Kredit tizimi va uning zamonaviy shakli



Yüklə 410,56 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/4
tarix05.07.2023
ölçüsü410,56 Kb.
#135726
1   2   3   4
Kredit tizimi va uning zamonaviy shakli

real foiz stavkasi ═ nominal foiz stavkasi - inflyasiya darajasi.
Bundan tashqari kreditning qat’iy belgilangan va suzib yuruvchi foiz 
stavkalari tushunchalari ham mavjud. 
Qat’iy belgilangan foiz stavkalari kredit shartnomasi bajarilgunga qadar 
o’zgarmasdan qoladi. Bunda bank o’zining aktivlarini ma’lum qismini yo’qotishi 
mumkin. Suzib yuruvchi stavkada foiz stavkalariga tegishli o’zgarishlarni hisobga 
olgan holda o’zgartirishlar kiritib boriladi. 
Xalqaro kreditlar bo’yicha foiz stavkalari jaxon ssuda kapitallari bozorida 
aniqlanib, bu bozorlarning asosiy qismi London, Tokio, Nyu York, Frankfurt-na-
Mayne, Parij, Bryussel shaharlarida joylashgan. 
Umuman kreditlar bo’yicha foiz stavkalari turli omillar ta’sirida o’zgarib 
turadi. Shunday omillarning asosiylari bo’lib quyidagilar hisoblanadi: 
1. Markaziy bankning qayta moliyalash stavkasi. 
2. Pul bozoridagi talab va taklifning nisbati. Talab oshsa, foiz ortadi, taklif 
oshsa u kamayadi. 
3. Qarzga olinadigan pulni ishlatishdan kutiladigan naf darajasi. Ko’proq 
naf keltirsa, foiz yuqori va aksincha. 


4. Qarzni to’lash muddati va sharti. Qarz uzoq muddatga berilib uni asta-
sekin kichik qismlar bilan qaytarilsa, qarzdor yuqori foizga rozi bo’ladi va 
aksincha. 
5. Qarzni qanday pul bilan berilishi. Qarz erkin konvertirlangan valyutada 
berilsa foiz yuqori va aksincha. 
6. Inflyasiya darajasi. Bunda foiz darajasi inflyasiya darajasiga nisbatan 
to’g’ri mutanosiblikda o’zgaradi. 
7. Pulni qarz berishdan ko’ra boshqa yo’sinda ishlatishdan tushadigan 
daromad. Bunda pul egasining afzal ko’rish prinsipi amal qiladi. Masalan, 
agar aksiya bo’yicha dividend yuqori bo’lsa foiz pasayadi va aksincha. 
8. Qarz berishning xatar darajasi. Agar qarzning qaytib kelishi kafolatlansa 
foiz past, agar uni qaytishi shubxali bo’lsa foiz yuqori bo’ladi va boshqa 
omillar. 
Xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarga va aholiga kreditlar berish tarixan tijorat banklari 
faoliyatining asosiy yo‘nalishi hisoblanadi. Tijorat banklarining paydo bo‘lish 
tarixiga bag‘ishlangan ilmiy tadqiqotlarga nazar tashlasak, banklar avvalo 
birinchi novbatda kredit operatsiyalarini bajarish zaruriyati tufayli yuzaga 
kelganligini guvohi bo‘lamiz. Aksariyat mualliflarning qarashlariga ko‘ra, 
banklar tovar-pul munosabatlarining rivojlanishi bilan bog‘liq ravishda emas, 
balki keng ko‘lamdagi kredit operatsiyalarini amalga oshirish zaruriyati tufayli 
paydo bo‘lgan. 
“Kredit” tushunchasi to‘g‘risida yana to‘xtaladigan bo‘lsak, kreditning ssuda 
kapitali harakatining shakli ekanligini ko‘rish mumkin. Ayrim hollarda kredit 
tushunchasiga “qarzga berilayotgan ssuda (tovar, pul ko‘rinishida) tijorat ishonchi” 
deya ta’rif berilishini guvohi bo‘lamiz. 
Kreditga eng maqbul ta’rif bu – vaqtincha bo‘sh turgan mablag‘larni ma’lum 
muddatga, haq to‘lash sharti bilan qarzga olish va qaytarib berish yuzasidan kelib 
chiqadigan iqtisodiy munosabatlar majmuasidir. 
Iqtisodiy adabiyotlarda kredit faoliyatining ob’ekti va sub’ektiga ta’rif berish 
orqali iqtisodiy faoliyat turiga kiruvchi va asosiy maqsadi daromad olishga hamda 
o‘z manfaatlariga erishishga yo‘naltirilgan faoliyatga kredit faoliyati sifatida ta’rif 
berilgan. Kredit faoliyati deganda kredit munosabatlari qatnashchilarining 
manfaatlarini ko‘zlab, ishlab chiqarish xarakteriga ega bo‘lgan hamda bank 
xizmatlari va operatsiyalari orqali amalga oshiriladigan faoliyatning yig‘indisini 
tushunishimiz mumkin. 


Kredit faoliyati kredit resurslariga ehtiyojni qondirishga yo‘naltirilgan qayta 
taqsimlashni amalga oshirish hamda kredit faoliyatining sub’ektlari uchun 
daromad olish imkonini beradi. Kredit faoliyati yaratuvchilik tabiatining mohiyati 
olinayotgan yoki berilayotgan resurslar orqali o‘z manfaatlariga erishishdan iborat. 
U iqtisodiy munosabatlarning ana shu jihatini etakchi o‘rinlardan biriga chiqaradi. 
Kredit faoliyatining qatnashchilari shu faoliyat natijasida bevosita yoki bilvosita 
daromad ko‘radilar. 
Kredit faoliyati barcha manfaatdor taraflarga real foyda keltiradi. Qarz 
oluvchilar ma’lum bir muddatga o‘zlarining tijorat, ishlab chiqarish va boshqa shu 
kabi manfaatlariga etishish maqsadida yirik pul kapitalidan foydalanish imkoniga 
ega bo‘ladilar. Kreditorlar esa foiz ko‘rinishida daromad oladilar. Bundan tashqari, 
kredit faoliyati ishlab chiqarishga investitsiyaning kirib kelishini rag‘batlantiradi, 
progressiv tarkibiy siljishlarga turtki bo‘ladi. Bugungi kunda kredit iqtisodiyotni 
makrodarajada tartibga solishning muhim vositalaridan biriga aylangan. U milliy 
valyuta va baholar barqarorligini, iqtisodiy o‘sishni ta’minlash kabi birlamchi 
masalalarni hal etishda yordam beradi. SHunday qilib, kredit faoliyatini ikki 
sub’ekt - qarz oluvchi va qarz beruvchi (kreditor)larning bo‘lishini taqazo etadigan 
amaliyot deyish mumkin. 
Bozor iqtisodiyoti sharoitida xo‘jalik sub’ektlari iqtisodiy va ijtimoiy 
rivojlanish uchun doimo qo‘shimcha pul mablag‘lariga ehtiyoj sezadilar. Ana 
shunday pul mablag‘larining manbalari banklarning o‘z va jalb qilingan 
mablag‘lari bo‘lishi mumkin. Korxonalar mablag‘ etishmovchiligidan 
qiynalayotgan hollarda kredit resurslari bozoriga murojaat qilishga majbur 
bo‘ladilar. 
Amaliyot shuni ko‘rsatadiki, kredit vositasida pullarni xo‘jalik aylanmasiga 
kiritish har qanday holatda mumkin. Naqd pulsiz o‘tkazmalar sharoitida Markaziy 
bank ham, tijorat banklari ham texnik jihatdan istalgan miqdordagi pulni 
muomalaga chiqarishi mumkin. Ammo tijorat banklarining naqd pulni muomalaga 
chiqarish imkoniyati cheklangan. CHunki muomaladagi naqd pul miqdori 
Markaziy bank balansining passividagi majburiyatlar summasidan oshmaydi va 
naqd pulni emissiya qilish vakolati faqat Markaziy bank zimmasidadir. Markaziy 
bank muomalaga chiqaradigan to‘lov vositalari uning balansini aktiv qismi 
doirasida amalga oshiriladi, tijorat banklarining imkoniyati esa, ularning 
likvidliligiga nisbatan belgilangan talablar bilan chegaralanadi. 
Pul mablag‘larini kredit sifatida berishda, yuqorida ta’kidlaganimizdek, 
quyidagi shartlarga rioya qilinishi talab etiladi: muddatlilik; to‘lovlilik; 
qaytarishlik; ta’minlanganlik va maqsadlilik. Tabiiyki, mazkur shartlarni to‘liq 


bajarilishi berilgan kredit bo‘yicha riskning oshishiga yo‘l qo‘ymaydi. Kreditning 
maqsadliligi uning mijoz faoliyatining bankka ma’lum bo‘lgan va bank tomonidan 
ma’qullangan yo‘nalishga berilishini anglatadi. 
Tijorat 
banklarining 
kreditlash 
amaliyotini 
tashkil 
qilish, 
uning 
samaradorligini ta’minlash xususidagi masalalar to‘g‘risida to‘xtalib, D.MakNoton 
rivojlanayotgan mamlakatlarda kreditlash amaliyotini tashkil qilishning zaruriy 
shartlaridan biri kreditlarni garov ta’minoti asosida berishni odatiy hol sifatida 
qabul qilishdir, degan xulosaga keldi.
[1]
 Uning fikriga ko‘ra, garov sifatida 
olinadigan mulkning sotilish bahosi kredit va uning foizini qaytarishga etishi 
lozim. Bu esa, mulkni doimiy ravishda qayta baholab turishni taqozo qiladi. 
CHunki mulklarning joriy bahosini tez-tez o‘zgarish holati mamlakatimizning 
xo‘jalik amaliyotiga xos bo‘lgan holat hisoblanadi. 
Hozirgi kunda respublikamizda milliy valyuta kursining chet el valyutalariga 
nisbatan doimiy ravishda o‘sib borish tendensiyasini hamda baholarning muntazam 
o‘sishini inobatga olgan holda kredit uchun garov sifatida qabul qilingan mol-
mulk bahosini har oy yoki har chorak yakuniga qayta baholashni yo‘lga qo‘yish 
zarurdir. 
D.Polfreman, F.Fordlar muallifligidagi “Osnovы bankovskogo delo” kitobida 
mijozning kredit yig‘ma jildini o‘rganishga e’tiborni kuchaytirish kreditlash 
amaliyotini samarali tashkil etishning muhim omili sifatida qaralgan
[2]

Hozirgi zamon jamiyatida banklar ko‘p sonli va xilma - xil moliyaviy 
xizmatlar ko‘rsatadigan muassasaga aylandi. Ular orqali iqtisodiyot tarmoqlarini 
kreditlash, qimmatli qog‘ozlarni sotib olish va sotish operatsiyalari, korxonalarga 
tegishli mulklarni boshqarish operatsiyalari va boshqa bir qator moliyaviy 
operatsiyalar amalga oshirilmoqda. Biroq shunga qaramasdan kredit operatsiyalari 
tijorat banklari uchun birlamchi ahamiyatga ega bo‘lgan operatsiya sifatida 
saqlanib qolmoqda. 
Qisqa muddatli kreditlash bu kreditlash ob’ektlari, kreditlash metodlari, ya’ni 
kreditlash tamoyillari bo‘yicha kredit berish va qaytarish usullariga asoslangan 
holda kreditning kapital aylanishida qatnashishi tushuniladi. 
Banklarning qisqa muddatli kreditlashini tashkil qilish turli mamlakatlarda 
davlatning me’yoriy-xuquqiy hujjatlariga asoslanadi. YA’ni, banklar uchun mijoz 
va bank talablarini, Markaziy bankning me’yoriy hujjatlari, shuningdek, milliy 
tarixiy bank ishlarini hisobga olish zaruriyatini bildiradi. 


Xorijiy va milliy iqtisodchilar kreditning mohiyati va roliga nisbatan turli xil 
nazariy yondashuvlarga ega bo‘lsalar-da, ularning barchasi banklarni qisqa 
muddatli kreditlashni tashkil qilish asosini korxonaning to‘lov aylanmasi qonuniy 
ekanligi bilan bog‘lashadi
[3]
. Kapital aylanishining asosiy qonuniyati sifatida 
uning uzluksiz ta’minlanishi tushuniladi. 
Jahon amaliyotida tarixan qisqa muddatli kreditlash tizimining evolyusiyasi 
bir martalik maqsadli kreditlarning umumiy to‘lov aylanmasini kreditlashga 
o‘tishga asoslangan. Kreditlarni berish va so‘ndirishning aniq usullari banklarning 
tashkiliy xususiyatlari va ularni korxonalar bilan o‘zaro munosabatlari, qonunchilik 
me’yorlari ta’siri ostida shakllandi. Bu usullar G‘arb mamlakatlarining kreditlash 
tizimlarini bir-biridan farq qiluvchi qisqa muddatli kreditlash shakllarida o‘z aksini 
topdi. Masalan, AQSHda kredit liniyalari
[4]
, Germaniyada kontokorrent 
kreditlari
[5]
, Buyuk Britaniyada overdraft kreditlash shakllari keng ko‘lamda 
qo‘llaniladi. Amaliyotda mazkur shakllar mijozlar to‘lov aylanmasi uzluksizligini 
ta’minlash va banklar kreditlash hajmini oshirish imkonini beradi. 
Mamlakat banklarining kreditlash amaliyotida korxonalarda o‘z aylanma 
mablag‘larining 
keskin 
etishmovchiligi 
qisqa 
muddatli 
kreditlashni 
rivojlantirishning dolzarbligini belgilaydi. 
Kredit mexanizmi va uning elementlari. Kreditlash tamoyillari 
va usullari. 
Kredit - bu vaqtincha bo‘sh turgan pul mablag‘larini pul egasi yoki 
boshqalar tomonidan ma’lum muddatga, haq to‘lash sharti bilan qarzga olish va 
qaytarib berish yuzasidan kelib chiqqan iqtisodiy munosabatlar yig‘indisidir. 
Kredit yordamida tovar-moddiy boyliklari, turli mashina va mexanizmlar 
sotib olinadi, iste’molchilar mablag‘lari etarli bo‘lmagan sharoitda to‘lovni 
kechiktirib tovarlar sotib olishlari va boshqa har xil to‘lovlarni amalga oshirish 
imkoniyatiga ega bo‘ladilar. 
Kredit iqtisodiy kategoriya bo‘lib, ijtimoiy munosabatlarning aniq bir 
ko‘rinishi sifatida yuzaga chiqadi. 
Kredit har qanday ijtimoiy munosabat emas, balki ijtimoiy ishlab chiqarish 
mahsuli, qiymatning harakati, qarz beruvchi va qarz oluvchi o‘rtasidagi iqtisodiy 
munosabatlarni ifodalovchi kategoriyadir. 
Kreditning mohiyati uning ichki belgilarini ochib berishga qaratilgan. 
Kreditning mohiyatini ochish - bu uning sifatlarini , kreditning muhim tomonlarini, 


uni iqtisodiy munosabatlar tizimining bir elementi sifatida ko‘rsatuvchi asoslarini 
bilish demakdir. 
Iqtisodiy 
kategoriya 
sifatida 
kreditning 
mohiyati ko‘pgina 
iqtisodchi olimlar tomonidan o‘rganilib chiqilgan va ular tomonidan kreditning 
mohiyati bo‘yicha turlicha fikr bildirilgan. 
Masalan, E. Voznesenskiy, A. Zverev, D. Allaxverdyan kabi olimlarning 
fikricha, kredit maxsus kategoriya hisoblansada u moliya tarkibiga kiradi, deb 
hisoblashadi. 
V. Zaxarov, O. Lavrushin, M. Pessel, I. Levchuk, V. Rыbin, A. Qodirov, T. 
Qoraliev kabi olimlar esa kreditni moliya bilan parallel ravishda faoliyat 
ko‘rsatuvchi alohida mustaqil iqtisodiy kategoriya deb hisoblaydilar. 
YUqoridagi fikrlarga asoslangan holda kreditning ba’zi muhim tomonlari 
aniqlanadi: 
birinchidan, uning ijtimoiy mahsulot yaratish, milliy daromad va pul 
resurslarini qayta taqsimlashga bog‘liqligi; 
ikkinchidan, kreditning harakat shakliga (tovar yoki pul tarzida) ega 
ekanligi; 
uchinchidan, takror ishlab chiqarishdagi harakatning asosiy hal etuvchi 
belgisi (qarz) ekanligi va h. k. 
Berilgan kredit qaytarib berishlilik xarakteriga ega. U xuddi shu sifati bilan 
moliyadan farq qiladi. 
Ssuda kapitali manbalarining tahlili kreditning iqtisodiy kategoriya sifatidagi 
mohiyatini aniqlashga asos bo‘lib xizmat qildi. 
Bir qator iqtisodchilarning fikricha, kredit jamiyatdagi vaqtincha bo‘sh pul 
mablag‘larini yig‘ish va ularni taqsimlash shaklidir. 
Bu nuqtai nazardan, kredit vaqtincha bo‘sh pul mablag‘larini qarzga berish 
bo‘lib, muayyan belgilangan muddatdan so‘ng bu mablag‘lar o‘z manbasiga 
qaytib kelishi kerak. 
Kredit mexanizmi deganda kreditlash jarayonini amalga oshirishning 
shakllari kreditlash usullari shakllari va elementlarini tushunish kerak. 


Kredit mexanizmining elementlariga kreditning obekti va subekti,kreditlash 
tamoyillari,kreditlash usullari va shakllari kabilar kiradi. 
Kredit va kreditlashning o‘ziga xos qoidalari borki, ular maxsus tamoyillarda 
ifoda etiladi. Bular: 

kreditning qaytarishliligi; 

kreditning muddatliligi; 

kreditning ta’minlanganligi; 

kreditning maqsadliligi; 

kreditning to‘lovliligi; 

kreditning samaradorligi. 
Kreditning qaytarib berish tamoyili. YA’ni kreditni qaytarib berish shart. 
Qaytarib berishlik ikki yoqlama jarayonni ifoda etadi, u kreditor uchun ham, qarz 
oluvchi uchun ham bir xil darajada muhimdir. Kreditning bu tamoyili amaliyotda 
kredit va undan foydalanganlik uchun foiz summasini kredit bergan muassasa 
hisobiga ko‘chirish yo‘li bilan to‘lanadi. Aynan shu yo‘l bilan banklar kredit 
resurslarining qayta tiklanishini ta’minlaydilar. 
Kreditning muddatliligi. Kredit ma’lum muddat uchun beriladi. Bankdan 
qarz olinganda albatta uning qanday muddatda berilishi kredit bitimida kelishib 
olinadi. 
Kredit bitimi bank bilan qarz oluvchi o‘rtasidagi bitim bo‘lib, unda 
kreditning qanday muddatga berilganligi, kredit uchun qanday haq to‘lanishi va 
kreditni qaytarishlik kafolatlari qayd etiladi. 
Kreditning muddatliligi har ikkala tomon, kreditor uchun ham, qarz oluvchi 
uchun ham muhimdir. Agar kreditor qarzni foizi bilan o‘z vaqtida qaytib olsa, 
bunda qarz oluvchining kreditor oldidagi ishonchliligi tasdiqlanadi va yana 
takror qarz olish imkoniyati ta’minlanadi. 
Kreditning muddatliligi bo‘yicha shartnomada ko‘rsatilgan shartlarning 
buzilishi qarz beruvchining qarz oluvchiga nisbatan iqtisodiy jazo choralari (jarima 
shaklida, kredit bo‘yicha foiz darajasini oshirish, kreditning muddatini qisqartirish 
va boshqalar)ni qo‘llashi mumkin. Kreditning muddatliligi: 

kelib tushuvchi mablag‘larning tejamli va qayta ishlatish muddatiga

ishlab chiqarilgan mahsulotni jo‘natish muddatiga; 

tovarlarni sotish muddatiga; 

aylanma fondlarining doiraviy aylanishining tezligiga bog‘liqdir. 
Kreditning ta’minlanganligi. Bu tamoyil vositasida pul massasi (qiymat) va 
ishlab chiqarish (xizmat ko‘rsatish) o‘rtasida bo‘lishi zarur bo‘lgan mutanosiblik 


(proporsiyalar) ning bir me’yorda bo‘lishi ta’minlanadi. YA’ni bunda xo‘jalik 
aylanma mablag‘larida ishtirok etuvchi bank mablag‘larining har bir so‘miga 
tovar-moddiy boyliklarning bir so‘mi qarama-qarshi turishi talab etiladi. 
Boshqacha qilib aytganda, banklar tomonidan beriladigan kreditlar tovar-
moddiy boyliklar va ma’lum xarajatlar bilan to‘liq ta’minlangan bo‘lishi kerak. 
Tarmoqlarga ta’minlanmagan kreditlarning berilishi bank kreditlarining bankka 
qaytib kelmasligiga asos hisoblanadi. Bu o‘z navbatida bankning likvidliligiga 
va pul muomalasiga katta ta’sir ko‘rsatadi. SHu sababli banklar tomonidan 
beriladigan 
kreditlarning 
tovar-moddiy 
boyliklar va 
xarajatlar 
bilan 
ta’minlangan bo‘lishiga alohida e’tibor beriladi. 
Kreditning maqsadliligi. YA’ni, olingan kreditlar aniq bir maqsadni amalga 
oshirishga yo‘naltirilgan bo‘lishi kerak. Bunda kredit muayyan aniq ob’ektga: 

ishlab chiqarish xarajatlariga; 

ishlab chiqarish zaxiralariga; 

tayyor mahsulotga; 

jo‘natilgan tovarlar va hokazolarga beriladi. 
Kreditning to‘lovliligi. YA’ni, kredit uchun haq to‘lash zarurligi, bank qarzni 
tekinga bermaydi, buning uchun qarz oluvchidan foiz undiradi. Foiz - bu qarz 
haqidir. Uning miqdori berilgan qarzga nisbatan foiz hisobida belgilanadi. 
Demak, kreditning to‘lovliligi uning to‘liq summada o‘z egasiga 
qaytarilishigina emas, shu bilan bir qatorda kredit uchun foiz shaklidagi to‘lov 
bilan qaytarilishini ifodalaydi (foizsiz imtiyozli kreditlar bundan istisno). 
Kreditning samaradorligi. Bu tamoyil nafaqat kredit summasi va foizni 
bankka qaytarib to‘lashini, shuningdek undan kreditlangan yoki moliyalashtirilgan 
soha, tarmoq, korxona qancha samaradorlikka erishganini ifodalaydi. SHu sababli 
kredit ajratishdan yoki berishdan oldin shu kreditning samara berish ehtimolini 
hisob-kitob qilish zarur. Agar masalan, loyihaga qo‘yiladigan mablag‘ samara 
bersagina, shundagina bu loyihaga mablag‘ ajratish kerak. 
Kreditning samaradorligi (K
s
) ishlab chiqarish va uning realizatsiya hajmiga 
(R
h
) bevosita bog‘liq bo‘lib quyidagicha aniqlanishi mumkin: 
Bu erda, 
K
h
- berilgan kreditning o‘rtacha hajmi. 


Agar korxona kreditlar resursini kam jalb qilib uning bir so‘miga ko‘p 
mahsulot realizatsiya qilgan bo‘lsa, demak kreditning samaradorligi shunchalik 
yuqori bo‘ladi. 
Kreditning samaradorligini ta’minlash maqsadida g‘arb mamlakatlari 
amaliyotida kreditlashning biz uchun yangi qoidasi, ya’ni «5-S» qoidasi 
qo‘llaniladi. Bunga asosan har bir «S» bo‘yicha korxonaning faoliyati tahlil qilib 
chiqiladi va korxona faoliyati talabga javob bersagina korxonaga kredit 
beriladi. Qoidaga binoan «S» harflari quyidagi jihatlarni ifodalaydi: 

S1(sharacter) - qarz oluvchining bozordagi obro‘si, uning holatini 
aniqlash. 

C2 (capacity) - qarz oluvchining boshlagan ishini oxirigacha etkaza 
olish, tegishli daromad olish hamda bank kreditlarini qaytarib berish 
qobiliyati. 

C3 (capital) - qarz oluvchi sarmoyasining etarliligi. 

C4 (conditions) - mazkur biznesning rivojlanishi yuzasidan shartlar. 

C5 (collateral) - garov (kafolat, kafillik, sug‘urta polisi, tovar-moddiy 
boyliklar va boshqalar). 
Har qanday bankning ko‘rsatadigan xizmatlari nuqtai nazaridan uning kredit 
portfelini tartibga solib turish o‘ta muhimdir. Zero, kreditning ba’zi bir turlarini 
berish qonun bilan chegaralangan, ba’zi bir kredit turlari esa umuman taqiqlangan. 
Masalan: 

bankning o‘z aksiyasi bilan ta’minlangan kreditlarni berishi umuman 
taqiqlangan, shuningdek, bankning o‘z xodimlariga iste’mol kreditini 
berishi ham chegaralangan; 

ipoteka kreditining hajmi bank kapitali va daromadi qiymati yoki 
muddatli va jamg‘arma depozitlaridagi mablag‘lar hajmining 70 foizidan 
oshmasligi lozim; 

bir qarz oluvchiga berilayotgan kredit miqdori bank kapitali va 
daromadining 15 foizidan oshmasligi lozim. g‘ki qarzdor kredit uchun 
tezda pulga aylantirish imkoniyatiga ega garov berganda, berilayotgan 
kreditning hajmi bank kapitali va foydaning 25 foizini tashkil qilishi 
mumkin; 



bank kredit berish jarayonida mijoz bilan kredit shartnomasi tuzgunga 
qadar unga kreditning yillik foiz stavkasi, ya’ni kreditning narxi, kredit 
uchun to‘lanadigan to‘lovlar va soliqlar haqida axborot berishi lozim. 
Kreditning mohiyatini uning asosi malum vaqtdan keyin qaytarib 
beruvchanlik sharti va foiz bilan qaytarishi sharti yanada kengroq ochib beradi. Bu 
har ikkala shartdan tashqari kreditning iqtisodiy kategoriya sifatida harakat 
qilishini asoslash uchun iqtisodiy munosabatlarning chuqur ijtimoiy - iqtisodiy 
belgilarini hisobga olish zarur. 
Kredit mohiyatining tahlili uzluksiz jarayon. Bunda tahlil jarayonida 
yangidan yangi belgilar, xususiyatlar yuzaga chiqishi mumkin. 
Har qanday iqtisodiy kategoriya o‘zining funksiyalariga ega bo‘lgani kabi 
kredit ham o‘zining bir qator funksiyalariga ega. Ijtimoiy iqtisodiy tizimda 
kreditning o‘rni va roli u bajarayotgan funksiyalari bilan aniqlanadi. Kreditning 
funksiyasi - bu kreditning iqtisodiyotda faoliyatining konkret ravishda namoyon 
bo‘lishidir. 
Kreditni tahlil qilishda, funksiya, uning mohiyati va roli o‘rtasidagi oraliq 
zveno sifatida ko‘rib chiqiladi. 
Kreditning funksiyalari haqida olimlar o‘rtasida yagona izchillik yo‘q. 
I. Lavrushinning fikricha, kreditning funksiyalarini tahlil qilishda ikkita 
echilmagan muammo mavjud: 
1) 
funksiyani tushunishning uslubiy asoslari; 
2) 
funksiyalarning tarkibi va strukturasi. 
Kreditning tarkibiy qismidan kelib chiqqan holda unga quyidagi 
munosabatlarga xos funksiyalar taaluqli: 
a) kreditorning qarz oluvchi va qarzga beriluvchi qiymat bilan munosabati 
orqali; 
b) qarz oluvchining kreditor va qarzga beriluvchi qiymat bilan munosabati 
orqali; 
v) qarzga beriluvchi qiymat bilan kreditor va qarz oluvchining munosabati 
orqali. 
Kreditor va qarz oluvchi o‘rtasidagi munosabat shunday aniqlanadiki, 
bunda kreditor qarz oluvchiga resurlarni taklif qiladi, qarz oluvchi bu rusurslarni 


ishlatadi va bunda qarzga beriluvchi qiymat kreditor va qarz oluvchi o‘rtasida 
aylanadi. Bu erdan kreditning birinchi funksiyasi kelib chiqadi: 
1. 
Qarzga beriluvchi qiymatni vaqtincha foydalanishga berish funksiyasi 
Kredit va pul mablag‘lari o‘rtasidagi munosabatlardan kelib chiqqan holda, 
kreditning haqiqiy pullarni kredit pullari bilan almashtirish funksiya oldinga 
surilgan. Lekin bu funksiya hozirgi kunda iqtisodiy munosabatlar «sahnasidan» 
chiqib ketgan. 
Kreditning tashqi muhit bilan aloqasi uning ikkinchi funksiyasini keltirib 
chiqaradi. 
2. 
Qayta taqsimlash funksiyasi 
Kredit takror ishlab chiqarish jarayonining barcha fazalariga - ishlab 
chiqarish, taqsimlash, muomala va iste’molga xizmat ko‘rsatadi. 
Takror ishlab chiqarish jarayoni bilan bog‘liq holda kredit, ishlab chiqarish, 
taqsimlash 
yoki iste’mol 
jarayonida 
kechadigan 
funksiyalardan 
farqli 
o‘laroq qayta taqsimlash funksiyasini bajaradi. 
Bozor 
iqtisodiyoti 
sharoitida 
ssuda 
kapitali 
bozori 
vaqtincha 
bo‘sh moliyaviy resurslarni bir faoliyat jabxasidan boshqasiga yo‘naltiruvchi va 
natijada yuqori foydani ta’minlovchi o‘ziga xos dastag sifatida namoyon bo‘ladi. 
Qayta taqsimlash funksiyasi yordamida korxonalar, tashkilotlar, davlat va 
shaxsiy sektorning bo‘sh pul mablag‘lari va daromadlari ssuda kapitaliga 
aylantiriladi va vaqtincha foydalanishga, muayyon to‘lov asosida beriladi. Bu 
funksiya yordamida ishlab chiqarishdagi proporsiyalar va pul kapitali harakati 
boshqarilib turiladi. 
3. 
Muomala xarajatlarini tejash funksiyasi 
Kredit vujudga kelish davridan boshlab haqiqiy pullarni (oltin, kumush) 
kredit pullari - veksellar, banknotalar, cheklar bilan almashinishini ta’minlab 
kelgan. Lekin, oltinning monetar roli yo‘qolishi tufayli kredit bu funksiyasi 
yordamida naqd pulsiz hisob-kitoblarni rivojlantirib, hisob-kitoblarni tezligini va 
kam xarajatliligini ta’minlamoqda. Kapitalning muomalada bo‘lish vaqtining 
iqtisod qilinishi uning ishlab chiqarishda bo‘lish vaqtini oshiradi va bu ishlab 
chiqarishni kengaytirishga, foydaning ortishiga olib keladi. 
Bu funksiyaning amalga oshishi kreditning iqtisodiy mohiyatidan kelib 
chiqadi. Uning manbai sanoat va savdo kapitalining doiraviy aylanishi jarayonida 
vaqtincha bo‘shagan moliyaviy mablag‘lar hisoblanadi. Xo‘jalik sub’ektlari pul 


mablag‘larining kelib tushishi va ishlatilishi o‘rtasidagi vaqt bo‘yicha 
farq faqatgina ortiqcha mablag‘lar hajmini emas, balki moliyaviy mablag‘larning 
etishmovchiligini 
ham 
aniqlab 
beradi. 
SHuning 
uchun 
korxona 
va 
tashkilotlarning o‘z aylanma mablag‘larining vaqtinchalik etishmovchiligini 
to‘ldirish uchun ssudalar berish keng tarqalib borgan. 
4. 
Kapital to‘planishining jadallashuvi va konsentratsiyalashuvi funksiyasi. 
Kapital to‘planishi jarayoni iqtisodiy rivojlanishning barqarorlashuvi va 
xo‘jalik yurituvchi xar bir sub’ektning maqsadga erishishining muhim sharti 
hisoblanadi. 
Bu 
masalani 
xal 
qilishga 
va 
ishlab 
chiqarishni 
kengaytirishga, shuning bilan birga qo‘shimcha foyda olishga qarz mablag‘laridan 
foydalanish yordam beradi. SHuni ta’kidlab o‘tish zarurki, iqtisodiy inqiroz 
davrida bu resurslarning qimmatliligi ko‘pchilik xo‘jalik faoliyati jabxalarida 
kapital to‘planishini jadallashtirish masalasini xal qilishda to‘sqinlik qiladi. 
5. Muomalaga to‘lov vositalarini chiqarish funksiyasi. 
Bu funksiyaning amalga oshish jarayonida kredit faqatgina tovar emas, balki 
pul muomalasining jadallashuviga, undan naqd pullarni siqib chiqarib, to‘lovlar 
aylanishining tezlashuviga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. Kredit tufayli pul muomalasi 
doirasiga veksel, chek, kredit kartochkalari kabi vositalarni kiritilib, naqd pulli 
hisob-kitoblarni naqdsiz operatsiyalar bilan almashtiradi. Bu esa ichki va xalqaro 
bozordagi iqtisodiy munosabatlar mexanizmini osonlashtiradi va tezlashtiradi. Bu 
masalani xal etishda tijorat krediti zamonaviy tovar almashinishining kerakli 
elementi sifatida muhim o‘rin tutadi. 
Kreditlash ob’ekti, sub’ekti va ssuda schyotlarining turlari. 
Kreditning mohiyatini yanada aniqlashtirish uchun uning tarkibini, harakat 
bosqichlarini, iqtisodiy kategoriya sifatidagi muhim belgilarini va ijtimoiy - 
iqtisodiy xarakteristikasini ko‘rib chiqamiz. Kreditning mohiyatini tushunish 
uchun avvalom bor, uning tarkibi nimadan iborat ekanligini tushunib olish zarur. 
Kredit munosabat bo‘lishi uchun uning zarur elementlari - kreditning ob’ekti va 
sub’ekti bo‘lishi zarur.
Kredit munosabatlarida sub’ektlar ikki xil bo‘ladi: 
1. 
Kreditor (qarz beruvchi) 
2. 
Qarz oluvchi 
Bundan tashqari kredit munosabatlari tarkibining elementi sifatida 
kreditning ob’ekti yuzaga keladi. 


 Kredit ob’ekti - bu (kreditor) qarz beruvchidan qarz oluvchiga beriladigan 
va qarz oluvchidan kreditor (qarz beruvchi)ga qaytib beriladigan qiymatdir. 
Bunda qarzga berilgan mablag‘ o‘z qiymatini saqlab qolishliligi kreditning 
asosiy sifati hisoblanadi. 
Kredit sub’ektlari har xil, bularga korxona, firma, tashkilot, davlat va turli 
toifadagi aholi kiradi. 
Kreditning ob’ekti har qanday pul emas, balki faqat vaqtincha bo‘sh turgan, 
egasi tomonidan ishlatilmay va qarzga berilishi mumkin bo‘lgan puldir. 
Bo‘sh pul uch xil bo‘ladi: 

tadbirkorlar yoki katta puldorlar qo‘lidagi pul, ya’ni pul kapitali; 

aholi qo‘lidagi pul - ertami-kech ehtiyojni qondirish uchun to‘plangan 
pul, egasi qo‘lida kapital emas, balki iste’molini qondirish vositasi; 

davlat ixtiyoridagi pul. Bu ham pul kapitali (davlat korxonasi uchun), 
ham umumiy iste’mol pulidir. 
Aytilgan turdagi bo‘sh pullar ssuda (qarz) fondini tashkil etadi va uning 
yuzaga kelishi ob’ektiv tarzda muqarrardir. Qarzga berilgan pul, ya’ni kredit 
harakatini quyidagicha ifodalash mumkin: 
Bu erda, 
K
b
- kredit berildi; 
K
o
- kredit olindi; 
K
i
- kredit ishlatildi; 
K
fq
- kredit foiz (%) bilan qaytarildi. 
SHu tarzda bo‘sh pullar kreditning asosiy sharti-qarz uchun haq to‘lashni 
ta’minlaydi. Bu haq qarz qilingan summaga nisbatan foiz hisobida olinganidan u 
qarz protsenti deb yuritiladi. Qarz protsenti pul bozorida amal qiladi. 
Kredit tarkibi uning elementlari birligini ifodalaydi. 
Kreditning harakat boskichlari ham uni muhim belgisi hisoblanadi. Qarzga 
beriluvchi qiymat harakatini quyidagi sxemada ifodalash mumkin: 
K
b
K
o
K
i
K
fq


B

- O
kz
- I
k
... V
r
... Q

- F
ks
B

- kreditning berilishi
O
kz
- kreditni qarz oluvchi tomonidan uning vaqtinchalik ehtiyojlarini 
qondirish uchun olinishi 
I
k
- kreditni ishlatilishi qarz oluvchining kreditni nima maqsadda olganligi 
bilan uzviy bog‘liq bo‘ladi. 
V

- qarz oluvchining xo‘jaligida qarzga olingan qiymatni aylanma oboroti 
tugallanishini resurslarning oborotdan chiqarilishi ifodalaydi. 
Q
k
- kreditni qaytarish 
F
ks
- vaqtinchalik berilgan qiymatni kreditor qo‘liga qaytib kelishi (% bilan) 
Kreditning mohiyatini uning asosi malum vaqtdan keyin qaytarib 
beruvchanlik sharti va foiz bilan qaytarishi sharti yanada kengroq ochib beradi. Bu 
har ikkala shartdan tashqari kreditning iqtisodiy kategoriya sifatida harakat 
qilishini asoslash uchun iqtisodiy munosabatlarning chuqur ijtimoiy - iqtisodiy 
belgilarini hisobga olish zarur. 
Kredit mohiyatining tahlili uzluksiz jarayon. Bunda tahlil jarayonida 
yangidan yangi belgilar, xususiyatlar yuzaga chiqishi mumkin. 
Har qanday iqtisodiy kategoriya o‘zining funksiyalariga ega bo‘lgani kabi 
kredit ham o‘zining bir qator funksiyalariga ega. Ijtimoiy iqtisodiy tizimda 
kreditning o‘rni va roli u bajarayotgan funksiyalari bilan aniqlanadi. Kreditning 
funksiyasi - bu kreditning iqtisodiyotda faoliyatining konkret ravishda namoyon 
bo‘lishidir. 
O‘zbekiston Respublikasining «Banklar va bank faoliyati to‘g‘risida»gi qonunning 
28 va 34 - moddalariga muvofiq korxonalarni, tashkilotlarni, muassasalarni, 
xususan kichik, o‘rta biznes faoliyati bilan shug‘ullanuvchi tadbirkorlarni 
kreditlash tijorat banklarining asosiy vazifalaridan biri bo‘lib hisoblanadi. 
Kredit berish (olish) «O‘zbekiston Respublikasi banklarida kredit hujjatlarini 
yuritish tartibidagi nizom»ga muvofiq amalga oshiriladi. Ushbu nizom banklar 
tomonidan beriladigan barcha kreditlarga, shuningdek, unga ochilayotgan kredit 
liniyalariga nisbatan qo‘llaniladi. Bank kreditlarni o‘zining ichki kredit siyosatiga 
va kredit operatsiyalarini yuritishning umumiy shartlariga muvofiq ravishda beradi. 


Kreditlar yuridik shaxs huquqlariga, o‘z sarmoyasi va mustaqil balansiga ega 
bo‘lgan, O‘zbekiston Respublikasining «Korxonalar to‘g‘risida»gi qonuni tatbiq 
etiladigan mustaqil xo‘jalik yurituvchi sub’ekt hisoblanadigan korxonalarga taqdim 
etiladi. Zarar ko‘rib ishlaydigan, nolikvid balansga ega bo‘lgan xo‘jalik yurituvchi 
sub’ektlarga kredit berilmaydi, ilgari berilgan ssudalar esa belgilangan tartibda 
muddatidan oldin undirish uchun da’voga beriladi. 
Kredit olish uchun korxona yoki tashkilot o‘ziga xizmat ko‘rsatuvchi bankka 
quyidagi hujjatlarni taqdim etadi: 

kredit olish uchun ariza; 

korxonaning moliyaviy ahvolini aniqlash uchun oxirgi hisobot davri 
uchun buxgalteriya balansi; 

biznes-reja; 

foyda va zararlar to‘g‘risida hisobot; 

oborot mablag‘larining aylanuvchanligi hisob-kitobi; 

boshqa kreditorlardan qarzga mablag‘lar olingani va boshqa banklarda 
erkin mablag‘lari borligi to‘g‘risida ma’lumotnoma. 
Bu hujjatlar sinchiklab o‘rganilgach, bank xodimi xulosani rasmiylashtiradi, 
so‘ngra u ilova qilingan hujjatlar bilan birga ko‘rib chiqish uchun kredit 
qo‘mitasiga yuboriladi. Kredit qo‘mitasi o‘z vakolatlaridan kelib chiqib, uch kun 
mobaynida tegishli qaror qabul qiladi. 
Kredit qo‘mitasining ijobiy qaroridan keyin kredit shartnomasi tuziladi. Unda 
quyidagilar ko‘zda tutiladi: 

kredit maqsadi va summasi; 

kreditni berish tartibi va shakli, kredit liniyasi miqdori va haqiqatdagi 
qarzidan kelib chiqib belgilangan uzish muddatlari; 

foiz stavkalari miqdori, ularni hisoblab yozish va to‘lash tartibi; 

kreditni berish uchun zarur ma’lumotlar, hisob-kitoblar va boshqa 
hujjatlarning ro‘yxati va ularning davriyligi; 

buxgalteriya va ombor hisobi, kreditdan maqsadli foydalanish, 
qaytarishni ta’minlash holatini joyning o‘zida har chorakda tekshirish va 
boshqa masalalar. 
Tashkilotga kredit berish alohida hisob varag‘idan «kredit liniyasini ochib» 
yoki «kredit liniyasini ochmasdan» amalga oshirilishi mumkin. 


«Ochiq kredit liniyasi» bilan ssuda berish bankning kafolat majburiyati bilan 
rasmiylashtiriladi. Bu bilan bank o‘z zimmasiga, o‘zining bog‘lanish hisob varag‘i 
holatidan qat’i nazar, kredit shartnomasi bilan belgilangan kredit miqdori, kredit 
berish muddati va limiti doirasida korxona yoki tashkilotga kreditni to‘siqsiz berish 
kafolatlangan majburiyat oladi. 
Bankning kafolat majburiyati ikki nusxada tuziladi, ularning bittasi kredit 
xodimi farmoyishiga binoan balansdan tashqari 9925 - hisob varaqda hisobga olish 
uchun buxgalteriyaga beriladi, ikkinchisi mijozning yig‘majildida saqlanadi. 
«Ochiq kredit liniyasi» bilan kreditga ega bo‘lgan ehtiyoj: 

kreditdan foydalanish va uni uzish davriyligi; 

moddiy boyliklarni etkazib berish to‘g‘risida mol etkazib beruvchilar 
va xaridorlar bilan tuzilgan shartnomalar tahlili asosida belgilanadi. 
«Ochiq kredit liniyasi» bilan kreditlash limiti har chorakda, tovar 
zaxiralarining haqiqatdagi o‘rtacha qoldiqlari, yuklab jo‘natilgan tovarlar (amalga 
oshirishning bir oylik muddati doirasida) avvalgi chorak uchun tovar operatsiyalari 
bo‘yicha kreditorlik qarzidan kelib chiqib belgilanadi. Berilgan kreditlar muddati 
majburiyatlar bilan rasmiylashtiriladi. Ular balansdan tashqari 9921 - hisob varaq 
bo‘yicha kirim qilinadi. 
Kreditning shakllari va turlari, ularning tavsifi 
Kreditga bo‘lgan talab qaysi usulda va muddatda, kim tomondan 
qondirilishiga va qarz oluvchilarga taklif qilinishiga qarab, kredit bir necha tur va 
shakllarga bo‘linadi. 
Uzoq davrlardan buyon kreditning quyidagi turlari qo‘llanilib kelinmoqda. 
1. 
Qisqa muddatli kreditlash; 
2. 
Uzoq muddatli kreditlash. 
Qisqa muddatli kreditlashda kreditlar bir necha oylardan bir yilgacha 
bo‘lgan muddatga beriladi. Bu turdagi kreditlar ishlab chiqarish aylanma fondlari 
va muomala fondlarining doiraviy aylanishining uzluksizligini ta’minlaydi.Bizga 
malumki, aylanma fondlarning doiraviy aylanishi deyarli barcha ijtimoiy ishlab 
chiqarish sohalarida bir yil va undan kamroq vaqt davom qiladi. Bir yil fondlar 
aylanishining tabiiy o‘lchovi sifatida xizmat tiladi. SHuning uchun ham bir yil 
qisqa va uzoq muddatli kreditlashning chegarasi bo‘lib xizmat qiladi. Qisqa 
muddatli kreditlar o‘z tabiatiga qarab quyidagi turlarga bo‘linadi: 
1. 

Yüklə 410,56 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin