4. G‘OYANI TANLASH To real voqelikka duch kelmaguncha barcha g‘oyalar ajoyib bo‘lib ko‘rinaveradi.
Rivoj topadigan g‘oyalarni aniqlash uchun ularni “elak”dan o‘tkazish zarur.
G‘oyalarni qanday tanlash kerak ?
tanlov mezonini ifodalash (eng taassurotli, eng kutilmagan, oqilona). Agar mezonlar soni bir nechta bo‘lsa, har bir mezon o‘z vazniga ega bo‘lishi lozim. Mezonlar g‘oyalar ishlab chiqish jarayonida to‘plangan innovasion salohiyatni yo‘qotmaslikka imkon beradi.
ovoz berish (ovoz berish xavfi shundan iborat bo‘lishi mumkinki, agar 6 kishi – “rozi” va 4 kishi – “qarshi” bo‘lsa, shartga rioya qilingan bo‘ladi, lekin jamoaning qariyb yarmi ishtiyoqi juda sust bo‘ladi).
prototip yaratish. Prototiplar g‘oyalarning ish qobiliyatini baholashga imkon beradi.
5. PROTOTIPLASH Oddiy prototip ko‘p narsa haqida gapirib beradi. Prototiplash – to‘g‘ri yechim topish uchun yordam beradigan maketlar yaratish. Ilk bosqichda prototiplar maksimal darajada oddiy bo‘lishi lozim. Test o‘tkazilishi va g‘oya tasdiqlanishi bilan prototiplar murakkablashadi va qimmatlashadi.
Prototiplar quyidagi vaziyatlar uchun zarur hisoblanadi:
g‘oyalar ishlab chiqish va muammolarni hal qilish uchun. O‘ylash uchun quring.
muloqot qilish uchun. Bitta rasm mingta so‘zga, bitta prototip – mingta rasmga teng bo‘lishi mumkin.
suhbat boshlash uchun. Foydalanuvchi bilan o‘zaro aloqa biror narsa atrofida tashkil qilinadigan bo‘lsa, foydaliroq bo‘ladi. Prototip – sermahsul va unumli suhbat o‘tkazish imkoniyatidir.
muvaffaqiyatsizlikka tez va kam xarajat bilan duch kelish uchun. Xarajatlar qancha kam bo‘lsa, afsuslanish ham shuncha kam bo‘ladi.
imkoniyatlarni sinab ko‘rish uchun. Oddiylik bitta yo‘nalishni tanlab o‘tirmasdan, birdaniga bir nechta g‘oyani sinab ko‘rishga imkon beradi.
yechim ishlab chiqish jarayonini boshqarish uchun. O‘zgaradigan shartlarni aniqlash katta muammoni ko‘p sonli kichik va sinab ko‘rish oson bo‘lgan muammolarga ajratadi.
Prototip yaratish va test o‘tkazish – birgalikda ko‘rib chiqish lozim bo‘lgan ikkita bosqich.
Nimani va qanday test qilish – prototip yaratish oldidan javob berish lozim bo‘lgan ikkita savol. Bu prototip yaratish va test o‘tkazishni aniq bosqichlarga ajratishga yordam beradi.