Kreativ pedagogning fikrlashi an’anaviy pedagog fikrlashidan farqli tomonini tahlil qilish. Jamiyatimizda iqtisodiy-ijtimoiy, siyosiy, madaniy sohalarda bo‘layotgan o‘zgarishlar kelajakda mamlakatimizning intellektual imkoniyatlarini belgilab beruvchi va uni rivojlantirishning asosiy sharti hisoblangan ta’lim tizimiga ham boo‘liq ekanligini hisobga olish kerak.
Shu bilan birga intellektual salohiyatning o‘sishi, sifat darajasida rivojlantirish nafaqat ta’lim samaradorligining oshishiga, shu sohadagi tizim takomillashuviga o‘z ta’sirini o‘tkazibgina qolmay, balki mazkur ijtimoiy tizimning barcha sohalarini o‘sishiga ham sezilarli darajada ta’sir etadi. Shuning uchun ham bugungi kunda ta’limdagi strategik yo‘nalishlardan biri ta’lim muassasalarining innovatsion faoliyati asosiy omil sifatida belgilab berilayapti.
Ta’lim tizimini isloh qilishning zarurligini tushunib yetish, amaliyotda ta’lim muassasalarini innovatsion jarayonlarga qo‘shilishini taqozo etmoqda, o‘zini yaratish imkoni mavjud innovatsion maydonda ko‘rish va eng muhimi aniq yangiliklarni o‘zlashtirishdan iborat. Bu holat bugungi kunda o‘ta dolzarbligi bilan muhimdir, chunki, ushbu jarayon (innovatsion jarayon) ta’lim muassasalarini yashash sharti (bevosita va ko‘chma ma’noda ham), kelajak avlodlar va pedagoglar jamoasining aloqalarini ijtimoiy himoyalash sharti bo‘lib ham xizmat qiladi. Hayot ta’lim muassasalari oldiga yangi, mumkin bo‘lmagandek tuyulgan vazifalarni, ya’ni eskichasiga ishlab turib, aniq yangiliklarni ishlab chiqish va ularni amaliyotga joriy etishni oldimizga qo‘ymoqda.
Barcha yangiliklarga o‘ta ehtiyotkorlik bilan yondashadigan, o‘tmish boyliklarga, tajribalarga e’tiqod ruhida tarbiyalangan, stabillikni yoqtiradigan keksa avlodni, shuningdek hech qanday o‘zgarishlarni xohlamaydigan pedagoglarni ham tushunish mumkin. Bunday holatda “innovatsion jarayonlar orqasidan quvish” bugungi kun hayotimizning ajralmas qismi ekanligini ham tushunish zarur. Xohlaymizmi yoki yo‘q bizning ta’lim muassasalari devorining orqasida bozor va bozor munosabatlari jarayoni ketayapti. Bu jarayon to‘o‘ridan-to‘o‘ri bizga tegishlidir, chunki ta’lim muassasalari o‘rtasidagi raqobat tushunchasi ularni raqobat qobiliyati, ta’lim sifati, ijtimoiy buyurtmalar bularning hammasi turmushimizga kirib kelayapti.
Bu jarayon biz yashayotgan muhit, hayot tarzi ekanligini har doim xis etib turishimiz kerak. Bu jarayonga qarshi turish befoyda va havflidir. Biz tanlash imkoniyatiga ega emasmiz va ushbu tezkor jarayon (quvish jarayoni) da ishtirok etishga majburmiz. Mazkur jarayonda eng muhimi aql bilan, foydali tarzda, o‘z tashkilotimiz uchun ishtirok etishdan iborat. Ko‘pchilik 7 mutaxassislar fikricha, o‘zgarishlarga qobiliyat, bugungi kunda rivojlanishning hal qiluvchi omili, u yoki bu ta’lim muassasalarining raqobat qobiliyatini ta’minlovchi asosiy omil deb hisoblaydilar.
Bugungi kunda maktab va oliy ta’lim tizimidagi an’anaviy va ommaviy ko‘rinishdagi ta’lim va tarbiya jarayonlari o‘rniga ta’lim muassasalari rivojlanishida o‘ziga xos yangilik bo‘lib innovatsion jarayonlar kirib kelmoqda. Innovatsiya (in-“lik”, novus-“yangi”) yangilik kiritish, yangilik degan ma’noni anglatadi. “Innovatsion ta’lim” deganda odatda o‘quv jarayoniga yangi (foydali) elementlar olib kirish tushuniladi. Shuning uchun ta’lim tizimida innovatsiya o‘zgartirish bilan bevosita boo‘liq. Bunday o‘zgartirishlar ta’lim tizimining: - maqsadiga, mazmuniga, metod, texnologiyasiga, tashkil etish shakli va boshqaruv tizimiga; - pedagogik faoliyatdagi o‘ziga xoslik va o‘quv-bilish jarayonini tashkil etishga; - ta’lim darajalarini nazorat qilish va baholash tizimiga; - o‘quv-metodik ta’minotiga; - tarbiyaviy ishlar tizimiga; - o‘quv reja va o‘quv dasturlariga; - o‘quvchi va o‘qituvchi faoliyatiga boo‘liq. Yangilik tarixiy aspektda nisbiylik ahamiyat kasb etadi. Yangilik aniq tarixiy xarakterga ega, ya’ni o‘z vaqtidan oldin paydo bo‘lishi mumkin, o‘z vaqtida me’yor bo‘lishi yoki eskirishi ham mumkin. Maktab yoki oliy tizimning rivojlanish jarayonida, ehtimol ta’lim tizimi butunicha: - absolyut yangiligi (o‘xshashi, prototipning yo‘qligi); - nisbatan yangiligi; - o‘ziga xos, ixtirochiligi ko‘rinishidagilar hisobga olinadi.