Kredit resurslari maqsadligini tahlili


Kredit munosabatlari rivojlanishining asosiy bosqichlari



Yüklə 184 Kb.
səhifə2/5
tarix02.03.2023
ölçüsü184 Kb.
#86153
1   2   3   4   5
Kredit resurslari maqsadligini tahlili

2. Kredit munosabatlari rivojlanishining asosiy bosqichlari.
Kredit resurslari va kredit uyushmalari


O`zining tarixiy rivojlanishida kredit quyidagi bosqichlarni bosib o`tgan:
Boshlang`ich shakllanish. Bu bosqichning asosiy belgisi ssuda kapitali bozorida maxsus vositachilarning yo`qligi. Kredit munosabatlari, bo`sh pul mablag`larining egasi va qarz oluvchi o`rtasida bevosita amalga oshirilgan. Bu yerda kredit sudxo`rlik kapitali sifatida namoyon bo`ladi. Uning harakterli xususiyati bo`lib:

  • Qarz beruvchi va qarz oluvchi o`rtasida to`g`ridan to`g`ri kelishuvga asoslangan qarz munosabatlarining to`liq markazlashmaganligi.

  • Mablag`larni taqsimlashning cheklanganligi.

  • Qarz mablag`laridan foydalanganligi uchun juda yuqori foiz normalarining belgilanganligi va boshqalar.

Bu bosqichning tugallanishiga ishlab chiqarishning tobora rivojlanib borishi tufayli qarz resurslariga bo`lgan ehtiyojni keskin oshganligi va alohida olingan sudxo`rlar kapitalini bu talablarni qondirishga yetarli bo`lmaganligi.
Tarkibiy jihatdan rivojlanish. Bu bosqich ssuda kapitali bozorida kredit-moliya tashkilotlari kabi maxsus vositachilarning paydo bo`lishi bilan harakterlanadi.
Kapital sudxo`rlik va sarroflik idoralari zaminida vujudga kelgan dastlabki banklar keyinchalik kredit institutlariga an`anaviy bo`lib qolgan quyidagi funksiyalarni o`z zimmasiga oldi:

  • bo`sh moliyaviy mablag`larni o`z vaqtida foiz bilan to`lash majburiyati asosida qarz oluvchiga berish.

  • yuridik va jismoniy shaxslar uchun har xil to`lov va hisob-kitoblar bo`yicha xizmat ko`rsatish (keyinchalik davlat uchun ham).

  • qator maxsus moliyaviy operatsiyalarni o`tkazish (veksel va boshqalar).

Bu bosqichning asosiy belgisi – iqtisodiyotda kredit munosabatlarini davlat tomonidan markazlashgan holda boshqarilishidir.
Davlat mikiyosida kredit munosabatlarining markazlashuvi har bir davlatning Markaziy banki yordamida amalga oshiriladi. Dastlabki milliy davlat kredit institutlarining paydo bo`lishi naqd pulsiz hisob-kitoblarni olib borish uchun qo`l keldi, hamda tijorat banklarining operatsiyalari va xizmat ko`rsatish ko`lamining kengayishiga olib keldi.
Kredit munosabatlarining takomillashuvi. Bozor iqtisodiyoti sharoitida kredit munosabatlari yangi sifat darajaga ko`tarilib bu iqtisodiyotda informatsion texnologiyaning rivojlanishi, global bank tarmoqlarining kompyuter texnologiyalari va ma`lumotlar bazalarining shakllanishining, mijozga xizmat ko`rsatishining yaxshilanishi va kredit munosabatlarini xalqaro bozorga ham tarkalishi va boshqa sifat o`zgarishlar bilan bog`liq.
Kreditlashning asosiy manbalari (resurslari) bo`lib, quyidagi vaqtinchalik bo`sh pul mablag`lari hisoblanadi:

  1. Tovarlarni sotish va kerakli moddiy qiymatlarni sotib olish vaqtlarining bir-biriga mos kelmasligi tufayli yuzaga keladigan bo`sh pul mablag`lari.

  2. Hisoblangan ish xaki bilan uni to`lash vaqtlari orasidagi vaqtincha bo`sh pul mablag`lari.

  3. Kengaytirilgan takror ishlab chiqarish jarayonida yig`iladigan va kapitallashtirish uchun mo`ljallangan mablag`lar.

  4. Shaxsiy sektor daromadlari, jamg`armalari.

Korxonalar faoliyati natijasida yuzaga keluvchi taksimlanmagan foyda yoki undan foydalanish jarayonida paydo bo`luvchi bo`sh pul mablag`lari (to`lanmagan dividend va boshqalar) va boshqa bo`sh pul mablag`lari.
Kreditlashning ko`lami va rivojalanishi kredit resurslarining xajmiga bog`liq.
Mikromoliya institutlaridan biri bo`lib kredit uyushmalari hisoblanadi.
Kredit uyushmalari o`zaro yordamning tashkiliy-xuqiqiy shakli sifatida dastlab Germaniyada XIX asrning ikkinchi yarmida qishloq xo`jalik va kredit kooperativlari shaklida tashkil topgan.
XX asr boshida Yevropa kredit kooperativlari AQSH, Kanadada taraqqiy etib, Janubiy Amerika davlatlarida taraqqiy eta boshladi.
O`zbekistonda bunga birinchi qadamlardan biri bo`lib 2002 yil 4 aprelda «Kredit uyushmalari to`g`risida»gi qonunning qabul qilinishi hisoblanadi.
Qonun 30 moddadan iborat bo`lib uning 3-moddasiga ko`ra – «Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan kreditlar berish maqsadida ixtiyoriy teng xuquqli a`zolik asosida to`ziladigan kredit tashkiloti kredit uyushmasi deb e`tirof etiladi».
Kredit uyushmalarini davlat ruyxatidan o`tkazish ularga litsenziya berish O`zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan amalga oshiriladi.
Qonunning 7-moddasiga binoan kredit uyushmasi a`zolarining soni 50 tadan kam bo`lishi mumkin emas. Kredit uyushmasining ustavi uning ta`sis xujjatidir. Kredit uyushmasi a`zolari pay badallarining umumiy so`mmasi ustav jamg`armasi hisoblanadi. Ustav jamg`armasi faqat pul mablag`laridan shakllantiriladi va uning eng kam miqdori O`zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan belgilanadi.
Kredit uyushmasining yuqori boshqaruv organi bo`lib uyushma a`zolarining umumiy yig`ilishi hisoblanadi.
Kredit uyushmasi uning a`zolari umumiy yig`ilishi qaroriga ko`ra, ixtiyoriy ravishda, litsenziya bekor qilinganda va uyushma bankrot deb e`lon qilinganda (28-modda) tugatiladi.
Kredit uyushmalarining tijorat banklaridan asosiy farki katta foyda olish emas, balki o`z a`zolarining biznesini rivojlantirishga past foizda kredit-moliya yordami ko`rsatish. Uning kreditlaridan foydalanishni rasmiylashtirish oddiy tushunarli hisoblanadi.
O`zbekistonda 2007 yilning 1 iyuliga 45 ta kredit uyushmalari mavjud bo`lib, shundan Toshkent shahrida 10 ta, 6 tadan Andijon va farg`ona viloyatlarida, Buxoro viloyatida 4 ta, Namangan va Samarqandda 3 tadan, Jizzax va Toshkent viloyatlarida 2 tadan va qolgani Qashqadaryo, Surxondaryo va sirdaryo viloyatlariga tegishli. Ular jumlasiga Xazina va SHerdor (Samarqand), Ishonch (Jizzax), Lastochka (Navoiy), Marvel va Tayanch (Namangan), Buxoro tadbirkori va Umid (Buxoro), Madadkor (Andijon), Baraka va Taraqqiyot (Toshkent viloyati) va boshqalarni kiritish mumkin.
Samarqandning «SHerdor» kredit uyushmasi O`zbekistondagi birinchi kredit uyushmasi hisoblanadi. Ushbu kredit uyushmasi 2002 yilda to`zilgan bo`lib uni 4300 a`zosi mavjud.
Kredit uyushmalarining asosiy maqsadi odamlar o`z faoliyatini rivojlantirib o`z farovonligini oshirishni o`zlashtirsin. Bu borada xalkda «Agar och qolganga baliq sovg`a kilsang yaxshi ish qilgan bo`lasan, agar sen uni baliq tutishga o`rgatsang ikki barobar ko`p ish qilgan bo`lasan» degan ibora mavjud.
Shu jihatdan kredit uyushmalari kichik tadbirkorlikni taraqqiy ettirishda muhim ahamiyatga ega.
Shuning uchun ham kredit uyushmalari butun dunyo bo`ylab rivojlanishga ega. Bunda kredit uyushmalarining jahon tashkiloti (Wossi) ni mavjudligi ham ahamiyatli. Bu tashkilot 30 yillarda tuzilgan bo`lib unga 96 mamlakatdagi 32 ming dan (112 mln. a`zosi bilan) ortiq kredit uyushmalari kiradi. Uni kredit uyushmalarinin rivojlantirish bo`yicha bir loyihasi O`zbekistonda ham amalga oshirilmoqda.
2003 yilni sentabrida Beshkek shahrida ushbu xalqaro kredit uyushmasi boshchiligida «Markaziy Osiyoda barqaror kredit uyushmalarini to`zish to`g`risida» birinchi xalqaro konferensiya o`tkazildi.
Har yilni 20 oktabrida xalqaro kredit uyushmalari kuni utkaziladi. Bu kun 1948 yildan beri nishonlanadi.
O`zbekistonda 2007 yilni 1 iyuliga kredit uyushmalarining jismoniy va yuridik shaxslardan a`zolar soni 56 000 tani tashkil etadi. Kredit uyushmalariga a`zo bo`lishning ustunligi shundaki, ular ham kredit oluvchilar, ham shu ushmaning hissadorlari hisoblanadi.
O`zbekiston kredit uyushmalarining aktivlari 32,5 mlrd. so`mni, kredit quyilmalari 27,7 mlrd. so`mni, depozit va pay badallari 7,2 mlrd. so`mni tashkil etadi. Kredit uyushmalari tomonidan berilgan kreditlarning salmog`i banklar tomonidan berilgan kreditlarning 6 foizini, mikrokreditlarning 5,6 foizini tashkil etadi.
2005 yilning iyunida O`zbekistonda kredit uyushmalari assotsiatsiyasi to`zildi. 2006 yilda kredit uyushmalari tomonidan berilgan mikrokreditlarning o`rtacha miqdori 1213 dollarni tashkil etadi.
Respublikamizda kredit uyushmalari to`g`risidagi qonunga Oliy Majlis tomonidan 2006 yilning 24 yanvarida ayrim o`zgartirishlar kiritildi.


Kredit munosabatlari ma`lum tamoyillarga asoslanadi. Iqtisodiy kategoriya sifatida kredit quyidagi tamoyillarga ega:
Kreditning qaytarilishi. Bu tamoyil kreditning umumiy belgisi hisoblanadi, lekin u o`z-o`zidan vujudga kelmaydi. U moddiy jarayonlarga, qiymat aylanishining tugashiga asoslanadi. Ammo doiraviy aylanishning tugashi – bu qaytarib berish emas, qaytarib berish uchun zamin tayyorlash hisoblanadi. qaytarib berishlik obyektiv belgi hisoblanadi va bu tamoyil boshqa iqtisodiy kategoriyalardan, shu jumladan moliyadan farq qiladi.

  1. Kreditning bu tamoyili amaliyotda kredit va undan foydalanganlik uchun foiz summasini kredit bergan muassasa hisobiga ko`chirish yo`li bilan to`lanadi. Shu yo`l bilan banklar kredit resurslarini qayta tiklanishini ta`minlaydi. Sobiq иттифоқ даврида «qaytarilmaydigan ssuda» tushunchasi mavjud bo`lib, u qishloq xo`jaligida ham keng tarqalgan edi. Bu banklarni korxonalar moliyaviy axvolini hisobga olmagan xolda berilib, aslida u budjet subsidiyasining qo`shimcha shakli sifatida namoyon bo`ladi.

  2. Kreditning muddatliligi. Bu kreditning ma`lum muddatga berilishini anglatib, u qisqa va uzoq mudatli kreditga bo`linadi. Bu muddat qarzdor uchun xoxlagan muddatda emas, balki u shartnomada belgilangan muddat hisoblanadi. Kreditni o`z vaqtida qaytarilishi ikkala tomon uchun ham muhim hisoblanadi. Qarz bergan tomon uchun kreditni o`z vaqtida foiz bilan kaytarilishi uni yana kreditga berish imkoniyatini yaratadi, qarzdorni esa shartnomada ko`zda tutilgan jazo choralaridan qutultiradi.

  3. Kreditning muddatliligi kelib tushuvchi boyliklarni tejamli va qayta ishlatish muddatiga, ishlab chiqarilgan mahsulotni jo`natish muddatiga, tovarlarni sotish muddatiga va pirovard natijada aylanma mablag`larni doiraviy aylanishini tezligiga bog`liqdir.

  4. Kreditni tovar-moddiy boyliklar bilan ta`minlanganligi. Bu tamoyilning moxiyati shuki, bunda xo`jalik aylanmasida ishtirok etuvchi bank mablag`larining bir so`miga muayyan boyliklarning har bir sumi qarama-qarshi turishi kerak. Berilgan kreditlar tovar-moddiy boyliklari va ma`lum harajatlar bilan ta`minlangan bo`lishi kerak. Ta`minlanmagan kreditlarning berilishi kreditlarni bankga qaytib kelmasligiga asos hisoblanadi.

  5. Buning uchun xozirgi sharoitda qarz oluvchilar bankga tovar yoki tovar xujjatlarini, mulkni garovga qo`yadi. Kredit varrant (garov uchun xizmat qiluvchi xujjat) yoki uchinchi shaxs kafolati asosida ham berilishi mumkin.

  6. Kreditning bu tamoyili qarz oluvchi o`ziga olgan majburiyatlarini buzish sharoitida qarz beruvchining mulkdorlik manfaatlarini ximoya kilishni ta`minlaydi va o`zining amaliy aksini kreditning biror garov yoki moliyaviy kafolat asosida berishda topadi. Bu umumiqtisodiy barkamolikka erishish davrida muhimdir.

  7. To`lovlilik. Bu tamoyilga asosan korxonalar foydalanilgan qarz mablag`larini hisoblangan foizi bilan to`liq o`tkazadilar. Kredit uchun xak to`lashning iqtisodiy moxiyati qarz beruvchi va qarz oluvchi o`rtasidagi qo`shimcha olingan foydaning taqsimlanishini qayd qilishda namoyon bo`ladi. Xozirgi sharoitda ssuda foizi mikdori shartnomada o`z aksini topadi va u kreditlashning o`rtacha normasi va bank marjasidan tashkil topadi.

  8. Kreditning maqsadliligi. Bu shu bilan bog`liqki, qarz oluvchi olingan kreditni ma`lum maksadga (tovar moddiy boyliklar sotib olish, ishlab chiqarish harajatlarini koplash va boshqalar) yo`naltirilgan bo`lishi zarur. Bu maksadlar kredit beruvchi va kredit oluvchi o`rtasida tuzilgan shartnomada o`z aksini topadi. Korxona olgan kreditni faqatgina kredit shartnomasida ko`rsatilgan ishni bajarishga (sotib olishga va boshqalar) sarflashi kerak.

Kreditning samaradorligi. Bu tamoyil nafaqat kredit va foiz summasini bankga qaytarib to`lashni, balki shu kredit yordamida kreditlanadigan yoki moliyalashtiriladigan soha, tarmoq, korxona kancha samaradorlikka erishishini ifodalashi zarur. Shuning uchun har bir loyixa kredit hisobiga bajariladigan boshqa tadbirlar samara beradigan bo`lsagina ularga mablag` ajaratilishi lozim.
Binobarin samardorlik kreditning zaruriy tamoyillaridan biri bo`lib unga rioya qilish kreditning boshqa tamoyillarining bajarilishi uchun asos hisoblanadi.
Jahon amaliyotida kreditlarni yagona, umumlashgan tasnifi yo`q. Chunki kreditlarning turli xil shakllari har bir mamlakatning iqtisodiy rivojlanish darajasiga, uning urf-odatlariga, axoli orasida kreditlarni berish va qaytarish buyicha tarixan shakllangan (tovar shaklida, pul shaklida, boshqa shakllar va shartlarda) usullariga bog`liq bo`ladi.
Umuman kreditning shakllari uning turi va usullariga ko`p jihatdan bog`liq.
Kreditning asosiy turlari:

  1. Bank krediti.

  2. Davlat krediti.

  3. Iste`mol krediti.

  4. Tijorat krediti.

  5. Lizing krediti.

  6. Xalqaro kredit.

Iqtisodiyotda keng tarqalgan kredit munosabatlarining biri bank kreditidir. Bank kreditini beruvchi kredit muassasalari kreditlash jarayonini amalga oshirish uchun Markaziy bankdan maxsus litsenziya olgan bo`lishi zarur. Bunda kredit munosabatlarining asosini kredit shartnomasi tashkil etadi.
Bank kreditlari quyidagi belgilari bo`yicha guruhlanadi:

    1. Kreditlash obyektlarining iqtisodiy mohiyatiga ko`ra

    2. tovar-moddiy boyliklar uchun beriladigan kredit.

