Kreativ fikrlash


Fikrlash dizayni (“Design thinking”)



Yüklə 1,61 Mb.
səhifə58/82
tarix15.10.2023
ölçüsü1,61 Mb.
#155850
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   82
Kreativ fikrlash

Fikrlash dizayni (“Design thinking”)
12.1. Fikrlash dizayni va uning mohiyati
12.2. Fikrlash dizayni bosqichlari


Mavzuni o’zlashtirish jarayonida talaba:

  • fikrlash dizayni va uning mohiyati, fikrlash dizayni bosqichlari haqida tasavvur va bilimga;

  • fikrlash dizaynini qo’llash va undan samarali foydalanish ko’nikmalariga;

  • hayot va faoliyatda muammoni hal qilish yoki maqsadga erishish uchun fikrlash dizaynidan foydalanish malakasiga ega bo’ladi.



12.1. Fikrlash dizayni va uning mohiyati
Mamlakatimizda “dizayn” termini ishlatilayotganiga juda ko’p vaqt bo’lgani yo’q. Inglizchadan tarjima qilganda “dizayn” rasm chizishni bildiradi. Bunga qadar narsalarni loyihalashtirish “badiiy konstruksiyalash”, narsalarni yaratish nazariyasi esa “texnik estetika” deb atalib kelinardi. “Dizayn” so’zi yasama tushunchalar: “dizayner” - rassom konstruktor, “dizayn – forma” - buyumning tashqi ko’rinishi tushunchalarini vujudga keltirdi va hokazo.
Sanoat ishlab chiqarishi sharoitida ishlab chiqaruvchilar tovar va mahsulotlar tashqi ko’rinishining jozibadorligi, xilma-xilligi shuningdek mahsulot ishlatilishidagi sifati va qulayligi kabi jihatlariga alohida e’tibor qarata boshladilar. Natijada nafaqat iste’molchi talablariga javob beradigan jozibador tashqi ko’rinishga ega mahsulot formasini yarata oladigan balki konstruktorlash masalalari va mashina ishlab chiqarish texnologiyasini yaxshi tushunadigan maxsus mutaxassisga ehtiyoj vujudga keldi. Amaliyot shuni ko’rsatadiki, faqatgina injenerlik-texnikaviy va badiiy masalalar kompleks hal etilsagina raqobatbardosh mahsulot yaratish mumkin. Dunyoning yirik kompaniyalari Healthcare, Procter & Gamble i Philips Electronics, IBM, General Electric, Toyota, Samsung, LG kabilar allaqachon boshqaruv jarayonini tashkil etish va mahsulot ishlab chiqarishda fikrlash dizaynidan samarali foydalanib kelmoqdalar.
Fikrlash dizayni - foydalanuvchiga yo’naltirilgan mahsulot, servis va xizmatlar ishlab chiqishdir. Fikrlash dizayni - doimo birinchi o’ringa foydalanuvchi so’rovlarini qo’yadi va faqat shundan keyingina texnik amalga oshirish imkoniyatlari va iqtisodiy imkoniyatlarga e’tibor qaratiladi.




Yüklə 1,61 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   82




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin