Xulosa
Hisob-kitob natijalariga ko‘ra, uch ish kuni
mobaynida tijorat banklari
maxsus zaxiralar summasiga etmayotgan miqdordagi mablag‘larni majburiy zaxira
depozitiga o‘tkazishi yoki tijorat banklarining asoslantirilgan murojaatiga ko‘ra
Markaziy bank tomonidan ortiqcha mablag‘lar banklarga qaytariladi.
SHuningdek, yangi kiritilgan o‘zgartirishlarga ko‘ra, Markaziy bank tijorat
banklari kredit portfelini tahlil qilgan holda, tijorat banklariga qo‘shimcha ravishda
aktivlar bo‘yicha ehtimoliy yo‘qotishlarga qarshi zaxiralar shakllantirish yuzasidan
ijro etilishi majburiy bo‘lgan ko‘rsatmalar yuborishi mumkin. O‘z navbatida, agar
tijorat banklari yuqorida keltirilgan talablariga amal qilmagan taqdirda,
Markaziy
bank majburiy zaxira depozitiga o‘tkazilishi lozim bo‘lgan mablag‘larni bankning
Markaziy bankdagi vakillik hisobvarag‘idan undirib oladi va bankka nisbatan
O‘zbekiston Respublikasining «O‘zbekiston Respublikasining Markaziy banki
to‘g‘risida»gi Qonunining 53-moddasiga muvofiq tegishli
chora va sanksiyalarni
qo‘llaydi. Bundan tashqari, yangi kiritilgan o‘zgartirishlar va qo‘shimchalarga
ko‘ra, bank tomonidan ajratilayotgan barcha kreditlar bo‘yicha to‘lovlar kredit
shartnomasining butun amal qilish muddatiga taqsimlangan holda bo‘lib-bo‘lib
to‘lanishi belgilab qo‘yildi. Ushbu qoida banklarda muammoli kreditlarning paydo
bo‘lishiga yo‘l qo‘ymaslik yuzasidan ogohlantiruvchi
belgi sifatida xizmat
qiladi. SHu bilan birgalikda, kiritilgan o‘zgartirishlar ko‘ra, tijorat banklari o‘z
aktivlari sifatini tasniflash bo‘yicha bir qator yangiliklar kiritildi. Jumladan, eski
qoidalarga ko‘ra, 30 kungacha to‘lov muddati o‘tgan kreditlar «standart», 90
kungacha to‘lov muddati o‘tgan kreditlar «substandart» va 180 kundan ortiq kunga
to‘lovi kechiktirilgan kreditlar «umidsiz» sifatida tasniflangan bo‘lsa,
yangi
tartibga ko‘ra shartnoma muddatida to‘lanmagan va grafik bo‘yicha asosiy qarz va
foizlar bo‘yicha oraliq to‘lovlar 180 kundan kechiktirilgan barcha kreditlar
«umidsiz» sifatida tasniflanadi. Bundan tashqari,
sud jarayonidagi aktivlar,
qarzdorning moliyaviy holati yomonligi va to‘lovga qobiliyatsizligi sababli to‘lov
muddati uzaytirilgan aktivlar hamda bank faoliyatida foydalanilmaydigan,
muammoli kreditlarni qoplash uchun olingan mulklar, ular bank balansiga olingan
kundan boshlab uch oy muddatda sotilmagan aktivlar ham «umidsiz» sifatida
tasniflanadi. Mazkur qoidalarning joriy qilinishi tijorat banklari aktivlar sifatining
yanada
oshishiga, muammoli kreditlarni paydo bo‘lishini dastlabki vaqtlarda
aniqlashtirishga imkoniyatlarni yaratadi, pirovardida
tijorat banklarining
omonatchilari va kreditorlarining manfaatlarini yanada himoya qilinishini
ta’minlaydi.