Ijtimoiy ruhiy vaziyat — korxona va tashkilot xodimlariga
ta’sir qiluvchi ko‘pgina omillar yig‘indisining jamlangan
mahsulining ko‘rinishidir. U mehnat qilish jarayonida,
xodimlarning muomalasida, ularning shaxslararo va guruhiy
aloqalarida o‘z ifodasini topadi.
Jamoaning ijtimoiy-ruhiy vaziyati uch asosiy tarkibiy qismdan—
xodimlarning ruhan mos kelishi, ularning ijtimoiy intilishi,
222
axloqiy tarbiyalanganligidan iborat. Korxona va tashkilotning
ijtimoiy rivojlanishiga bevosita ijtimoiy muhit shart-sharoitlari
bilan bir qatorda umumiy omillar ham ta’sir ko‘rsatadi.
Ijtimoiy rivojlanishning umumiy omillariga jamiyatning
ijtimoiy — iqtisodiy va ma’naviy-axloqiy holati ham kiradi.
Korxona va tashkilotlarda, aniq shart-sharoitlardan kelib
chiqqan holda, ijtimoiy rivojlanishni boshqarish yo tashkilot
rahbariyati yoki ishga maxsus vakil qilib tayinlangan shaxslarga
yoxud muayyan vazifalarni bajaruvchi alohida bo‘linmalarga
yuklatiladi. Ular ham personalni boshqarish tizimining bir qismi
hisoblanadi.
Boshqarish samaradorligi o’z tabiati bilan murakkab jarayon. Uni faqat bitta yoki ikkita ko’rsatkich bilan ifodalab bo’lmaydi. Buning uchun ko’rsatkichlar tizimi zarur. Bu tizimni ikkita yirik guruhga bo’lish mumkin:
Boshqarish tizimi faoliyatini tavsiflovchi miqdoriy ko’rsatkichlar, ya’ni:
boshqaruvdagi jonli mehnatning tejalashini tavsiflovchi ko’rsatkichlar;
boshqaruv uchun sarflangan moliyaviy resurslarning tejalishini tavsiflovchi
ko’rsatkichlar;
boshqarish uchun sarflanadigan vaqtni tejalashini tavsiflovchi ko’rsatkichlar.
Boshqaruvning sotsial samaradorligini tavsiflovchi sifat ko’rsatkichlari,
ya’ni:
boshqarishning ilmiy-texnik darajasini ifodalovchi ko’rsatkichlar;
boshqaruv apparati xodimlarining malakasi daraja-sini tavsiflovchi
ko’rsatkichlar;
qabul qilingaan qarorlar samaradorligini tavsiflovchi ko’rsatkichlar;
Shunday qilib boshqaruv samaradorligia baho berish uchun juda ko’p turli tuman miqdoriy va sifat ko’rsatkichlari qo’llaniladi. Har bir ko’rsatkichni quyidagi
tarzda taqqoslash kerak:
biror davr haqiqiy ko’rsatkichlareni rejadagi, normativdagi ko’rsatkichlar
bilan;
joriy davr haqiqiy ko’rsatkichlarini o’tgan davrlar ko’rsatkichlari bilan;
- bir korxona haqiqiy ko’rsatkichlarini boshqa korxona haqiqiy ko’rsatkichlari bilan.
Menejment tizimining iqtisodiy samaradorligini baholash muammosini echish asoslarining muhim uslublaridan biri, eng avval ishlab chiqarish samaradorliga toifasini bozor munosabatlari sharoitida to’g’ri tushunishdan iboratdir. Bu masala mulohazalidir. “Ishlab chiqarish samaradorligi” tushunchasini aniqlash masalasida hozircha aniq fikr yo’q. Masalan, bir qator nashrlarda “ishlab chiqarish samaradorligi” deganda (jamoa ishlab chiqarishini, ya’ni tashkiliy-texnik tadbirkorlarini, mahsulot sifatini oshirishni, ishlab chiqarishni boshqarish va hokazolarni) faqat iqtisodiy tomoni tushuniladi. Biz bu kabi nuo’tai nazarni noto’g’ri deb hisoblaymiz, chunki bu tushuncha faqat iqtisodiy jarayonni emas, balki mexaniq, kimyoviy, biologik, ijtimoiy va boshqa jarayonlarni baholashda ham ishlatiladi.
Boshqa so’z bilan aytganda samaradorlik (eng keng ma’noda) bu ishni pirovard natijasi (harakat, faoliyat, hukm surish), u jamoat amaliyotining o’lchoviga aylanadi, ayniqsa ishlab chiqarishni. Ishlab chiqarish samaradorligi - bu ta’sirning mahsuli, masalan fan va texnikani oxirgi yutuqlarini joriy qilish faqat iqtisodnigina emas, balki ijtimoiy, siyosiy va jamiyat hayotidan boshqa tomonlarini, mehnat jamoasini, hamda uning alohida a’zolarini o’z ichiga oladi.
51
Shunga yarasha biz menejment tizimining samaradorligi uning hukm surishi natijasida erishiladigan manfaatni aks ettiradi, deb hisoblaymiz Ammo faqat xulosa natijalari asosida samaradorlik saviyasini aniqlash qiyin, chunki bu menejment harakatining oxirgi natijasi hisoblanadi, uni davrida ko’zlangan maqsadga aniq harajatlar hisobiga erishish ta’min etiladi. Shunday ekan, ishlab chiqarish samaradorligi uning iqtisodiy samaradorligiga qaraganda kengroq va keng qirrali ma’noga ega. Shuning uchun menejment tizimida yaratish, joriy qilish, hukm surish, taraqqiy topish va takomillashishni iqtisodiy tomonini ko’rib chiqishda ishlab chiqarishni turli bo’ysunish tartibida biz «Iqtisodiy samaradorlik» tushunchasidan foydalanamiz.
Menejment tizimining iqtisodiy samaradorligi ishlab chiqarish iqtisodida hukm suruvchi, farqlanuvchi xususiyat va har xil jarayonlarning ustunligi bilan tavsiflanadi. Ushbu tizimlarni taraqqiy topishi va takomillashuvini maqsadga muvofiqligi, uning alohida elementlaridan boshlab, ishlab chiqarishning eng quyi bo’ysunish darajasidan to uning eng yuqori saviyasigacha ijobiy ta’sir ko’rsatadi.
Menejment uchun taalluqli qilib aytganda, bu shunday ma’noni bildiradiki: ko’rib chiqilayotgan tizimning iqtisodiy samaradorligi shundan iboratki, u to’g’ridan-to’g’ri va bevosita ishlab chiqarilayotgan mahsulotning hamma turi bilan keraglicha son va sifatda zaruriy tabiatda ta’minlash va xalq xo’jaligini taraqqiy toptirish va ilmiy-texnika taraqqiyotini, xalqni o’sib borayotgan moddiy va ma’naviy talabi qondirilishini amalga oshirishdan iboratdir.
Xo’jalik qurilishining zamonaviy sharoitida jamoa ishlab chiqarishini iqtisodiy samaradorligini baholashga yondashish uslubiy asoslarning jamoa manfaatlari yo’lida eng yuqori natijalarga eng kam harajatlar hisobiga erishish talabini majburan qo’lga kiritish masalasini o’z ichiga olishi kerak. Ushbu asosiy qoidani amalga oshishi ishlab chiqarish resurslarini ham, olingan iqtisodiy samarani ham maqsadga muvofiq ravishda ishlatishni ko’zda tutadi.
Umumiy ko’rinishda menejmentning iqtisodiy samarali tizimi deb shuni tushunadilarki, mo’ljallangan maqsadga qisqa vaqt ichida ishlab chiqarish resurslarini maqsadga muvofiq ravishda erishishga aytiladi.
Shunisi diqqatga sazovorki, olimlar va amaliyotchilar orasida “iqtisodiy samaradorlik o’lchamlari” haqidagi tushunchani aniqlashda yagona fikr shu. Bir qator nashrlarda “o’lcham” tushunchasini «ko’rsatkich» tushunchasi bilan tenglashtiradilar.
