Kreativ-pedagog pdf


Faktlarni hayotga moslang



Yüklə 2,06 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/15
tarix22.09.2023
ölçüsü2,06 Mb.
#147093
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
kreativ-pedagog www.sadikov.uz

3.Faktlarni hayotga moslang.
Keling endi sizga hayotiy bir faktni keltiraman - "maktab
darsliklarining 80% qismi hayotda umuman kerak bo'lmaydi". Siz
bu faktga qo'shilasizmi? Xo'sh, nima qilish kerak? Siz dars
jarayonida mavzuni Real hayotga moslashtiring. Fizika, kimyo
qoidalarining hayotda qanday ishlashi, bizga qanday foydali
jihatlari borligiga to'xtaling, Ona tili darsida jamiyatdagi yozuv
masalasi, turli shevalar va o'zbek tilining ahamiyatiga to'xtaling,
tarix darsida tarixiy kino qo'yib bering, zoologiya darsi uchun sinf
jonli burchagi shakllantirib o'quvchilarda jonivor va o'simliklarga
nisbatan muhabbatni shakllantiring va hokazo.


O‘quvchilaringizni sekin o'rganuvchi bo'lishiga sabablar
Agarda siz faol o'qituvchi bo'lmasangiz, u holda siz yangi bilimlarni
o'zlashtirishga juda ko'p vaqt sarflayabsiz. Bu esa samaradorlik
koeffitsientini tushurib yuboradi. Keling, nima uchun sekin
o'rganuvchi bo'lishning 4 ta sababini ko'rib chiqamiz. 
1.Fokus yetishmasligi o'rganishni sekinlashtiradi
.
Diqqatni bir yerga jamlash - o'zlashtirish uchun kalit hisoblanadi.
Agar siz o'rganmoqchi bo’lgan narsangizga to'liq e'tibor
bermasangiz, bu o'rganishni qiyinlashtiradi va sekinlashtiradi. 
2.Munosabatlarimiz o'sishimizga ta'sir o'tkazadi
.
Bir paytlar Genri Ford aytganidek, "Bajara olaman deb o'ylaysanmi
yoki bajara olmayman deb o'ylaysanmi, sen ikkisida ham haqsan"
Ushbu gapdan ko'rinib turibdiki, barcha chegaralarni o'zimiz
yaratamiz. Aslida chegaralar mavjud emas. Shuning uchun, yangi
metod yoki ko'nikmani o'rganish menga emas degan gap, aslida
yolg'on.
3.Hammasi ham "silliq" kechmaydi
.
Biz har doim yangi ko'nikmalarni egallashni yoki yangi dars o'tish
metodini o'rganishni istasak, biz o'quv jarayoni muammosiz
o'tishini taxmin qilamiz. Ammo haqiqat shundan iboratki, o'rganish
ba'zan qiyinchiliklardan ham iborat bo'ladi. Shuing uchun har bir
holatga moslashuvchan bo'ling.

Yüklə 2,06 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin