-- urug‘lari urug‘kurtakli qubbalarda ochiq holda yetilishi; -- urug‘idan ko‘payayishi;
4. Har bir bo‘limga mansub biron tur misolida idioadaptatsiyalarni aniqlang.
Funariya yo`sini
Urug`lanishning suvda amalga oshishi.
Suv qirqqulog`i
Urug`lanishning suvda amalga oshishi.
Dala qirqbo`g`imi
Urug`lanishning suvda amalga oshishi.
Qarag`ay
Shamol yordamida changlanishi,
Madaniy tok
Changlanishi shamol, hasharotlar yordamida amalga oshishi; -- urug‘ va mevalari qushlar, sutemizuvchilar vositasida tarqalishi.
5.Laboratoriya mashg‘ulotidan xulosa.
Evolutsiya natijasida chang naychasining paydo bo‘lishi urug‘li o‘simliklarning urug‘lanish jarayoni uchun suvga bo‘lgan ehtiyojning yo‘qolishiga olib keldi.
O‘simliklarning urug‘lanish davrida suvli muhitga qaram bo‘lmasdan urug‘ning shakllanishi o‘simliklar filogenezidagi muhim aromorfoz bo‘lib, ularning o‘simliklar olamida hukmron bo‘lishiga olib kelgan.
Yopiq urug‘li o‘simliklarning changlanishi shamol, hasharotlar, qushlar yordamida amalga oshishi, urug‘ va mevalari esa shamol, suv, qushlar, sutemizuvchilar vositasida tarqalishi individlar sonining ortishi, arealning kengayishiga olib kelgan.
Yopiq urug‘li o‘simliklarning anatomik, morfologik tuzilishining mukammalligi, hayotiy jarayonlarning jadal borishi, turli hayotiy shaklga ega bo‘lganligi sababli o‘simliklar dunyosida hukmronlikka ega.