shunchaki aytadi-qo’yadi, yaxshi o'qituvchi esa uni tоpishga
o’rgatadi».
5-xato: Rivojlanishdan to'xtab qolish
Ko'pchilik ustozlarimiz yo'l qo'yadigan eng katta xatolaradan biri bu
o'zini rivojlantirmaslik. Eski dars muhiti allaqchon o'z samarasini
yo'qotib bo'lgan. Shunday ekan hech qachon rivojlanishdan to'xtab
qolmang! Darsingizga kreativlik
bilan yondoshing va samaraga
erishing!
Aktiv dars muhitini hosil qilishning 5 ta usuli
1. Darslaringizga "sir" qo'shing
O'quvchilar ularni darsda nima kutayotganini bilishmasa, o'rganish
judayam qiziqarli bo'ladi. Darslaringizni jumboqli va
sirli savollar
bilan boshlashga harakat qiling. Yoki yangi mavzuni boshlashdan
avval bo'lganingizda, o'quvchilarga darslikda bo'lmagan butkul
yangi ma'lumotni bering.
2. O'quvchi hayoti bilan bog'lang
O'quvchilaringiz o'rganayotgan narsalarga
real aloqani yaratishga
harakat qiling. Bu ularga mavzuni nega o'rganishi kerakligini
yaxshiroq tushunishga yordam beradi. Misol uchun, "Siz pul haqida
o'rganyapsiz, chunki hayotda siz qanday qilib oziq-ovqat sotib olib,
to'lovingizni to'lashni bilishingiz kerak". Bunday aniqlik mavzuni
muhimlilik darajasini oshiradi va o'quvchi
yanada diqqatliroq
bo'ladi.
Dostları ilə paylaş: