Kredit tizimi va uning zamonaviy shakli
Reja:
·
I-bob.
Kreditning
mohiyati,
zururiyati,
funksiyalari
va
uning
bozor
iqtisodiyotidagi o’rni.
1.1.
Kredit munosabatlari rivojlanishining asosiy bosqichlari.
1.2.
Kreditning asosiy tamoyillari.
II-bob. Kreditning shakllari va turlari.
2.1. Kreditning chegaralari. Kredit foizi va unga ta’sir qiluvchi omillar.
Xulosa
Foydalanilgan adabiyotlar
Kirish
Kreditning mohiyati, ahamiyati va zaruriyati. Kreditning imkoniyati. Kreditning
bozor iqtisodiyoti sharoitidagi o’rni. Kredit rivojlanishining asosiy bosqichlari.
Kreditning funksiyalari. Kredit resurslari. Kreditning asosiy tamoyillari.
Kreditning asosiy shakl va turlari. Bank, iste’mol va tijorat kreditining turlari.
Moliya – kredit resurslari bozori. Fond birjasi. Birja faoliyatining asosiy
tamoyillari. Kreditning chegaralari. Kredit foizi va unga ta’sir etuvchi omillar.
1. Kreditning mohiyati, zururiyati, funksiyalari va uning bozor
iqtisodiyotidagi o’rni.
Ma’lumki, jamiyat faoliyatining asosini ishlab chiqarish tashkil etadi. Ishlab
chiqarishni o’zluksizligini ta’minlashda esa kreditning o’rni muhim hisoblanadi.
Boshqacha aytganda korxonalarning bozor iqtisodiyoti sharoitida ish yuritishida
ishlab chiqarish jarayonining o’zluksizligini ta’minlash, korxonaning asosiy va
aylanma fondlarining aylanishini to’xtab kolishiga yo’l qo’ymaslik, korxonalarni
moliyaviy resurslari bilan ta’minlash, korxonalar tomonidan tovar mahsulotini
sotganda, sotilgan tovar uchun to’lov summmasini olish va boshqa obyektiv va
subyektiv sabablar kreditning zarurligiga olib keladi.
Kredit (lotincha – ishonish – verit, doveryatsya) deganda o’z egalari qo’lida
vaqtincha bo’sh turgan ayrim qiymat yoki pul mablag’larining boshqalar
tomonidan ma’lum muddatga xaq to’lash sharti bilan qarzga olish va qaytarib
berish yuzasidan kelib chiqadigan munosabatlar tushuniladi.
Kredit qadimdan ma’lum bo’lib, u dastlab savdoda almashuv jarayonida paydo
bo’lgan bo’lib, u avval tovarlarni kreditga sotilishi bilan boђliq. Bunga sabab
haridorni tovar sotib olishga hamisha ham naqd puli bo’lmaydi, u tovar sotilsa
tushadi, tovar sotuvchi esa uni tushishini kutib turolmaydi (shu davrda tovarning
qiymati tushib ketishi, sifati pasayishi mumkin.). Shu va boshqa xolatlar
tovarlarni kreditga sotishga olib kelgan. Kredit tovar ishlab chiqarishning va tovar
muomilasining ajralmas qismi bo’lib hisoblanadi va uning rivojlanishi bilan
boђliq. Tovar ishlab chiqarishning rivojlanishi bilan pul shaklidagi kredit paydo
bo’ldi.
Keyinchalik kredit berish mustaqil faoliyatga aylanib, uning asosiy funksiyasi
bo’lib pul egalari va unga vaqtincha muxtoj bo’lganlar o’rtasidagi
vositachilikdir. Ќozir bu faoliyat maxsus malaka va texnikaga ega bo’lgan maxsus
ixtisoslashgan muassasalar-banklar tomonidan amalga oshirilmoqda.
Kreditning imkoniyati va zarurligi shu bilan bog’liqki korxonalar mahsulot
sotishda, xodimlarga mehnat xaki hisoblanganda, korxona va jismoniy shaxslar
o’z pullarini banklarda saklashi va boshqa xollarda vaqtinchalik bo’sh bo’lgan pul
mablag’lari bo’lgani xolda boshqa korxona va tashkilotlarda o’z faoliyatlarini
o’zluksizligini ta’minlash uchun tegishli pul mablag’iga ehtiyoj sezadi. Bu xolat
qishloq xo’jalik korxonalariga ham tegishli bo’lib, bu ishlab chiqarishni
mavsumiyligi, mahsulot ishlab chiqarish vaqti bilan uni sotish xajmini ko’pchilik
mahsulotlar bo’yicha mos kelmasligi, sotilgan mahsulotlarga pulni o’z vaqtida
kelib tushmasligi va boshqa xolatlar ularni kreditdan foydalanishni takozo etadi.
Bozor iqtisodiyoti sharoitida kreditning ahamiyatini oshishi quyidagilar bilan
bog’liq:
1. Naqd puldan foydalanishni kamaytirib, muomila harajatlarini, pul
emissiyasini kamayishini ta’minlaydi.
2. Korxonalar va axolining vaqtinchalik bo’sh pul mablag’lari
kredit muassasalarida saqlanishi tufayli ulardan unumli foydalanish
ta’minlanadi.
3. Bank muassasalariga tuplangan pullar xalq xujaligi tarmoqlari,
korxonalarning asosiy va aylanma mablaglarining tuldirishning qarzga
olingan manbai sifatida muhim ahamiyatga ega.
4. Kredit tufayli xujaliklar urtasidagi shartnoma majburiyatlarining
bajarilishi ta’minlanadi, mahsulot ishlab chiqarish va sotish jarayonining
o’zluksizligi ta’minlanadi va boshqalar.
Ijtimoiy iqtisodiy tizimda kreditning o’rni va roli u bajarayotgan funksiyalar bilan
aniqlanadi. Kreditning funksiyasi – bu kreditning iqtisodiyotdagi faoliyatining
muayyan ravishda namoyon bo’lishidir.
Kreditning funksiyalari:
1. Qarzga beriluvchi qiymatni vaqtincha foydalanishga berish. Bunda kreditor va
qarz oluvchi o’rtasidagi munosabat shunday aniqlanadiki, kreditor qarz oluvchiga
resurslarni taklif qiladi, qarz oluvchi bu resurslarni ishlatadi va bunda qarzga
beriluvchi qiymat kreditor va qarz oluvchi o’rtasida aylanadi.
2. Qayta taqsimlash. Kredit takror ishlab chiqarish jarayonining barcha
bosqichlariga – ta’minot, ishlab chiqarish, taksimlash, muomila va iste’molga
xizmat kiladi.
Ushbu funksiya yordamida korxonalar, tashkilotlar, davlat va shaxsiy
sektorning bo’sh pul mablag’lari va daromadlari ssuda kapitaliga aylantiriladi va
vaqtincha foydalanishga, muayyan to’lov asosida beriladi. Bu funksiya
yordamida ishlab chiqarishdagi proporsiyalar va pul kapitali harakati boshqarilib
turiladi.
3. Muomila harajatlarini tejash. Bu funksiya yordamida nakt pulsiz hisob-
kitoblar rivojlantirilib, hisob-kitoblarni tezligini va kam harajatliligi ta’minlanadi.
Kapitalning muomilada bo’lish vaqtini tejalishi uning ishlab chiqarishda bo’lish
vaqtini oshiradi va ishlab chiqarishni kengaytirishga, foydani ortishiga olib keladi.
4. Kapital to’planishining jadallashuvi va markazlashuvi. Kapital
to’planishi jarayoni iqtisodiy rivojlanishning barqarorlashuvi va xo’jalik yurituvchi
subyektning o’z maqsadiga erishishining muhim sharti hisoblanadi. Bu ishlab
chiqarishni kengaytirish uchun kredit yordamida katta xajmdagi mablag’ga ega
bo’lishga imkon yaratadi. Ushbu funksiya xozirgi sharoitda rejali iqtisodiyot
davrida rivojlanmagan va mablag’lar bilan ta’minlanmagan faoliyat jabhalarini
moliyaviy mablag’lar bilan ta’minlash jarayonini sezilarli tezlashtiradi.
5. Muomilaga to’lov vositalarini chiqarish. Bu funksiyani amalga oshirish
jarayonida kredit faqatgina tovar emas, balki pul muomilasining jadallashuviga,
undan naqd pullarni siqib chiqarib, to’lovlar aylanishining tezlashuviga ijobiy
ta’sir ko’rsatadi. Kredit tufayli pul muomilasi doirasiga veksel, chek, kredit
kartochkalari kabi vositalar kiritilib, naqd pulli hisob-kitoblarni, naqd pulsiz hisob-
kitoblarga almashtiradi. Bu esa ichki va tashki bozordagi iqtisodiy
munosabatlar mexanizmini osonlashtiradi va tezlashtiradi. Bu masalani hal etishda
tijorat krediti zamonaviy tovar almashinishining kerakli elementi sifatida muhim
o’rin tutadi.
Kreditning obyekti - bu (kreditor) qarz beruvchidan qarz oluvchiga
beriladigan qiymatdir. Boshqacha aytganda kredit aynan qaysi maqsad uchun
berilsa, shu kredit obyekti hisoblanadi. Qishloq xo’jaligida banklar dehqonchilik
va chorvachilik harajatlari - mineral o’g’it, yoqilg’i va moylash materiallari va
boshqa harajatlar kreditlanadi. Kredit munosabatlarining subyektlari bo’lib (qarz
beruvchi) va qarzdor (qarz oluvchi)lar hisoblanadi.
Boshqacha aytganda kreditlash subyektlari bo’lib davlat korxona va
tashkilotlari, qurilish tashkilotlari, savdo tashkilotlari, fermer va shirkat
xo’jaliklari, yakka mehnat faoliyati bilan shug’ullanuvchi tadbirkorlar, qo’shma
korxonalar, mikro firmalar, birlashmalar, tijorat banklar va boshqalar hisoblanadi.
Yuqoridagi subyektlar kredit oluvchi sifatida faoliyat ko’rsatsa, tijorat
banklari yoki boshqa kredit muassasalari kredit beruvchi subyekt sifatida namoyon
bo’ladi.
2. Kredit munosabatlari rivojlanishining asosiy bosqichlari. Kredit resurslari.
O’zining tarixiy rivojlanishida kredit quyidagi bosqichlarni bosib o’tgan:
Boshlang’ich shakllanish. Bu bosqichning asosiy belgisi ssuda kapitali
bozorida maxsus vositachilarning yo’qligi. Kredit munosabatlari, bo’sh pul
mablag’larining egasi va qarz oluvchi o’rtasida bevosita amalga oshirilgan. Bu
yerda kredit sudxo’rlik kapitali sifatida namoyon bo’ladi. Uning harakterli
xususiyati bo’lib:
- Qarz beruvchi va qarz oluvchi o’rtasida to’g’ridan to’g’ri kelishuvga
asoslangan qarz munosabatlarining to’liq markazlashmaganligi.
- Mablag’larni taqsimlashning cheklanganligi.
- Qarz mablag’laridan foydalanganligi uchun juda yuqori foiz
normalarining belgilanganligi va boshqalar.
Bu bosqichning tugallanishiga ishlab chiqarishning tobora rivojlanib borishi
tufayli qarz resurslariga bo’lgan ehtiyojni keskin oshganligi va alohida olingan
sudxo’rlar kapitalini bu talablarni qondirishga yetarli bo’lmaganligi.
Tarkibiy jihatdan rivojlanish. Bu bosqich ssuda kapitali bozorida kredit-
moliya
tashkilotlari kabi
maxsus
vositachilarning paydo
bo’lishi bilan
harakterlanadi.
Kapital sudxo’rlik va sarroflik idoralari zaminida vujudga kelgan dastlabki
banklar keyinchalik kredit institutlariga an’anaviy bo’lib qolgan quyidagi
funksiyalarni o’z zimmasiga oldi:
- bo’sh moliyaviy mablag’larni o’z vaqtida foiz bilan to’lash
majburiyati asosida qarz oluvchiga berish.
- yuridik va jismoniy shaxslar uchun har xil to’lov va hisob-kitoblar
bo’yicha xizmat ko’rsatish (keyinchalik davlat uchun ham).
- qator
maxsus
moliyaviy operasiyalarni
o’tkazish (veksel va
boshqalar).
Bu bosqichning asosiy belgisi – iqtisodiyotda kredit munosabatlarini davlat
tomonidan markazlashgan holda boshqarilishidir.
Davlat mikiyosida kredit munosabatlarining markazlashuvi har bir
davlatning Markaziy banki yordamida amalga oshiriladi. Dastlabki milliy davlat
kredit institutlarining paydo bo’lishi naqd pulsiz hisob-kitoblarni olib borish uchun
qo’l keldi, hamda tijorat banklarining operasiyalari va xizmat ko’rsatish
ko’lamining kengayishiga olib keldi.
Kredit munosabatlarining takomillashuvi. Bozor iqtisodiyoti sharoitida
kredit munosabatlari yangi sifat darajaga ko’tarilib bu iqtisodiyotda informasion
texnologiyaning
rivojlanishi,
global
bank
tarmoqlarining
kompyuter
texnologiyalari va ma’lumotlar bazalarining shakllanishining, mijozga xizmat
ko’rsatishining yaxshilanishi va kredit munosabatlarini xalqaro bozorga ham
tarkalishi va boshqa sifat o’zgarishlar bilan bog’liq.
Kreditlashning asosiy manbalari (resurslari) bo’lib, quyidagi vaqtinchalik
bo’sh pul mablag’lari hisoblanadi:
1. Tovarlarni sotish va kerakli moddiy qiymatlarni sotib olish
vaqtlarining bir-biriga mos kelmasligi tufayli yuzaga keladigan bo’sh pul
mablag’lari.
2. Hisoblangan ish xaki bilan uni to’lash vaqtlari orasidagi vaqtincha
bo’sh pul mablag’lari.
3. Kengaytirilgan takror ishlab chiqarish jarayonida yig’iladigan va
kapitallashtirish uchun mo’ljallangan mablag’lar.
4. Shaxsiy sektor daromadlari, jamg’armalari.
5. Korxonalar faoliyati natijasida yuzaga keluvchi taksimlanmagan
foyda yoki undan foydalanish jarayonida paydo bo’luvchi bo’sh pul
mablag’lari (to’lanmagan devident va boshqalar) va boshqa bo’sh pul
mablag’lari.
Kreditlashning ko’lami va rivojalanishi kredit resurslarining xajmiga
bog’liq.
3. Kreditning asosiy tamoyillari
Kredit munosabatlari ma’lum tamoyillarga asoslanadi. Iqtisodiy
kategoriya sifatida kredit quyidagi tamoyillarga ega:
1. Kreditning qaytarilishi. Bu tamoyil kreditning umumiy belgisi
hisoblanadi, lekin u o’z-o’zidan vujudga kelmaydi. U moddiy jarayonlarga,
qiymat aylanishining tugashiga asoslanadi. Ammo doiraviy aylanishning
tugashi – bu qaytarib berish emas, qaytarib berish uchun zamin tayyorlash
hisoblanadi. qaytarib berishlik obyektiv belgi hisoblanadi va bu tamoyil
boshqa iqtisodiy kategoriyalardan, shu jumladan moliyadan farq qiladi.
Kreditning bu tamoyili amaliyotda kredit va undan foydalanganlik uchun foiz
summasini kredit bergan muassasa hisobiga ko’chirish yo’li bilan to’lanadi. Shu
yo’l bilan banklar kredit resurslarini qayta tiklanishini ta’minlaydi. Sobiq ittifoq
davrida «qaytarilmaydigan ssuda» tushunchasi mavjud bo’lib, u qishloq xo’jaligida
ham keng tarqalgan edi. Bu banklarni korxonalar moliyaviy axvolini hisobga
olmagan xolda berilib, aslida u byudjet subsidiyasining qo’shimcha shakli sifatida
namoyon bo’ladi.
2. Kreditning muddatliligi. Bu kreditning ma’lum muddatga berilishini
anglatib, u qisqa va uzoq mudatli kreditga bo’linadi. Bu muddat qarzdor
uchun xoxlagan muddatda emas, balki u shartnomada belgilangan muddat
hisoblanadi. Kreditni o’z vaqtida qaytarilishi ikkala tomon uchun ham
muhim hisoblanadi. Qarz bergan tomon uchun kreditni o’z vaqtida foiz
bilan
kaytarilishi uni
yana
kreditga
berish
imkoniyatini
yaratadi, qarzdorni esa shartnomada ko’zda tutilgan jazo choralaridan
qutultiradi.
Kreditning muddatliligi kelib tushuvchi boyliklarni tejamli va qayta ishlatish
muddatiga, ishlab chiqarilgan mahsulotni jo’natish muddatiga, tovarlarni sotish
muddatiga va pirovard natijada aylanma mablag’larni doiraviy aylanishini tezligiga
bog’liqdir.
3. Kreditni tovar-moddiy boyliklar bilan ta’minlanganligi. Bu tamoyilning
moxiyati shuki, bunda xo’jalik aylanmasida ishtirok etuvchi bank
mablag’larining bir so’miga muayyan boyliklarning har bir sumi qarama-
qarshi turishi kerak. Berilgan kreditlar tovar-moddiy boyliklari va ma’lum
harajatlar bilan ta’minlangan bo’lishi kerak. Ta’minlanmagan kreditlarning
berilishi kreditlarni bankga qaytib kelmasligiga asos hisoblanadi.
Buning uchun xozirgi sharoitda qarz oluvchilar bankga tovar yoki tovar
xujjatlarini, mulkni garovga qo’yadi. Kredit varrant (garov uchun xizmat qiluvchi
xujjat) yoki uchinchi shaxs kafolati asosida ham berilishi mumkin.
Kreditning bu tamoyili qarz oluvchi o’ziga olgan majburiyatlarini buzish sharoitida
qarz beruvchining mulkdorlik manfaatlarini ximoya kilishni ta’minlaydi va
o’zining amaliy aksini kreditning biror garov yoki moliyaviy kafolat asosida
berishda topadi. Bu umumiqtisodiy barkamolikka erishish davrida muhimdir.
4. To’lovlilik. Bu tamoyilga asosan korxonalar foydalanilgan qarz
mablag’larini hisoblangan foizi bilan to’liq o’tkazadilar. Kredit uchun xak
to’lashning iqtisodiy moxiyati qarz beruvchi va qarz oluvchi o’rtasidagi
qo’shimcha olingan foydaning taqsimlanishini qayd qilishda namoyon
bo’ladi. Xozirgi sharoitda ssuda foizi mikdori shartnomada o’z aksini
topadi va u kreditlashning o’rtacha normasi va bank marjasidan tashkil
topadi.
5. Kreditning maqsadliligi. Bu shu bilan bog’liqki, qarz oluvchi olingan
kreditni ma’lum maksadga (tovar moddiy boyliklar sotib olish, ishlab
chiqarish harajatlarini koplash va boshqalar) yo’naltirilgan bo’lishi
zarur. Bu maksadlar kredit beruvchi va kredit oluvchi o’rtasida tuzilgan
shartnomada o’z aksini topadi. Korxona olgan kreditni faqatgina kredit
shartnomasida ko’rsatilgan ishni bajarishga (sotib olishga va boshqalar)
sarflashi kerak.
6. Kreditning samaradorligi. Bu tamoyil nafaqat kredit va foiz summasini
bankga qaytarib to’lashni, balki shu kredit yordamida kreditlanadigan yoki
moliyalashtiriladigan soha, tarmoq, korxona kancha samaradorlikka
erishishini ifodalashi zarur. Shuning uchun har bir loyixa kredit hisobiga
bajariladigan boshqa tadbirlar samara beradigan bo’lsagina ularga mablag’
ajaratilishi lozim.
Binobarin samardorlik kreditning zaruriy tamoyillaridan biri bo’lib unga
rioya qilish kreditning boshqa tamoyillarining bajarilishi uchun asos hisoblanadi.
4. Kreditning shakllari va turlari
Jahon amaliyotida kreditlarni yagona, umumlashgan tasnifi yo’q. Chunki
kreditlarning turli xil shakllari har bir mamlakatning iqtisodiy rivojlanish
darajasiga, uning urf-odatlariga, axoli orasida kreditlarni berish va qaytarish
buyicha tarixan shakllangan (tovar shaklida, pul shaklida, boshqa shakllar
va shartlarda) usullariga bog’liq bo’ladi.
Umuman kreditning shakllari uning turi va usullariga ko’p jihatdan
bog’liq.
Kreditning asosiy turlari:
1. Bank krediti.
2. Davlat krediti.
3. Iste’mol krediti.
4. Tijorat krediti.
5. Lizing krediti.
6. Xalqaro kredit.
Iqtisodiyotda keng tarqalgan kredit munosabatlarining biri bank kreditidir.
Bank kreditini beruvchi kredit muassasalari kreditlash jarayonini amalga oshirish
uchun Markaziy bankdan maxsus lisenziya olgan bo’lishi zarur. Bunda kredit
munosabatlarining asosini kredit shartnomasi tashkil etadi.
Bank kreditlari quyidagi belgilari bo’yicha guruhlanadi:
1. Kreditlash obyektlarining iqtisodiy mohiyatiga ko’ra
a) tovar-moddiy boyliklar uchun beriladigan kredit.
b) ishlab chiqarish harajatlari (xom-ashyo va boshqalar) uchun
beriladigan kredit.
2. To’lash muddatiga ko’ra (qisqa, o’rta va uzoq muddatli)
a) Muddatli
b) Muddati kechiktirilgan
c) Muddati o’tgan.
3. Kreditni to’lash manbalariga ko’ra.
a) Qarz oluvchining o’z mablag’lari hisobiga.
b) Garant mablag’lari hisobidan
c) Yangi kreditlar jalb qilish hisobidan.
4. Ta’minlanganlik tamoyilining amal qilishiga qarab.
a) Bevosita to’g’ri ta’minlangan (o’z mulki va mablag’i hisobiga).
b) Bilvosita ta’minlangan kreditlar (uchinchi shaxs kafolati)
c) Ta’minlangan kreditlar (sug’urta va yuqori tashkilotlar)
5. To’lanadigan foiz darajasiga ko’ra
a) Past foiz stavkali.
b) O’rta foiz stavkali
c) Yuqori foizli
d) Foizsiz (hukumat qaroriga ko’ra ayrim sohalarni rivojlantirish
yoki tadbirlarni amalga oshirish uchun).
Bank krediti qaytarish muddatiga ko’ra qisqa, o’rta va uzoq muddatli kreditlarga
bo’linadi. Bu mezon turli mamlakatlarda turli muddatni o’z ichiga oladi. Jumladan:
Muddati
Rossiya
AQSh
Buyuk
Britaniya
Fransiya
O’zbekiston
Qisqa
1 yilgacha
1 yilgacha
3 yilgacha
1
yilgacha
1 yilgacha
O’rta
1-3 yil
1-6 yil
3-10 yil
2-7 yil
1-3 yil
Uzoq
3
yildan
ortiq
6
yildan
ortiq
10
yildan
ortiq
7 yildan
ortiq
3
yildan
ortiq
Qisqa muddatli kreditlar asosan aylanma mablag’larni moliyalashtirishga, o’rta va
uzoq muddatli kreditlar asosiy kapitalni moliyalashtirishga beriladi.
Davlat kreditining asosiy xususiyati kredit munosabatlarida davlatning
qatnashuvidir. Davlat kreditida davlatning bir tomondan qarz beruvchi va ikkinchi
tomondan qarz oluvchi sifatida ishtirok etishi, qarz beruvchi vazifasini bajara turib
davlat davlat kredit institutlari, jumladan Markaziy bank orqali iqtisodiyotning har
xil sohalarini kreditlashni o’z zimmasiga oladi. Bu markazlashgan kreditlar
iqtisodiyotning ustivor tarmoqlarini kreditlash, davlat ahamiyatiga ega bo’lgan
aniq tarmoq va sohalarga, agar byudjetdan moliyalashtirish imkoniyati
bo’lmaganda vaqtincha foydalanishga mablag’ ajratilishi mumkin.
Undan tashqari tijorat banklariga banklararo kreditlar bozorida kredit resurslarini
kim oshdi savdo yo’li bilan yoki to’g’ridan to’g’ri sotish jarayonida davlat
tomonidan mablag’lar vaqtincha foydalanish uchun berilishi mumkin.
Davlatning qarzlari ko’paygan hollarda davlat byudjeti kamomadini
moliyalashtirish maqsadida davlat qarz oluvchi sifatida davlat qarzlarini
joylashtirish jarayonini amalga oshiradi.
Davlat xazina majburiyatlarini chiqarish, moliya bozorlarida davlat qimmatli
qog’ozlarini joylashtirish, davlat zayomlarini chiqarish va sotish yo’li bilan
banklarning, aholining va boshqa moliya-kredit institutlarining pul mablag’larini
yig’adi va ularni davlat qarzi va byudjet kamomadini qoplashga sarflaydi. Davlat
o’z qarzidan voz kechishi ham mumkin.
Bundan tashqari davlatni ichki va tashqi qarzlari, davlat kafil va kreditor sifatida
ham bo’lishi mumkin.
Iste’mol kreditining xususiyati u jismoniy shaxslarga beriladi. Kreditning bu
shaklida kredit beruvchi sifatida maxsus kredit muassasalari bilan birga savdo va
xizmatlarni sotishni amalga oshiradigan jismoniy shaxslar ham bo’lishi mumkin.
Iste’mol krediti ikki shaklda: pul shaklida va tovar shaklida berilishi mumkin.
Jismoniy shaxslarga bunday kreditlar ko’chmas mulkka egalik qilish uchun, har xil
tovar va xizmatlar, uy jixozlarini sotib olish va boshqa ehtiyojlarni qondirish uchun
beriladi.
O’zbekistonda hozirgi vaqtda bunday kreditlar uy-joy sotib olish va qurishga,
avtomobil sotib olishga va boshqa maqsadlarga berilmoqda. Mamlakatimizda
2001-2002 o’quv yilidan boshlab talabalarga o’qish xizmati uchun «Oltin davrim»
krediti berilmoqda.
AQShda bu sohaga kam foizli yiliga 2500 dollar, oxirgi kursda 5000 dollar
miqdorida kredit berilib talaba uni o’qishni tugatib ishlash davomida uzadi.
Tijorat krediti iqtisodiyotda kredit munosabatlarining vujudga kelishining dastlabki
shakllaridan hisoblanadi. Tijorat kreditining obyekti bo’lib sotiladigan tovarlar,
subyekti bo’lib mol yetkazib beruvchi va mol sotib oluvchi korxonalar
hisoblanadi. Bu kreditning asosiy maqsadi tovarlarni sotishni tezlashtirish va shu
orqali foyda olishdan iborat.
Tarixan tijorat kreditining quyidagi usullari mavjud:
1. Veksel usuli
2. Ochiq schyot orqali
3. Chegirma berish.
4. Mavsumiy
5. Konsignasiya
Veksel bu qarz majburiyati bo’lib, qarz oluvchi o’z zimmasiga qarzni ko’rsatilgan
so’mmada, ko’rsatilgan shartlarda, belgilangan muddatda to’lash majburiyatini
oladi.
Amaliyotda vekselni oddiy va o’tkazma turlari mavjud.
Oddiy vekselni qarz oluvchi korxona qarz beruvchi korxonaga beradi va tovarlar
va ko’rsatilgan xizmatlar uchun unga to’lash majburiyatini o’z zimmasiga oladi.
O’tkazma vekselda (bu hujjat tratta ham deyiladi) kreditor tomonidan belgilangan
tovar va xizmatlar so’mmasi uning topshirig’iga asosan uchinchi shaxsga yoki
vekselni ko’rsatuvchiga o’tkazilishi lozim va hokazo.
Ochiq schyot orqali hisoblashilganda haridor tovarga buyurtma berilishi bilan
yuklab jo’natiladi, to’lov esa o’rnatilgan muddatlarda kelishilgan summa
chegarasida vaqti-vaqti bilan amalga oshirilib boriladi. Bunda haridor har gal
tovar olishda kreditni rasmiylashtirib o’tirmaydi, ya’ni kreditga murojaat qilmaydi.
Chegirma berish usulida haridor to’lov hujjatlari yozilgandan so’ng, shartnomada
kelishilgan ma’lum davr ichida to’lovni amalga oshirsa to’lov yig’indisidan
chegirma beriladi. Agar ushbu davrda to’lay olmasa, unda belgilangan muddatda
to’lovni to’liq amalga oshiradi.
Mavsumiy kredit odatda o’yinchoqlar, suvenirlar va boshqa xalq iste’mol mollarini
sotishda qo’llaniladi. Masalan, o’yinchoqlarni vaqtidan oldin olib yangi yil o’tgach
yanvar-fevral oyida to’laydi. Buni ishlab chiqaruvchilar uchun qulayligi ular
o’yinchoqlarni omborlarda saqlash harajatlaridan xolos bo’ladilar.
Konsignasiya usulida tovarni sotib oluvchilar hyech qanday majburiyatsiz sotib
oladilar, ya’ni tovarlar sotilganidan keyin puli to’lanadi, agar u sotilmay qolsa
egasiga qaytarib beriladi.