Bu sohadagi mashhur mutaxassislarni turli nuo’tai-nazarlarini ko’rib chiqish, ularning nashr etilgan ishlarini tahlil qilish menejment tizimining iqtisodiy samaradorlik o’lchovlarini quyidagi umumiy talablar ro’yxatidan aniqlashga bizga imkon yaratadi.
Korxonadagi iqtisodiy ahvolning beqarorligi, moliyaviy muommolar, ish haqining vaqtida to’lanmasligi, uzoq muddat bo’sh turib qolish jamoada ijtimoiy-psixologik muhitni yaxshilashga xizmat qilmaydi, albatta. Chunki, rahbar bunday sharoitda aksariyat vaqtini personal bilan muloqotda bo’lish, boshqaruv funktsiyalarini bajarishga emas, balki bevosita ishlab chiqarish, marketing, moliya masalalari, ya’ni boshqa funktsiyalarni bajarishga majbur bo’ladi. Shunday ekan, personalga ijtimoiy-psixologik uslublar ta’sirini bilish va prognoz qilish juda muhimdir.
Mazkur ijtimoiy-psixologik uslublarning ayrimlarini ko’rib chiqamiz. Dekompozitsiya-murakkab masalalarni bo’laklarga bo’lib, soddalashtirgan
holda taxdil etish uslubidir.
Bosqichma-bosqich tahlil usulida personalni boshqarish tizimiga eng sezilarli ta’sir ko’rsatuvchi omillar o’rganiladi.
Taqqoslash — mavjud bo’lgan tizimlarni solishtirish orqali eng maqbul usul tanlanadi.
Dinamik — usul barqaror miqdor ko’rsatkichlarini taxdil etishga asoslangan. Maqsadni tizimlashda personalni boshqarish tizimining korxona (tashkilot)
maqsadlarga muvofiqligining miqdor va sifat ko’rsatkichlari taxdil qilinadi. Ekspert-tahliliy usulda personalni boshqarishga yuqori malakali ekspertlarni
jalb etish ko’zda tutiladi.
Me’yor usuli personalni boshqarish funktsiyalari tarkibi va mazmunini belgilaydigan me’yorlardan qo’llanishga asoslangan.
Parametrli usul vazifasi ishlab chiqarish tizimi va personalni boshqarish tizimi o’rtasidagi funktsiyali bog’liklikni aniqlashdir.
Funktsiyaviy-qiymat tahlili, pirovard natija nuqtai nazaridan, eng kam xarajat talab qilinadigan, eng samarali usulni aniqlashni ko’zda tutadi.
Bosh tarkib usuli bitta ko’rsatkich (tarkib)da o’nlab ko’rsatkichlar xususiyatlarini aks ettiradi.
Rahbarning jamoaga ta’sir o’tkazishining turli vositalari mavjud. Ular qatoriga quyidagilar kiradi:
ijtimoiy-psixologik uslublar — ma’naviy rag’batlantirish, sog’lom muhitni
yaratish, xodimlarda axloqtamoyillariga muvofiq yashash ehtiyojlarini rivojlantirish.
axloqtamoyillariga rioya etishini tushuntirish, rahbar-likda adolat, insonparvarlik, xolislikka amal qilish.
tarbiya uslublari — rahbar xodimni muayyan xatti-harakatga (ishontirish va majburlash) undaydi hamda uning faoliyati va xatti- harakatini baholaydi (mukofotlash va jazolash).
ishontirish uslubi — rahbar xodimlarda o’z vazifalarini samarali bajarish, ish jarayonida hamkasblari bilan ahil bo’lish axloqiy sifatlarini shakllantiradi.
Ijroga yo’naltirish uslubi buyruqyoki iltimos shaklida bo’lishi mumkin.
Farmoyish berish rahbarning ish vositasi hisoblanadi.
Dostları ilə paylaş: |