Zamonaviy va Kreativ pedagog bo'lishning 3 siri
1.Moslashuvchan bo'ling
Sinf - bu turli-tuman xarakterga ega o'quvchilardan tashkil topgan
dinamik muhitdir. Hech biri bir-biriga o'xshamagan,
turlicha
bilimga, o'zlashtirishga va xulq-atvorga ega hisoblanadi.
Shuning
uchun haqiqiy pedagog bo'lmoqchi bo'lsangiz
Siz sinfga
moslashing, ularni o'zingizga, xarakteringizga
moslashtirishga
harakat qilmang. Har bir o'quvchini e'tibordan chetda qoldirmang,
darsni tushuntirayotganingizda ko'z kontaktini barcha o'quvchiga
birdek
qarating, baholash jarayonida xolis bo'ling
va raqobat
muhitini yarating.
2.Aslo qila ko'rmang!
Endi esa dars jarayonida aslo qilish mumkin bo'lmagan holatlarga
to'xtalamiz: "Maqtanish emasku,
men sizlardek paytim unday
qilardim", "Bir kuni u yerga borganimda bunday bo'ldi, keyin men u
ishni qildim, sizlar ham shunday bo'lishingiz kerak" va hokazo.
Yuqoridagi kabi o'zingizni qo'shib hikoya aytmang.
Bu sinfda
noqulay muhitni shakllantiradi. O'quvchilarda
sizga nisbatan
hurmatsizlikni keltirib chiqaradi.
Dostları ilə paylaş: