildagi detallar yoki uzellar bo’yicha bajaradi. Korxonalarning bo’limlarini buyumlar bo’yicha ixtisoslashtirish shakli ko’p jihatdan tor ixtisoslashgan zavodlar uchun xarakterlidir (ommaviy va yirik seriyali ishlab chiqarishlarda). Bunday Sexlar agregatlarning ayrim detallari va qismlarini ishlab chiqarishga moslashadi, nomenklaturasi esa chegaralangan bo’ladi (masalan, avtomobilg’ zavodlarida — mashinaning orqa ko’prigini yoki motorini ishlaydigan Sexlar, vagonsozlik zavodida ressor, stanoksozlikda —stanina, korpus detallari, shesterenkalar, vtulkalar va richaglar Sexi). Sexlarning buyumlar bo’yicha qurilishi qoida bo’yicha berk jarayonlarga olib keladi, bunday Sexlarda har xil bosqichga tegishli yoki ishlov berish turiga qarab jarayonlar dam-badam birga olib boriladi. Sexlarning texnologik ixtisoslashgan shaklidan asta-sekin birmuncha ilg’or bo’lgan buyumlar bo’yicha ixtisoslashishga o’tishi mashinasozlik korxonalarining ishlab chiqarish strukturasini takomillashtirishning hozirgi sharoitdagi birdan-bir tendentsiyasidir. Buyumlar bo’yicha ixtisoslashtirish quyidagilarni nazarda tutadi: texnologiyani puxta ishlab chiqish, yuqori unumli uskunalarni qo’llash, materiallardan foydalanish koeffitsientining yuqori bo’lishi, mehnat unumdorligini oshirish, korxonalarning Sex va bo’limlaridagi boshliqlar va konkret ijrochilar javobgarligini oshirish, ishlab chiqarishni tashkil qilishda ilg’or usullardan keng foydalanish. Buyumlar Sexini tashkil qilish ikki shart-sharoitga asoslanadi: 1) mahsulotlar ko’lami talaygina bo’lsa, ommaviy va seriyalab ishlab chiqarishni o’stirish zarur; 2). mashinasozlikda yangi texnologiyani joriy qilish, metallga ishlov berishda elektr usullaridan foydalanish, ishlab chiqarish jarayonlarini kompleks mexanizatsiyalash va avtomatlashtirish. Ishlab chiqarish jarayonlarining buyumlar bo’yicha tuzilishiga zavod-avtomat misol bo’la oladi. Masalan, alyumindan avtomobilg’ porshenlarini ishlab chiqaradigan zavod-avtomat bitta agregatda turli xil jarayonlarni birlashtiradi. Bularga suyuq eritmani tayyorlash, quyish, porshenlarga issiqlik yordamida ishlov berish, mexanik ishlov berishning qattiqligini, porshenlarning katta-kichikligi bo’yicha saralashni va joylashni tekshirish. Detallar bo’iicha ixtisoslashtirish ishlab chiqarish uchastkalarini qisman ixtisoslashgan uskunalar bilan qurollantirish natijasida xom ashyolarni tejab-tergab ishlatishni va yuqori mehnat unumdorligiga erishishni ko’zda tutadi. Zavodlarni detallar bo’yicha ixtisoslashtirishda faqat bir xil turdagi mashinalarning bir xil nomdagi yoki bir xildagi detallari tayyorlanadi. Detallar bo’yicha ixtisoslashtirish standartlashning keng ko’lamda rivojlanishini, detallar va qismlarning konstruktsiyasini me’yorlashtirish o’zaro bog’liqligini va ishlab chiqarilayotgan mahsulotning bir xil sifatli bo’lishini ko’zda tutadi. Ixtisoslashtirishning bu shakli ko’proq mashinasozlik va yengil soha da tarqalgan, shuningdek, boshqa ishlab chiqarish tarmoqlari (metallurgiya, mebel, tikuv, poyabzal soha lari)da ham rivojlanmoqda. Detallar bo’yicha ixtisoslashtirish mashinasozlik zavodlarida mayda seriyali va donalab ishlab chiqarishda keng tarqalgan. Bunday ixtisoslashtirishdan maqsad korxonalarni unifikatsiyalash, detallar guruhini texnika jihatidan asoslash va ularni tayyorlashni texnologik, ya’ni guruh yo’li bilan amalga oshirishdan iboratdir. Keyingi vaqtlarda ixtisoslashtirishning funktsional shakli yanada ko’proq ko’zga tashlanadigan bo’ldi. U korxonalarda ishlab chiqarishga xizmat qiladigan ishlarni bajarishga ixtisoslashadi, masalan, ta’mir ishlari, yuklarni tashib olib borish va h. k. Korxonalarni, Sexlarni ixtisoslashtirish ishlab chiqarishni kooperativlashtirishni va biron-bir mahsulot tayyorlash uchun birgalikda ish olib borishni taqozo qiladi. Zavod ichidagi kooperativlashtirish deganda Sexlar va ish joylarining birgalashib mahsulot ishlab chiqarishini tashkil etish tushuniladi. Sex va uchastkalar ishlab chiqarishining o’zaro bog’liqligi texnikaviy tayyorgarlik ko’rish jarayonida aniqlanadi. Konstruktorlik va texnologik tayyorgarlik davrida zavod ichidagi kooperativlashtirish masalasi va ishlanadigan materiallar, yarimfabrikatlarning marshruti aniqlanadi. SHunday qilib, zavod ichidagi kooperativlashtirish belgilangan muhlatda mehnatni, materiallarni kam sarflash natijasida rejada ko’rsatilgan mahsulotni kompleks va sifatli tayyorlashni ta’minlaydi. Ixtisoslashtirishning mavjud turlariga muvofiq, kooperativlashtirish ham quyidagi uch turga ajratiladi: -buyumlar bo’yicha kooperativlashtirish — bunda so’nggi mahsulotni komplektlash uchun ayrim Sexlar yig’uv Sexiga tayyor agregatlar yetkazib beradi;  detallar bo’yicha kooperativlashtirish — bunda Sex ayrim detallarni yoki uzellarni yetkazib beradi;  texnologik kooperativlashtirishda bir Sex boshqasi uchun yarim tayyor fabrikatlar yetkazib beradi yoki alohida operatsiyalarni bajaradi. Ixtisoslashtirish va kooperativlashtirish bilan bir qatorda kombinatsiyalash ham korxonalarda ishlab chiqarishni tashkil etishning asosiy shakllaridan biri hisoblanadi. Kombinatsiyalashni quyidagicha tahriflash mumkin: kombinatsiyalash soha ning turli tarmoqlarining bir korxonaga qo’shiluvidirkim, bunda ushbu tarmoqlar xom ashyolarni ketma-ket ishlab beruvchi tarmoqlar (masalan, rudadan cho’yan quyish va cho’yanni po’latga aylantirish, so’ngra po’latdan turli tayyor buyumlar ishlab chiqarish bo’lishi mumkin) yoki biri ikkinchisiga nisbatan yordamchi rol o’ynovchi tarmoqlar bo’ladilar (masalan, chiqindilarni yoki bir narsani ishlaganda chiqqan narsalarni ishga solish, mol joylash uchun kerakli narsalar ishlab chiqarish va hokazolar). Mashinasozlik ishlab chiqarish texnologiyasining o’ziga xos xususiyati kombinatsiyalashning keng tarqalmasligiga sabab bo’ldi. Kombinatsiyalash, ayniqsa, kimyoviy va fizikaviy-kimyoviy jarayonlar bilan xom ashyolarni qayta ishlash (kimyo, metallurgiya, gaz soha i va h. k.) soha larida rivojlangan va ular uchun xarakterlidir. Kombinatsiyalash — bu, turli soha tarmoqlarida ishlab chiqariladigan har xil mahsulotlarni bir korxonada birlashtirish, demakdir. Ishlab chiqarishda kombinatsiyalash uch asosiy shakli bilan farq qilinadi:  xom ashyoni ketma-ket ishlash;  ishlab chiqarish chiqindilaridan foydalanish;  xom ashyoni kompleks ravishda ishlash. Ishlab chiqarish tipi deganda texnikaviy tashkil qilish va iqtisodiy xususiyati, ixtisoslashtirish va tayyorlangan mahsulot nomenklaturasi, miqyosi va bir nomda chiqariladigan mahsulot darajasining doimiyligi, barqarorligi va boshqalar yig’indisi tushuniladi. Ishlab chiqarish ko’lami va ixtisoslashtirish darajasi turlicha bo’lganda, uskunalardan foydalanish sharti har xil bo’ladi. Bir xilda ishlab chiqariladigan mahsulot miqyosi uskunalarni tanlashga va texnologik asbob-uskunalarning kimyoviy xossalariga ta’sir etadi. Ayrim buyumlarni tayyorlash uchun belgilangan yuqori unumli uskunalar mahsulotlari turlicha bo’lgan va tez-tez o’zgarib turadigan zavodlar uchun to’g’ri kelmaydi. Ular ishlab chiqarish strukturasini belgilaydi hamda texnologik jarayon xususiyatini va ularning qurolanganligi, ishlab chiqarish jarayonlarini va ish joyidagi mehnatni tashkil qilish shakllarini hamda boshqarishning aniq usullarini ko’rsatadi. Ishlab chiqarish korxonalarining iqtisodiy darajasi ko’p jihatdan ishlab chiqarish turlariga bog’liqdir. Soha korxonalarining ish tajribasi shuni ko’rsatadiki, hozirgi sharoitda ishlab chiqarishni tashkil qilishning asosiy turlari donalab, seriyalab va ommaviy ishlab chiqarishdan iborat. Donalab mahsulot ishlab chiqaradigan korxonalar iste’moli chegaralangan buyumlarni tayyorlash uchun tashkil etiladi. Donalab ishlab chiqarishning asosiy xususiyatlari quyidagilardan iborat:  tayyorlangan mahsulotning ko’p xilliligi, ulardan asosiy qismining takrorlanmasligi, shuningdek, uncha ko’p bo’lmagan miqdorda ishlab chiqarilishi;  ish joylarini texnologik ixtisoslashtirish, ma’lum detallarni va operatsiyalarni doimiy ravishda ish joylariga biriktirib qo’yishning mumkin emasligi;  universal uskunalarning va universal yig’uv asbob-uskunalarning qo’llanilishi;  qo’l bilan yig’iladigan va yakunlovchi operatsiyalar salmog’ining kattaligi;  universal va yuqori malakali ishchilardan ko’p foydalanish;  ishlab chiqarish tsiklining nisbatan uzunligi;  uskunalarni tez-tez sozlash natijasida ulardan foydalanish koefitsientining kamligi. Mahsulotni donalab ishlab chiqaradigan korxonalar samaradorligi va mehnat unumdorligi darajasining pastligi, asosiy va yordamchi materiallarning ko’p sarf bo’lishi, mahsulotning tannarxi yuqori bo’lishi bilan boshqa korxonalardan farq qiladi. Seriyali ishlab chiqarishni tashkil etish.
http://hozir.org
Yüklə 20,72 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin