Kredit shartnomasi


-§. Nizoni hal etish tartibi



Yüklə 401,49 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə6/7
tarix07.04.2023
ölçüsü401,49 Kb.
#94474
1   2   3   4   5   6   7
Kredit-liniyasi-ochilgan-holda-kreditlash-to

 
7-§. Nizoni hal etish tartibi 
 
 
26. Tomonlar ushbu Shartnomadan kelib chiquvchi nizoni muzokara yo„li bilan hal 
etishning barcha zarur chorasini ko„rish majburiyatini oladi. 
27. Nizoni muzokara yo„li bilan hal etishning imkoni bo„lmasa, u O„zbekiston 
Respublikasi qonun hujjatlariga muvofiq iqtisodiy sudda hal qilinadi. 
8-§. Boshqa shartlar 
 
28. Qarzdor/mijoz kredit qaytarilishining ta‟minotini belgilovchi mulk garovi 
shartnomasini (kafillik shartnomasi, sug„urta polisini) Bankka taqdim etadi.
29. Ushbu Shartnoma shartlarini o„zgartirish tomonlarning o„zaro kelishuviga muvofiq 
amalga oshiriladi va yozma shaklda rasmiylashtiriladi. 
30. Ushbu Shartnoma tomonlar tarafidan imzo qo„yilgandan so„ng kuchga kiradi va 
Qarzdor/mijoz
o„z majburiyatlarini to„liq bajarib bo„lganga qadar amal qiladi. Shu bilan birga 
kreditni taqdim etish bo„yicha Bank majburiyati Qarzdor/mijoz tomonidan quyidagi shartlar 
bajarilgandan so„ng amalga kiritiladi: 
a) garovga qo„yilgan mulkni kreditning to„liq davriga Qarzdor/mijoz tomonidan Bank 
foydasiga sug„urta qilish hamda sug„urta shartnomasi va sug„urta polisining aslini Bankka 
topshirish; 
b) Bank va Qarzdor/mijoz o„rtasida tuzilgan garov shartnomasini notarial tartibda 
tasdiqlatish.
31. Ushbu Shartnoma 30-bandida qayd etilgan shartlar Qarzdor/mijoz tomonidan 
bajarilmaganligi tufayli shartnoma tuzilgan kundan boshlab 30 kalendar kuni davomida kreditni 
taqdim etish bo„yicha Bank majburiyatlari kuchga kirmasa, mazkur Shartnoma va u bo„yicha 
tomonlarning barcha majburiyati amal qilishini to„xtatadi.
32. Tomonlar ushbu Shartnomaning to„liq maxfiyligini ta‟minlaydi va uning shartlarini 


tomonlarning o„zaro roziligisiz uchinchi tomonga oshkor qilmaslik majburiyati oladi. 
33. Agar tomonlardan biri tashkiliy-huquqiy shakldagi o„zgarishni o„z boshidan o„tkazsa, 
ikkinchi tomon oldidagi o„z majburiyatini o„zgarish ro„y bergunga qadar bajarishi yoki o„zining 
huquqiy vorisiga yuklashi lozim. 
34. Ushbu Shartnoma ikki nusxada tuzildi va bir xil yuridik kuchga ega. 
35. Mazkur Shartnoma ilovalari, unga kiritilgan qo„shimcha va o„zgartirishlar ular kuchga 
kiritilgandan boshlab ushbu Shartnomaning ajralmas qismi hisoblanadi. 
36. Ushbu Shartnomada nazarda tutilmagan boshqa barcha holatlar uchun O„zbekiston 
Respublikasi qonun hujjatlarining qoidalari qo„llaniladi. 

Yüklə 401,49 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin