Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences VOLUME 1 | ISSUE 10 ISSN 2181-1784 Scientific Journal Impact Factor SJIF 2021: 5.423 1100
w .oriens.uz www November 2021 qatnashishni o‘rganadilar. Buning uchun darslar juftlik va guruh usullari asosida
tashkil etiladi, ilmiy-tadqiqot loyihalari, rolli o‘yinlar qo‘llaniladi.[1]
Kreativlikni rivojlantirishning nazariy va amaliy asoslarini tahlil qilish natijalari
bo‘lajak o‘qituvchining pedagogik amaliyot davridagi kreativligini rivojlantirishning
tarkibiy-funksional modeli tamoyillarini ajratib ko‘rsatish imkonini beradi. Bu
tamoyillar quyidagilardan iborat
1. Muammoli tamoyili.
Muammoli tamoyilidan foydalanish pedagogik faoliyat uchun yangilik emas.
Kreativlikning mohiyati muammoli xarakterga ega bo‘lib, u muammoning nostandart
yechimini topishdan iborat. Pedagogik amaliyotda bo‘lajak o‘qituvchilarning
kreativligini muammolilik tamoyiliga muvofiq rivojlantirish ijodiy muammoli
vazifalarda namoyon bo‘ladi, masalan, "Gipotezani ilgari suring va uni sinab ko‘rish
rejasini tuzing ...", "Dastlabki natijani baholash . ..", "O‘quv materialini boshqacha
taqdim eting ..." va hokazo. [2]
2. Ijodiy yo‘nalish tamoyili.
Bu tamoyil nafaqat reproduktiv, balki ijodiy faoliyat ko‘nikmalarini
rivojlantirishni ham o‘z ichiga oladi. Kreativlikni rivojlantirish faqat maqsadli
xarakterga ega bo‘lmasligi kerak, ya’niki erishilayotgan natija amaliyot so’ngida
natijaga erishish degan fikrdan yiroq bo’lishi lozim. Bu holatda talaba topshiriqlarni
tez va hech qanday hissiyotlarsiz bajarishlari kerak.Chunki bu holat mashg‘ulot
sifatiga, diagnostika natijalariga, umuman, barcha tajriba-sinov ishlariga salbiy ta’sir
ko‘rsatadi.Agar kreativlikning rivojlanishi bosqichli xususiyatga ega bo‘lib, har bir
vazifa yoki faoliyat turi sinovning keyingi bosqichi sifatida qaralmasdan, balki o‘z-
o‘zini sinab ko‘rish, o‘zini o‘zi anglash va qiziqarli faoliyat uchun imkoniyat sifatida
yo’naltirilgan bo‘lsa, u holda bajarilayotgan ish yuqori sifatlii va o‘rganilayotgan
konsepsiya ko‘rsatkichlari o’sish darajasida bo’ladi.
4. Butunlilik va izchillik tamoyili.
Bu tamoyil ijodkorlikni rivojlantirish dasturi tuzilmasi yaxlitlilik, izchillik,
to‘liqlilikni talab qiladi. Faqat shu holatda qo‘yilgan maqsadga erishish uchun vosita
va usullarni tanlashning maqsadga muvofiqligi haqida gapirish mumkin. Kreativlikni
bo‘lajak o‘qituvchining yaxlit qiyofasiga hamroh bo‘ladigan sifatlar tizimining
tarkibiy qismi sifatida qarash lozim.
5. Individuallashtirish tamoyili.
Ushbu tamoyilning asosiy jihati har bir talabaning individual tarbiyaviy ish
uslubini, uning shaxsiy rivojlanishining o‘ziga xos trayektoriyasini va ruhiy
jarayonlarning ishlash xususiyatlarini hisobga olishdan iborat. Shunda dasturning har