Kreativlik- bu shaxsning yangi g’oyalarni yaratishi, tafakkurning an’anaviy sxemasidan chetga chiqib, o’ziga xos, original qarorlar qabul qilishga qodirligi. Mazkur atamaga ilk Bora 1922-yilda D.Simpson tafakkurning nostandart usuli, deb ta’rif bergan. Kreativlikni o’rganish bo’yicha Rossiyada A.M.Matyushkin, A.V.Petrovskiy, M.G.Yaroshevskiy, V.N.Drujinin kabi olimlar ish olib borganlar.
Psixologiyada intellekt va kreativlikni aloqasini tushuntiruvchi 3 ta nazariya mavjud. D. Veksler, G.Ayznek, L.Termen, R. Stenberg va boshqalar intellekt va kreativlikni oliy darajadagi insoniy qobiliyatlarning birligi deb bilishadi.