blokcheyn - bu ma'lumotlarni va ushbu ma'lumotlarni qayta ishlash haqidagi ma'lumotlarni saqlash texnologiyasi. Blokcheyn bazasi qayerda saqlanadi?
Blokcheyn bazasi xohlagan joyda saqlanishi mumkin va saqlanmoqda ham. Blokcheynning to'liq joriy versiyasini saqlaydigan tarmoqning maxsus tugunlari mavjud. Blokcheyn aynan shu blokli tugunlarda saqlanadi. Blokcheyn dasturini smartfoningizga yoki shaxsiy kompyuteringizga ochiq manbalardan yuklab olishingiz mumkin. Maxsus dasturda siz saqlab qo’yishingiz mumkin bo’lgan barcha ma’lumot yoki raqamli oltin himoyalanadi
Blokcheyn texnologiyalari (malumotlarning taqsimlangan reyestri texnologiyalari), suniy aql, superkompyuterlar imkoniyatlaridan foydalanish, shuningdek, kripto-aktivlar boyicha faoliyat jahonning koplab mamlakatlarida raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yonalishlaridan biri hisoblanadi. Blokcheyn texnologiyalari nafaqat iqtisodiyotning koplab sektorlariga, balki davlat boshqaruvi tizimiga va boshqa jamoatchilik munosabatlariga asta-sekin joriy etilmoqda.
Blockchain texnologiyasini nafaqat moliyaviy sohada, balki quyidagi sohalarda ham muvaffaqiyatli qo'llash mumkin:
• Mualliflik huquqini himoya qilish;
• Shaxsni identifikatsiyalash;
• Saylov jarayonlari;
. Yurisprudensiya;
. Boshqaruv;
• Ko'chmas mulk bozori;
• Birja;
• Xizmat ko'rsatish.
Blokcheyn texnologiyasi quyidagicha printsiplarni o’z ichiga oladi. Taqsimlash Ochiqlik Xavfsizlik
Blokcheyn texnologiyasi tizimlaridagi foydalanuvchilar ikkita
guruxga bo’linadi.
1. Tizimdagi yangi bloklarni hosil qiluvchi tizim foydalanuvchilar
2. Tarmoqdagi umumiy bloklarni shakllantiruvchi maynerlar
Nega aynan blokcheyn?
Blokcheyn tizimi ko'pincha dunyoni o'zgartirish qobiliyatlari tufayli Internet bilan taqqoslanadi. Masalan, ish haqini to'lash yoki xonadonni sotish uchun, maxsus xodimlar va tasdiqlash uchun katta advokatlar, notariuslar, boshqarma boshliqlari, bankirlar va boshqa mutasaddi xodimlar faoliyat olib borishlari shart. Blokcheyn texnologiyasi barcha ishlarni to'liq avtomatik ravishda o’zi amalga oshiradi, shu bilan vositachilarga bo'lgan ehtiyojni bartaraf etadi.Tizim o’rtakashlarning ishini ham bevosita o’zi bajaradi. Blokcheyn qayerda foydalanilmoqda?
Blokcheyn texnologiyasi har qanday kriptovalyuta faoliyatlari bilan bog’liq bo’lgan joylarda ishlatiladi. Bundan tashqari, blokcheyn tizimi dunyodagi bir qancha mamlakatlarning banklar tizimida, mulk huquqlarini ro'yxatga olish tizimlarida va turli davlat reyestrlarida faol ishlatilinmoqda. Bunga misol qilib, Tunis shahrida milliy valyutaning raqamli na’munasi blokcheyn tizimiga o'tkazildi.