Xorijiy mamlakatlarda tijorat kreditidan keng foydalaniladi. MDH mamlakatlari
amaliyotida tijorat kreditidan kam foydalaniladi. Umuman jaxon amaliyotida ham
tijorat kreditining ochiq schyot, konsignasiya, chegirma berish usullari kengroq
foydalaniladi.
Tijorat kreditining salbiy tomoni bo’lib tovarlarni kreditga bergan tashkilot unga
pul tushgunga qadar mablag’ga muxtoj bo’lishi, uni o’zi kreditga murojaat qilishga
majbur bo’lishi mumkin. Shuning uchun ham korxonalarni tijorat kreditidan
foydalanishi bank kreditidan foydalanishni inkor qilmaydi.
Yuqorida ko’rsatilgan kamchiliklarni hisobga olmagan holda tijorat krediti
tovarlar sotish jarayonini tezlashtirishda va korxonalarning aylanma mablag’larini
xo’jalik faoliyatidan tezroq bo’shashini ta’minlashda katta ahamiyatga ega.
Kreditning xalqaro kredit shakli bilan fanning «Xalqaro kredit va uning tashqi
iqtisodiy munosabatlarining riojlantirishdagi o’rni» mavzusida, lizing krediti bilan
fanning «Banklar va bank tizimi» mavzularida batafsil tanishish mumkin.
5.Kreditning chegaralari. Kredit foizi va unga ta’sir qiluvchi omillar.
Kredit munosabatlarining subyektlarga yoki kreditlarning turlariga nisbatan aniq
ko’rsatkichlar shaklida belgilab qo’yiladigan kreditdan foydalanishning qat’iy
chegarasi kreditlash chegarasi deyiladi. Masalan, kreditning hajmi va yalpi ijtimoiy
mahsulot hajmi o’rtasidagi nisbatdan foydalanib kredit chegarasini belgilash
mumkin. Bu ko’rsatkichning optimal darajasi korxonani kreditga layoqatligini
hisobga olgan holda kreditlashdir. Bunga har xil normativlarni qo’llash, bir
mijozga beriladigan kredit miqdorini cheklash kabi tadbirlarni kiritish mumkin.
Kreditning quyidagi chegaralari mavjud:
Kreditning ichki chegarasi - kreditning turli shakllarga ega ekanligidan kelib
chiqadi (banklar, tijorat va boshqalar). Kreditning ichki chegarasi miqdor jihatdan
kreditning har bir shakliga bo’lgan talabga, korxona va xalq xo’jaligining
ehtiyojiga va kredit resurslarining mavjudligiga bog’liq
1. Kreditning qayta taqsimlash chegarasi
iqtisodiyotda mavjud kredit resurslarining hajmi bilan
belgilanadi.
2. Kreditning
antisipasiyaviy
chegarasi.
Kredit yordamida pul jamg’armalarini hosil qilish
imkoniyatlarini so’ngi chegarasi antisipasiya deb
yuritiladi va bu imkoniyat uning barcha shakllarida
namoyon bo’ladi.
Kreditning asosiy sharti - bu qarz uchun haq to’lash. Bu xaq qarz
summasining yig’indisiga nisbatan foiz hisobida olinganidan uni qarz foizi yoki
kreditning foiz stavkasi deb yuritiladi. Foiz miqdori kreditning turi, uni to’lash
muddati, olingan qarzni o’z vaqtida uzilishiga bog’liq. Masalan, tijorat kreditining
foiz stavkasi odatda, bank kreditining foiz stavkasidan past bo’ladi.
O’zbekiston
Respublikasi hududida banklar tomonidan xo’jalik
subyektlarini qisqa muddatli kreditlashni tashkil etish tartibi to’g’risidagi
Nizomga binoan (Toshkent, 2001 y) foiz stavkasi bank bo’yicha hisobot oyi
boshiga bo’lgan o’rtacha foiz stavkasiga Markaziy bank tomonidan tartibga
solinadigan foyda normasini hisobga olgan holda belgilanadi.
Adabiyotlarda kreditning nominal va real foiz stavkalari tushunchalari
mavjud. Nominal foiz stavkasi deganda kredit shartnomasi- da ko’zda tutilgan foiz
stavkalari tushuniladi.
Dostları ilə paylaş: |