    3. ishlab chiqarish harajatlari (xom-ashyo va boshqalar) uchun beriladigan kredit.

    4. To`lash muddatiga ko`ra (qisqa, o`rta va uzoq muddatli)

    5. Muddatli

    6. Muddati kechiktirilgan

    7. Muddati o`tgan.

    8. Kreditni to`lash manbalariga ko`ra.

    9. Qarz oluvchining o`z mablag`lari hisobiga.

    10. Garant mablag`lari hisobidan

    11. Ta`minlanganlik tamoyilining amal qilishiga qarab.

    12. Bevosita to`g`ri ta`minlangan (o`z mulki va mablag`i hisobiga).

    13. Bilvosita ta`minlangan kreditlar (uchinchi shaxs kafolati)

    14. Ta`minlangan kreditlar (sug`urta va yuqori tashkilotlar)


    15. To`lanadigan foiz darajasiga ko`ra

    16. Past foiz stavkali.

    17. O`rta foiz stavkali

    18. Yuqori foizli

    19. Foizsiz (hukumat qaroriga ko`ra ayrim sohalarni rivojlantirish yoki tadbirlarni amalga oshirish uchun).

Bank krediti qaytarish muddatiga ko`ra qisqa, o`rta va uzoq muddatli kreditlarga bo`linadi. Bu mezon turli mamlakatlarda turli muddatni o`z ichiga oladi. Jumladan:



Muddati

Rossiya

AQSH

Buyuk Britaniya

Fransiya

O`zbekiston

Qisqa

1 yilgacha

1 yilgacha

3 yilgacha

1 yilgacha

1 yilgacha

O`rta

1-3 yil

1-6 yil

3-10 yil

2-7 yil

1-3 yil

Uzoq

3 yildan ortiq

6 yildan ortiq

10 yildan ortiq

7 yildan ortiq

3 yildan ortiq

Qisqa muddatli kreditlar asosan aylanma mablag`larni moliyalashtirishga, o`rta va uzoq muddatli kreditlar asosiy kapitalni moliyalashtirishga beriladi.


Davlat kreditining asosiy xususiyati kredit munosabatlarida davlatning qatnashuvidir. Davlat kreditida davlatning bir tomondan qarz beruvchi va ikkinchi tomondan qarz oluvchi sifatida ishtirok etishi, qarz beruvchi vazifasini bajara turib davlat davlat kredit institutlari, jumladan Markaziy bank orqali iqtisodiyotning har xil sohalarini kreditlashni o`z zimmasiga oladi. Bu markazlashgan kreditlar iqtisodiyotning ustivor tarmoqlarini kreditlash, davlat ahamiyatiga ega bo`lgan aniq tarmoq va sohalarga, agar budjetdan moliyalashtirish imkoniyati bo`lmaganda vaqtincha foydalanishga mablag` ajratilishi mumkin.
Undan tashqari tijorat banklariga banklararo kreditlar bozorida kredit resurslarini kim oshdi savdo yo`li bilan yoki to`g`ridan to`g`ri sotish jarayonida davlat tomonidan mablag`lar vaqtincha foydalanish uchun berilishi mumkin.
Davlatning qarzlari ko`paygan hollarda davlat budjeti kamomadini moliyalashtirish maqsadida davlat qarz oluvchi sifatida davlat qarzlarini joylashtirish jarayonini amalga oshiradi.
Davlat xazina majburiyatlarini chiqarish, moliya bozorlarida davlat qimmatli qog`ozlarini joylashtirish, davlat zayomlarini chiqarish va sotish yo`li bilan banklarning, aholining va boshqa moliya-kredit institutlarining pul mablag`larini yig`adi va ularni davlat qarzi va budjet kamomadini qoplashga sarflaydi. Davlat o`z qarzidan voz kechishi ham mumkin.
Bundan tashqari davlatni ichki va tashqi qarzlari, davlat kafil va kreditor sifatida ham bo`lishi mumkin.
Iste`mol kreditining xususiyati u jismoniy shaxslarga beriladi. Kreditning bu shaklida kredit beruvchi sifatida maxsus kredit muassasalari bilan birga savdo va xizmatlarni sotishni amalga oshiradigan jismoniy shaxslar ham bo`lishi mumkin.
Iste`mol krediti ikki shaklda: pul shaklida va tovar shaklida berilishi mumkin. Jismoniy shaxslarga bunday kreditlar ko`chmas mulkka egalik qilish uchun, har xil tovar va xizmatlar, uy jixozlarini sotib olish va boshqa ehtiyojlarni qondirish uchun beriladi.
O`zbekistonda hozirgi vaqtda bunday kreditlar uy-joy sotib olish va qurishga, avtomobil sotib olishga va boshqa maqsadlarga berilmoqda. Mamlakatimizda 2001-2002 o`quv yilidan boshlab talabalarga o`qish xizmati uchun «Oltin davrim» krediti berilmoqda.
AQShda bu sohaga kam foizli yiliga 2500 dollar, oxirgi kursda 5000 dollar miqdorida kredit berilib talaba uni o`qishni tugatib ishlash davomida uzadi.
Tijorat krediti iqtisodiyotda kredit munosabatlarining vujudga kelishining dastlabki shakllaridan hisoblanadi. Tijorat kreditining obyekti bo`lib sotiladigan tovarlar, subyekti bo`lib mol yetkazib beruvchi va mol sotib oluvchi korxonalar hisoblanadi. Bu kreditning asosiy maqsadi tovarlarni sotishni tezlashtirish va shu orqali foyda olishdan iborat.
Tarixan tijorat kreditining quyidagi usullari mavjud:

  1. Veksel usuli

  2. Ochiq schyot orqali

  3. Chegirma berish.

  4. Mavsumiy

  5. Konsignatsiya

Veksel- bu qarz majburiyati bo`lib, qarz oluvchi o`z zimmasiga qarzni ko`rsatilgan so`mmada, ko`rsatilgan shartlarda, belgilangan muddatda to`lash majburiyatini oladi.
Amaliyotda vekselni oddiy va o`tkazma turlari mavjud.
Oddiy vekselni qarz oluvchi korxona qarz beruvchi korxonaga beradi va tovarlar va ko`rsatilgan xizmatlar uchun unga to`lash majburiyatini o`z zimmasiga oladi.
O`tkazma vekselda (bu hujjat tratta ham deyiladi) kreditor tomonidan belgilangan tovar va xizmatlar so`mmasi uning topshirig`iga asosan uchinchi shaxsga ёки векселни ko`rsatuvchiga o`tkazilishi lozim va hokazo.
Ochiq schyot orqali hisoblashilganda haridor tovarga buyurtma berilishi bilan yuklab jo`natiladi, to`lov esa o`rnatilgan muddatlarda kelishilgan summa chegarasida vaqti-vaqti bilan amalga oshirilib boriladi. Bunda haridor har gal tovar olishda kreditni rasmiylashtirib o`tirmaydi, ya`ni kreditga murojaat qilmaydi.
Chegirma berish usulida haridor to`lov hujjatlari yozilgandan so`ng, shartnomada kelishilgan ma`lum davr ichida to`lovni amalga oshirsa to`lov yig`indisidan chegirma beriladi. Agar ushbu davrda to`lay olmasa, unda belgilangan muddatda to`lovni to`liq amalga oshiradi.
Mavsumiy kredit odatda o`yinchoqlar, suvenirlar va boshqa xalq iste`mol mollarini sotishda qo`llaniladi. Masalan, o`yinchoqlarni vaqtidan oldin olib yangi yil o`tgach yanvar-fevral oyida to`laydi. Buni ishlab chiqaruvchilar uchun qulayligi ular o`yinchoqlarni omborlarda saqlash harajatlaridan xolos bo`ladilar.
Konsignatsiya usulida tovarni sotib oluvchilar hech qanday majburiyatsiz sotib oladilar, ya`ni tovarlar sotilganidan keyin puli to`lanadi, agar u sotilmay qolsa egasiga qaytarib beriladi.
Xorijiy mamlakatlarda tijorat kreditidan keng foydalaniladi. MDH mamlakatlari amaliyotida tijorat kreditidan kam foydalaniladi. Umuman jaxon amaliyotida ham tijorat kreditining ochiq schyot, konsignatsiya, chegirma berish usullari kengroq foydalaniladi.
Tijorat kreditining salbiy tomoni bo`lib tovarlarni kreditga bergan tashkilot unga pul tushgunga qadar mablag`ga muxtoj bo`lishi, uni o`zi kreditga murojaat qilishga majbur bo`lishi mumkin. Shuning uchun ham korxonalarni tijorat kreditidan foydalanishi bank kreditidan foydalanishni inkor qilmaydi.
Yuqorida ko`rsatilgan kamchiliklarni hisobga olmagan holda tijorat krediti tovarlar sotish jarayonini tezlashtirishda va korxonalarning aylanma mablag`larini xo`jalik faoliyatidan tezroq bo`shashini ta`minlashda katta ahamiyatga ega.
Kreditning xalqaro kredit shakli bilan fanning «Xalqaro valyuta, xisob va kredit munosabatlari» mavzusida batafsil tanishish mumkin.
Lizing inglizcha ijara ma`nosini bildiradi. Eramizdan oldingi to`rtinchi asrda yashagan grek faylasufi Aristotel – «Boylik mulkka egalik qilishda emas, balki undan samarali foydalanishdadir», - degan shu fikr bilan olim lizing g`oyasiga asos solgan.
Mulk tushunchasida mulkka egalik qilish va undan foydalanish xuquqi tushunchalari mavjud. Keyingi vaqtlarda mulkdan foydalanishning yangi shakli ijara munosabatlari, keyinchalik esa uni takomillashgan maxsus turi moliyaviy ijara – lizing vujudga keldi.
Tarix ma`lumotlariga ko`ra lizing eramizdan oldingi 2000 yillarda Shumer davlatida mavjud bo`lgan, Venetsiyada rivojlangan.
Uni rivojlangan bosqichi XIX asrning ikkinchi yarmi va XX asrning dastlabki yillariga to`g`ri keladi. Avstriyalik olim V.Xayor 1877 yilda o`zining «Yevropada qanday qilib biznes qilish kerak» nomli kitobida «Bell» telefon kompaniyasida o`zi ishlab chiqargan telefon apparatlarini ijaraga berganligi va shu orqali katta foyda ko`rganligi to`g`risida gap yuritadi. Bunda iste`molchilar nafaqat telefon apparatidan foydalanish xuqiqini, balki kelishilgan tulovlarni bajarganlaridan so`ng uning egasi bo`lish xuquqini ham qulga kiritishgan.
Buyuk Britaniyada XX asr boshlarida konchilar temir yo`l vagonlarini avval ijaraga olib keyin sotib olishgan.
Bugungi zamonaviy lizing (moliyaviy ijara) XX asrni 50 yillarida AQSH da shakllanib takomillashdi. Vositachi sifatidagi birinchi lizing kompaniyasi 1952 yilda San-Fransisko shahrida ishbilarmon Genri Shonfeld tomonidan asoslangan «United States leazing corporation» dunyoga keldi.
AQShdagi lizing bo`yicha shov-shuvlar Germaniya, Italiya va Fransiyada davom etdi. Jaxon banki tarkibida xalqaro lizing munosabatlarini tartibga solish bo`yicha Xalqaro Moliya korporatsiyasi (XMK) ish boshladi.
Bugungi kunda XMK 50 mamlakatning 96 lizing kompaniyalari faoliyatini moliyalashtirgan. 40 mamlakatning 120 dan ortiq lizing sohasidagi investitsiya loyihalarini amalga oshirishda texnik yordam ko`rsatgan hamda 25 mamlakatdagi lizing kompaniyalarining muassisi hisoblanadi.
1995 yilda O`zbekistonda tashkil etilgan dastlabki «O`zbeklizing interneyshnl AJ» ning ta`sischilaridan biri ham XMK hisoblanadi.
O`zbekistonda birinchi xalqaro lizing operatsiyasi 1993 yilda tashqi iqtisodiy faoliyat banki tomonidan «O`zbekiston havo yo`llari»ga chet el kompaniyalaridan samolyotlar xarid qilingan.
Respublikamizda lizing operatsiyalarining rivojlanishi 1999 yilni 14 aprelida qabul qilingan va 2002 yil 13 dekabrida tegishli o`zgartirishlar kiritilgan «Lizing to`g`risida»gi qonunni qabul qilishi bilan bog`liq.
Yuqoridagilarga asosan lizing – bu mulkiy munosabatlar majmui bo`lib bunda bir taraf (lizing beruvchi) boshqa bir tarafning (lizing oluvchining topshirig`iga binoan uchinchi taraf (mol yetkazib beruvchi) dan lizing shartnomasiga muvofiq lizing obyekti bo`lgan mulkni o`z mulki qilib sotib olib uni to`lash asosida lizing shartnomasida belgilangan shartlar bilan vaqtinchalik foydalanish va egalik qilish uchun lizing oluvchiga beradi.
Lizing munosabatlarining asosiy xujjati bo`lib shartnoma hisoblanib u quyidagi qismlardan iborat:

