Kreativ fikirlash ijtimoiy samaradorligi



Yüklə 31,69 Kb.
tarix18.05.2023
ölçüsü31,69 Kb.
#116267
Gc2nhnNZD14KmXEe601


KREATIV FIKIRLASH IJTIMOIY SAMARADORLIGI
  • Quyidagi nazorat savollariga yozma javob bering:
  • Kreativlik potensialiga ega shaxsni tasvirlab bering.
  • Men kreativ fikrlay olaman….mavzusida esse yozing.

1.
Taʼlimning asosiy vazifasi oʻquvchida jamiyatda muvaffaqiyatli hayot kechirishi uchun bugun va kelajakda kerak boʻladigan
koʻnikmalarni shakllantirishdir. Kreativ fikrlash bugungi yoshlar ega boʻlishi kerak boʻlgan muhim koʻnikmadir (Lucas va Spencer, 2017 [15]). Bu koʻnikma ularga doimiy tarzda va shiddat bilan oʻzgarayotgan, oddiy savodxonlikdan tashqari «XXI asr»
koʻnikmalariga ega ishchilarni taqozo etayotgan dunyoga
moslashishga koʻmaklashadi. Umuman olganda, bugungi oʻquvchi
kela jakda hozir hatto mavjud boʻlmagan sohalarda ishlashi, yangi muammolarni yangi texnologiyalar orqali hal etishi kutilmoqda.
Oʻquvchida kreativ fikrlash koʻnikmasini shakllantirish ularga tobora murakkablashayotgan mahalliy va global muammolarni noodatiy yondashuv orqali hal etish imkonini beradi.
Tomas Edison “Kreativlik — g‘ayriixtiyoriy jarayon”, deydi. Lekin har kuni ko‘plab mutaxassislar muammolarga noodatiy yechim topishga zaruriyat sezadi. Ular mana shu g‘ayriixtiyoriy jarayonni ixtiyoriylashtirishi mumkinmi?
Tabiatda yangi fikrlarni yuzaga keltiruvchi “sehrli tayoqcha” yo‘q, biroq har qanday mutaxassisning kreativ o‘ylashiga ko‘maklashadigan ko‘plab usullar mavjud. Buning uchun ijodiy fikrlashga vaqt ajratish, ijodiy salohiyatni anglash lozim. Jorj Bernard Shou hazillashib shunday deydi: “Ko‘pchilik yiliga ikki-uch marta o‘ylaydi. Mening butun dunyoga mashhurligim sababi — haftada bir yoki ikki marta o‘ylaganim”. Demak, xayolga kelgan yangi fikrlarni e’tiborsiz qoldirmaslik, o‘ylash uchun imkon yaratish muhim.
Ijodkorlik chegarasini belgilang. Muammoli masalaga duch kelgan paytingizda ijodkorlik chegaralarini belgilang.
O‘zingizdan “Eng oddiy yechim nimada?” deb so‘rang.
Keyin “muammoni hal qilishning aql bovar qilmas varianti”ni tasavvur qiling. Oddiy va hayratlanarli yechim o‘rtasida sizga ijodiy maydon paydo bo‘ldi. Endi yangi g‘oya mavhum emas, uning chegaralari mavjud. Bu ijod jarayonidagi psixologik bosimni yengillashtiradi.
“Olti shlyapa” usuli. Edvard de Bono taklif etgan “Olti rangli
shlyapa usuli”da biror mavzu tanlanadi. Navbatma-navbat
shapkalar kiyiladi: oq — diqqat bilan, hech qanday
emotsiyasiz barcha faktlar tekshiriladi; qora — kamchiliklar
aniqlanadi; sariq — mavjud holat tahlil etiladi; yashil — yana
yangi bir necha g‘oyalar qo‘shiladi; qizil — emotsional
munosabat bildiriladi; ko‘k — ish xotimalanadi. Masalan, ta’lim tizimiga oid qonunchilikni takomillashtirish mavzusi ko‘rilayotgan bo‘lsa, mavjud qonunchilik o‘rganiladi,
kamchilik va bo‘shliqlar aniqlanadi. Qonuniy me’yorlarning
real holat bilan mosligi yoki qarama-qarshiligi o‘rganiladi.
Ta’lim sifatini oshirishga xizmat qiluvchi takliflar beriladi, ular amalga oshsa, qanday samara berishi izohlanadi. Taklif loyiha shaklida rasmiylashtiriladi.
PISA butun dunyodagi 15 yoshli oʻquvchilar uchun tegishli kreativ fikrlash tavsifidan foydalanadi. 13. Kreativ fikrlashning ushbu tavsifi Kreativ fikrlash strategik konsultativ guruhi tomonidan taklif etilgan taʼrifga mosdir (IHRT, 2017 [3]).2 Ushbu tavsif oʻquvchilarning turfa kontekst va taʼlim darajasida gʻoya berish amaliyotida samarali qatnashishni oʻrganishlari kerakligiga, gʻoyaning oʻziga xosligi va mu nosibligini baholagan holda uning ustida mulohaza yuritishga va
toki maromiga yetkazmaguncha gʻoyani takomillashtirishga urgʻu beradi. Bu tavsif ishlab chiqilayotganda, shuningdek, turli sohadagi mutaxassislar maslahati va kreativlik borasidagi keng adabiyot tahlilining natijalari ham inobatga olingan. Kreativ fikrlash endigina shakllanayotgan talqin bo‘lib turgan bir paytda ancha keng, ammo ich-ichidan bog‘liq kreativlik tuzilmasi kuchli tadqiqotchilik
an’anasiga ega bo‘ladi. Plucker, Beghetto va Dow (2004 [5]) ushbu konsepsiyaning koʻp qirraligi va ijtimoiy mohiyatini hisobga olgan holda taklif etgan taʼrifiga koʻra, kreativlik – layoqat, jarayon va strategik konsultativ guruh ijodiy fikrlashni «...yangi gʻoyalarni ishlab chiqish jarayoni. U muayyan bilim, koʻnikma va yondashuvni talab etadi. Uning ichiga mavzular, nazariya, sohalar va uslublararo bogʻlanishlarni qurish kiradi», deb ta’riflagan. muhit oʻrtasidagi oʻzaro munosabat boʻlib, u orqali shaxs yoki guruh ushbu ijtimoiy
kontekst uchun ham yangi, ham foydali boʻlgan salmoqli mahsulotni yaratishidir.
Ijodiy maqsadlarni roʻyobga chiqarish kreativ fikrlashni taqozo etadi, lekin shu bilan birga aqliy salohiyat, soha borasidagi bilim va sanʼatkorlik talanti kabi kengroq va maxsus koʻnikma va qobiliyatlar ham zarur boʻladi. Masalan, sanʼat durdonalari yoki texnologik kashfiyotlarni yaratish bilan bogʻliq buyuk ijodkorlikda kreativ fikrlashdan tashqari salmoqli talant, chuqur bilim, muayyan sohada tinimsiz mehnat hamda jamiyat tomonidan ushbu mahsulot qiymatga ega ekanligi haqidagi eʼtirof ham talab etiladi. Va aksincha, kichik yoxud kundalik kreativlik (masa lan, fotojurnalda rasmlarni mahorat bilan joylashtirish; oziq-ovqat qoldiqlaridan yangi taomni hosil qilish yoki ishxonadagi murakkab muammoga ijodiy yechim topish kabi (Kaufman va Beghetto, 2009 [26])) ijodiy fikrlashga qodir deyarli barcha insonlarga zarurdir.
Umuman olganda, tadqiqotchilar kundalik ijodkorlik amaliyot va
taʼlim orqali takomillashtirilishi mumkin degan xulosada yakdildir.
Demak, tugʻma talantning ahamiyatini kamaytirish hamda
takomillashtirish mumkin boʻlgan shaxsning kreativ fikrlash qobiliyatiga koʻproq urgʻu berish maqsadida PISA tadqiqoti kreativ fikrlash yo‘nalishining baholashi mana shu kichik kreativlik bilan bogʻliq vazifalarga asosiy eʼtiborni qaratadi. Kreativ fikrlashning bu turi nafaqat insho yozish yoki rasm chizish kabi asosan ichki dunyoni aks ettirish talab qilinadigan taʼlim kontekstiga, balki gʻoya
berish masalalarini tahlil etish, jamiyatdagi muammolarni hal etishga aloqador boʻlgan kengroq sohalarga ham taalluqlidir.
Yüklə 31,69 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin