kreditlash ob’ektlarining iqtisodiy mohiyatiga qarab:
*tovar moddiy boyliklari uchun beriladigan kreditlar;
*ishlab chiqarish xarajatlari (mahsulotning yangi turini o‘zlashtirish).
Kreditga bo‘lgan talab qaysi usulda va muddatda, kim tomondan
qondirilishiga va qarz oluvchilarga taklif qilinishiga qarab, kredit bir necha tur va
shakllarga bo‘linadi.
Uzoq davrlardan buyon kreditning quyidagi turlari qo‘llanilib kelinmoqda.
3.
Qisqa muddatli kreditlash;
4.
Uzoq muddatli kreditlash.
Qisqa muddatli kreditlashda kreditlar bir necha oylardan bir yilgacha
bo‘lgan muddatga beriladi. Bu turdagi kreditlar ishlab chiqarish aylanma fondlari
va muomala fondlarining doiraviy aylanishining uzluksizligini ta’minlaydi. Bizga
malumki, aylanma fondlarning doiraviy aylanishi deyarli barcha ishlab chiqarish
sohalarida bir yil va undan kamroq vaqt davom qiladi. Bir yil fondlar
aylanishining tabiiy o‘lchovi sifatida xizmat tiladi. SHuning uchun ham bir yil
qisqa va uzoq muddatli kreditlashning chegarasi bo‘lib xizmat qiladi. Qisqa
muddatli kreditlar o‘z tabiatiga qarab quyidagi turlarga bo‘linadi:
2.
kreditlash ob’ektlarining iqtisodiy mohiyatiga qarab:
*tovar moddiy boyliklari uchun beriladigan kreditlar;
*ishlab chiqarish xarajatlari (mahsulotning yangi turini o‘zlashtirish,
mavsumiy xarajatlarni amalga oshirish bilan bog‘liq xarajatlarni) uchun
beriladigan kreditlar;
*hisob kitoblarni amalga oshirish uchun beriladigan kreditlar (akkreditiv
ochilganda, tayyor mahsulotni jo‘natganda va boshqa hollarda).
2.
To‘lash muddatiga qarab:
*muddatli, muddati kechiktirilgan va muddati o‘tib ketgan kreditlar.
3.
Kreditni to‘lash manbalariga qarab:
*qarz oluvchining o‘z mablag‘lari hisobidan;
*garant mablag‘lar hisobidan;
*yangi kreditlar jalb qilish hisobidan.
4.
Ta’minlanganlik tamoyilining amal qilishiga qarab:
*to‘g‘ridan-to‘g‘ri ta’minlanganlikka ega bo‘lgan kreditlar;
*egri (biror korxona va tashkilot vositasida) ta’minlanganlikka ega bo‘lgan
kreditlar;
*ta’minlanmagan kreditlar.
5.
To‘lanadigan foiz darajasiga qarab:
*o‘rtacha (normal) foiz stavkali;
*yuqori foizli;
*past foiz stavkali;
*foizsiz kreditlarga bo‘linadi.
Uzoq muddatli kreditlashda, kreditlar bir yildan ortiq muddatga beriladi.
Uzoq muddatli kreditlar asosan asosiy fondlarni takror ishlab chiqarish va ular
bilan bog‘liq sohalarni ta’minlashga ishlatiladi. Hozirgi davrda uzoq muddatli
kreditlar banklar tomonidan juda kam miqdorda berilsada, ular kapital
qo‘yilmalarini, loyihalarni moliyalashtirishning asosiy manbai sifatida davlatimiz
iqtisodini rivojlantirishda katta ahamiyat kasb etmoqda. Uzoq muddatli kreditlar
xo‘jalik tashkilotlari tomonidan quyidagi ob’ektlar uchun jalb qilinishi mumkin:
qayta tiklashga kapital xarajatlarni amalga oshirish uchun;
harakatdagi asosiy fondlarni kengaytirish va moderinizatsiya qilish bilan
bog‘liq xarajatlar uchun;
yangi qurilish va qo‘shimcha yuqori samarali tadbirlar bo‘yicha
xarajatlarni amalga oshirish uchun;
yangi fan, ilmiy texnika sohasida tadqiqodlar olib borish va yutuqlarini
ishlab chiqarishga joriy qilish uchun va boshqalar.
Kredit munosabatlarining sub’ektlari va ob’ektiga, foiz stavkasiga va
kreditning harakat doirasiga qarab, kreditning quyidagi mustaqil shakllari
amaliyotda qo‘llanilishi mumkin. Bular bank krediti, tijorat krediti, ist’emol
krediti, davlat krediti, xalqaro kredit. Amaliyotda kreditning har bir shakli ham bir
necha bo‘laklarga bo‘linishi mumkin.
Bank krediti. Iqtisodiyotda keng tarqalgan kredit munosabatlarining
shakllaridan biridir. Uning ob’ekti pul mablag‘larini bevosita ssudaga berish
jarayoni hisoblanadi. Bank kreditini beruvchi kredit muassasalari kreditlash
jarayonini amalga oshirish uchun Markaziy bankdan maxsus litsenziya
(ruxsatnoma) olgan bo‘lishlari zarur. Qarz oluvchi sifatida yuridik shaxslar, aholi,
davlat,
xorijiy
davlat
mijozlari ishtirok
qilishlari
mumkin.
Kredit
munosabatlarining vositasi bo‘lib, kredit shartnoma yoki kredit kelishuvi
hisoblanadi. Bu kredit turi bo‘yicha olinadigan daromad yoki stavka tomonlar bilan
kelishiladi va bank foizi yoki ssuda foizi ko‘rishida bo‘ladi.
Jahon amaliyotida bank kreditidan foydalanishda uning turli xil
xususiyatlari hisobga olinadi.
Qisqa muddatli bank kreditlari qarz oluvchi korxonaning xo‘jalik
faoliyatida aylanma mablag‘lar etishmovchiligini to‘ldirish uchun qo‘llaniladi.
Bozor iqtisodiyoti tamoyillariga mos keluvchi bunday jarayonning bo‘lishi ssuda
kapitali bozorida mustaqil segment pul bozorining yuzaga kelishiga olib keladi.
Qisqa muddatli kreditlar fond bozorida, savdo va xizmatlar ko‘rsatishda,
banklararo kreditlash rejimida ko‘proq qo‘llaniladi.
Hozirgi sharoitda qisqa muddatli kreditlar quyidagi ko‘rsatkichlar bilan
xarakterlanadi:
kreditlarning juda qisqa muddatlarga (ba’zida bir oygacha muddatga)
berilishi;
kreditning muddati va foiz stavkasining bir-biriga teskari proporsional
(kreditning muddati juda qisqa bo‘lsada, foiz stavkasi juda yuqori) bo‘lishi;
ishlab chiqarish sohasidan ko‘proq muomala sohasiga xizmat
ko‘rsatish;
Hozirgi vaqtda bir yil muddatga beriladigan kreditlardan tijorat xarakteridagi
faoliyatini amalga oshirish, agrar sektorda va investitsiyalarni talab qiluvchi
innovatsion jarayonlarni kreditlashda keng foydalanilmoqda.
Uzoq muddatli kreditlar asosiy fondlar xarakatini ta’minlaydi va ular kredit
resurslarning katta hajmi bilan ajralib turadi. Uzoq muddatli kreditlar 1 yildan ortiq
muddatga, davlat tomonidan tegishli moliyaviy kafolatlarni olgan holda,
kreditning muddati 10 yil va undan ortiq muddatga uzaytirilishi mumkin.
Qarzni to‘lash usuli.
Qarzdor tomonidan bir martada to‘liq summada to‘lanadigan kreditlar. Bu
usul qisqa muddatli kreditlarni qaytarishning an’anaviy usuli hisoblanib, huquqiy
jihatdan rasmiylashtirilishi juda sodda mexanizmga ega bo‘ladi, chunki bu
usulda tabaqalashtirilgan foiz stavkasini hisoblash mexanizmini qo‘llash talab
qilinmaydi.
Kreditni to‘lashda kredit shartnomasida ko‘rsatilgan muddat davomida
bo‘lib bo‘lib to‘lanadigan kreditlar bo‘lishi mumkin. Qarzni to‘lashning bu usulida
kreditni qaytarishning aniq shartlari kredit shartnomada keltirilgan bo‘ladi.
Kreditni bo‘lib bo‘lib to‘lash usuli ko‘pincha uzoq muddatli kreditlarni to‘lashda
ishlatiladi.
Kredit bo‘yicha foizni undirib olish usuli
Amaliyotda olingan kreditlar bo‘yicha foiz stavkalarini to‘lashning bir
necha xil usullari mavjud:
*Kreditni to‘lash muddati kelganda foiz stavkasini ham qo‘shib to‘lash
usuli. Bu usul bozor iqtisodi yaxshi taraqqiy qilgan mamlakatlarning xo‘jalik
tashkilotlari faoliyatida keng qo‘llaniladigan ananaviy usul bo‘lib, u hisob-kitob
xarakteri jihatidan oddiy bo‘ladi. Bu usul ko‘proq qisqa muddatli ssudalarni
to‘lashda qo‘llaniladi.
*Kredit shartnomasida ko‘rsatilgan muddat davomida bir tekisda qarz
oluvchi
tomonidan to‘lanadigan
kredit
bo‘yicha foizni
undirib
olish
usuli Amaliyotda bu usul uzoq muddatli kreditlarni to‘lashda qo‘llaniladigan
ananaviy usuldir va tomonlar kelishgan holda kredit bo‘yicha foizlarni to‘lashga
har xil yondashishlari mumkin. Masalan, kredit uzoq muddatga berilgan bo‘lsa,
kredit bo‘yicha foiz stavkasini to‘lashni kreditdan foydalanib boshlaganidan bir
yoki ikki yil o‘tgandan keyin belgilab berish mumkin.
*Qarz
oluvchiga
kredit
berilayotgan
vaqtda
kredit
uchun
to‘lanadigan foiz bevosita bank tomonidan ushlab qolinadigan kreditlar. Kredit
uchun foiz stavkasini bu usulda to‘lash rivojlangan bozor iqtisodiyoti
sharoitiga mos kelmaydi va u uchun xarakterli emas. Bu usul faqat sudxo‘rlik
kapitalida ishlatiladi. Mamlakatda iqtisodiy holat nobarqaror bo‘lganida banklar
qisqa muddatli kreditlashni va kreditlar bo‘yicha foizlar to‘lashni shu usulda olib
borganlari ular uchun qulay hisoblanadi va amaliyotda shu usuldan keng
foydalanadilar.
Ta’minlanganlikning mavjudligi.
Ishonchli kreditlar va ularning qaytarilishini ta’minlovchi birdan-bir garov
shakli bevosita kredit shartnomasi hisoblanadi. Kredit shartnomasi shartlarining
bajarilishini kredit ta’minlanganligining sharti sifatida qabul qilish, xorijiy
banklar tomonidan cheklangan xajmda, ishonchga sazovor bo‘lgan doimiy
mijozlarni qisqa muddatli kreditlash jarayonida qo‘llaniladi. Uzoq muddatli
kreditlashda ham berilgan kreditlarni sug‘urta qilish sharti bilan istisno tariqasida
qo‘llanilishi mumkin. Odatda sug‘urta qilish, qarz oluvchi hisobidan amalga
oshiriladi. Bizning amaliyotimizda bu bazi hollarda tijorat banklari tomonidan
o‘z sho‘‘balarini va muassasalarini kreditlashda qo‘llanilishi mumkin.
YAxshi ta’minlangan kreditlar. Bunday kreditlar zamonaviy bank
kreditining asosiy turi sifatida ta’minlangan ssudalar hisoblanadi. Ta’minlanganlik
sifatida qarz oluvchining har xil shakldagi mulki, ko‘proq - ko‘chmas mulki va
uning ixtiyoridagi qimmatli qog‘ozlar, boshqa mulk shakllari bo‘lishi mumkin.
Qarz oluvchi o‘z majburiyatlarini bajara olmagan hollarda ta’minlanganlik asosi
bo‘lgan mulk bank ixtiyoriga o‘tadi va bank uni sotib etkazilgan zararlarni
qoplash huquqiga ega bo‘ladi. Bank tomonidan berilayotgan kredit miqdori taklif
etilayotgan ta’minlanganlikning o‘rtacha bozor narxidan past bo‘ladi va mulk
bahosi tomonlarning kelishuvi natijasida aniqlanadi.
Kreditning ta’minlanganligi uchun qabul qilinadigan mulk tez sotiladigan,
oldin biror majburiyat bo‘yicha garovga qo‘yilmagan, korxonaga tegishli bo‘lgan
mulk bo‘lishi kerak.
Uchinchi shaxsning moliyaviy kafolati yoki kafilligi bilan beriladigan
ssudalar. Kredit boshqa bir tashkilotning kafolati asosida beriladi. Kafolat
beruvchi korxona yoki muassasa, agar qarz oluvchi kredit shartnomasida
ko‘rsatilgan shartlarni vaqtida bajarmasa, shu tufayli bank ko‘rgan zararlarni
qoplashga kafillik beradi va faoliyat davomida haqitatda shunday ahvol ro‘y
bersa o‘z mablag‘lari hisobidan zararni qoplab beradi. Moliyaviy kafillik beruvchi
tomon sifatida yuridik shaxslar, shuningdek turli darajadagi davlat hokimiyati
organlari ishtirok qilishlari mumkin.
Bank kreditining maqsadliligi
Jahon amaliyotida umumiy biror ehtiyojni qoplash uchun ishlatiladigan
kreditlar
mavjud.
Bunda bank tomonidan
beriladigan kreditlar
qarz
oluvchining moliyaviy resurslarga bo‘lgan turli ehtiyojlarini qondirish uchun o‘z
ixtiyori bo‘yicha ishlatiladi. Hozirgi sharoitda ular qisqa muddatli kreditlash
soxasida cheklangan tarzda qo‘llaniladi, o‘rta va uzoq muddatli kreditlashda
umuman qo‘llanilmaydi. Bizning amaliyotimizda banklar tomonidan biror
maqsadni amalga oshirish uchungina kreditlar beriladi.
Kreditning qaysi maqsad uchun berilayotganligi kredit shartnomasida
ko‘rsatiladi va bank tomonidan berilgan resurslar qarz oluvchi tomonidan
faqatgina shartnomada ko‘rsatilgan masalani hal etish uchun ishlatiladi. (masalan,
olinayotgan tovarlar bo‘yicha hisoblashish, ish xaqi to‘lash va x.k. uchun)
Qarz oluvchi tomonidan ko‘rsatilgan majburiyatlarning buzilishida bitimda
ko‘rsatilgan jarimalar qo‘llaniladi.
Qarz oluvchilarning kategoriyalari.
O‘zining faoliyat doirasiga qarab qarz oluvchi korxona va tashkilotlar bir
necha guruhlarga bo‘linishi mumkin. Masalan agrar sohada kreditlar oluvchilar.
Bu sohaning bo‘lishi - maxsus kredit muasasalari - agrobanklarning, keyinchalik
qishloq xo‘jaligi sohalariga xizmat ko‘rsatuvchi boshqa banklar Paxtabank,
G‘allabank va boshqa shu turdagi banklarning tashkil topishini belgilab beruvchi
asos hisoblanadi. Bu banklar faoliyatining o‘ziga xos xususiyati qishloq xo‘jaligi
ishlab chiqarishi bilan bog‘liq bo‘lgan mavsumiylikni e’tiborga olgan holda
kreditlash hisoblanadi.
Tijorat sohasi uchun kreditlar berish. Bu soha bo‘yicha kreditlar savdo va
xizmat ko‘rsatish sohasida faoliyat ko‘rsatuvchi xo‘jalik sub’ktlariga beriladi. Bu
kreditlar tez aylanib kelish xususiyatiga ega bo‘lib, tijoratchilar ehtiyojini
qondirishda katta ahamiyatga egadir.
Bank
tomonidan
kreditlar qimmatli qog‘ozlar bo‘yicha
oldi-sotdi
operatsiyalarini amalga oshiruvchi, fond birjasi vositachilari: broker, makler, diler
firmalariga beriladi.
Ko‘chmas mulk uchun ipoteka kreditlari berilishi mumkin. Ular ham
oddiy, ham ixtisoslashgan ipoteka banklari tomonidan beriladi. Bu hozirda xorij
amaliyotida keng tarqalgan bo‘lib, hatto ba’zi manbalarda kreditning alohida shakli
sifatida namoyon bo‘ladi. Bizning amliyotimizda esa bu faqatgina 1996 yildan
boshlab keng tarqala boshladi. Xususiylashtirish jarayonining rivojlanishi, mulkka
egalik asoslarining qonunlashtirilishi ipoteka kreditini yanada ravnaq topishiga olib
keldi.
Banklararo kreditlar - bank kreditining keng tarqalgan shakllardan biri.
Banklararo kreditning joriy stavkasi ma’lum bir tijorat bankning boshqa
turlardagi ssudalar berish siyosatini aniqlab beruvchi muhim omil hisoblanadi. Bu
normaning aniq miqdori (hisob stavkasi) Markaziy bank tomonidan belgilanadi.
|