  1. Shartnomaning mohiyati va maqsadi

  2. Texnikani olib ketish tartibi

  3. Texnikaning qiymati

  4. U bo`yicha to`lovlar

  5. To`lovlar tartibi

  6. Texnikani yetkazib berish

  7. Bo`nak to`lovlarini to`lash

  8. Lizing to`lovlarini to`lash

  9. Tomonlar xuquq va majburiyatlari

  10. Foydalanish shartlari

  11. Tomonlarning javobgarliklari

  12. Nizolarni hal qilish

  13. Amal qilish muddati

  14. Boshqa shartlar

  15. Tomonlarning rekvizitlari

Lizing obyekti bo`lib iste`mol qilinmaydigan va qonunchilik bilan taqiqlanmagan tadbirkorlik faoliyatida qullaniladigan har qanday buyumlar, barcha mulk majmualari, shu jumladan yer uchastkalari va boshqa tabiat obyektlari, binolar, inshoatlar, uskunalar, transport vositalari hamda boshqa kuchar va kuchmas mulklar hisoblanadi.
Moliyaviy lizingning mohiyati mulk qiymatini bo`lib-bo`lib to`lash asosida sotib olishni ifodalaydi va tovar krediti shakliga ega bo`ladi. Bunga lizing muddati davomida lizing beruvchining barcha xarajatlarini to`liq koplashga yetarli bo`lgan va unga foyda keltirishni ta`minlaydigan lizing to`lovlari yig`indisini ko`zda tutadi.
Lizing to`lovi lizing obyekti qiymatini, mulkni sug`urtalash xarajatlariini va kredit uchun lizing (foiz) stavkasini o`z ichiga olgan so`mmani tashkil etadi.
Respublikamiz qishloq xo`jaligida lizing munosabatlarining rivojlanishida 1999 yil 30 oktabrda O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan «Qishloq xo`jalikmashlizing aksiyadorlik lizing kompaniyasini tashkil etish to`g`risida»gi hamda Vazirlar Mahkamasining 2001 yil 2 noyabrdagi «Qishloqni lizing shartlarida qishloq xo`jalik texnikasi bilan ta`minlash chora-tadbirlari to`g`risida» gi qarorlari va O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2002 yil 28 avgustdagi «Lizing tizimi taraqqiyotini yanada rivojlantirish choralari to`g`risida»gi farmoni muhim ahamiyatga ega.
Yuqoridagi Prezident farmoniga ko`ra iqtisodiyot tarmoqlari, ayniqsa kichik va o`rta biznes subyektlarini zamonaviy texnologik uskunalar bilan ta`minlash maqsadida 2002 yilning 1 sentabridan boshlab:

  1. Lizing to`lovlari qo`shilgan qiymat solig`idan ozod etiladi. Chetdan lizinga berish uchun respublika xududiga keltiriladigan texnologik uskunalar bojxona to`lovi va qo`shilgan qiymat solig`idan ozod etiladi.

  2. Lizing oluvchi – xo`jalik subyektlari lizinga berilgan mulk bo`yicha lizing shartnomasi davrida mulk solig`idan ozod etiladi. Lizinga beruvchining yalpi daromadidan lizinga berish uchun olingan mulk bo`yicha kredit to`lovi bo`yicha foizlar va boshqa to`lovlar chiqariladi.

Umuman yuqoridagi farmon va qarorlar lizingdan foydalanuvchilarni tegishli mulkka ega bo`lish bo`yicha katta imkoniyat va imtiyozlarni beradi.



Yüklə 184 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin