int temp_mes[]= {21,26,32,24,28,43,35,29,23,19,21,11};
float rez = 0;
for(int i = 0; i < 12; i++){
rez += tem_mes[i];
}
System.out.println (rez/12);
}
}
Ko’rib turganingizdek, kodlar anchqa qisqargan va optimallashgan. Bu misolning yechimini qadamma qadam ko’rib chiqsak.
Binchi qadam: rez = 0, i=0 bo’lganida temp_mas[0] = 21 ga teng bo’ladi natijada rez = 0 + 21, rez = 21
Ikkinchi qadam : rez = 21, i=1, temp_mas[1] = 26, rez = 21 + 26
Uchinchi qadam: rez = 47, i=2, temp_mas[2] = 32, rez = 47 + 32
……………………………………………………………………..
O’n ikkinchi qadam: rez = 301, i=11, temp_mas[11] = 11, rez = 301 + 11
Natija rez = 312 va sikl qadami tugaydi.
Massiv tuzilishi
Massivlar 2 xil turda bo‘lishi mumkin: bir o‘lchamli va ko‘p o‘lchamli.
Bir o‘lchamli massivlar bitta tipdagi o‘zgaruvchilar ro‘yxatidan iborat bo‘ladi. Bir o‘lchamli massivni e’lon qilish uchun, dastlab, massiv tipi, so‘ng massiv nomi ko‘rsatiladi(undan so‘ng qavslar).
Source code
int a[]=newint[5];//massivni e’lon qilish
a[0]=10;
a[1]=20;
a[2]=70;
a[3]=40;
a[4]=50;
bu yerda uzunligi 5 ga teng bo’lgan massiv e’lon qilinyapti va ularning indexiga mos ravishda qiymatlar o’zlashtirilyapti.