Ктq: «Interest» ( «InterestInWords» )


III. TOMONLАRNING HUQUQ VА MАJBURIYATLАRI



Yüklə 244,15 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/8
tarix05.05.2023
ölçüsü244,15 Kb.
#107934
1   2   3   4   5   6   7   8
contractuz-latn-uz-1

III. TOMONLАRNING HUQUQ VА MАJBURIYATLАRI 
3.1. Bank huquqlari: 
3.1.1. Zarur hollarda qarz oluvchidan onlayn mikrokredit mablagʼlaridan foydalanganligi 
haqida maʼlumot soʼrash, shu jumladan onlayn mikrokredit mablagʼlarining maqsad va sabablari 
toʼgʼrisida ogʼzaki / yozma tushuntirishlar olish. Agar Qarz oluvchi tomonidan tegishli 
tushuntirishlar berilmasa, haqiqiy kelishuvning 2.1.2 -bandda ko'rsatilgan muddatga Bankda 
ochilgan hisobvaraqlar bo'yicha operatsiyalari to'xtatib turilsin. 
3.1.2. Bank quyidagi hollarda qarz oluvchidan onlayn mikrokredit muddatidan oldin 
toʼlashni (hisoblangan foizlarni hisobga olgan holda) talab qilishga haqlidir:
3.1.2.1. Qarz oluvchi tomonidan ushbu shartnoma, Bosh shartlar va Ariza/Buyurtma 
boʼyicha qabul qilingan majburiyatlarning buzilishi, bajarilmasligi va / yoki lozim darajada 
bajarilmaganligida; 
3.1.2.2. Ushbu shartnoma va Bosh shartlardan kelib chiqadigan onlayn mikrokredit 
boʼyicha asosiy qarzni, foizlarni, boshqa toʼlovlarni oʼz vaqtida qaytarmasligida; 
3.1.2.3. Bosh shartlarda va Oʼzbekiston Respublikasining amaldagi qonun hujjatlarida 
nazarda tutilgan boshqa hollarda. 
3.1.3. Qarz oluvchidan onlayn mikrokredit toʼlovlarini va boshqa toʼlovlarni, zudlik bilan, 
muddatidan oldin toʼlashni talab qilish, agar quyidagi holatlar yuz bersa va davom etsa:
3.1.3.1. Qarz oluvchining har qanday kredit qarzi boʼyicha (ushbu shartnoma bundan 
mustasno) majburiyatlarni bajarmaslik;
3.1.3.2. Qarz oluvchining har qanday davlat organi tomonidan mol mulkni yoki boshqa 
aktivlarini toʼliq yoki har qanday muhim qismini musodara qilish, milliylashtirish yoki boshqa 
yoʼl bilan ekspluatatsiya qilish, Qarz oluvchining mol-mulkini va boshqa aktivlarini saqlash yoki 
nazorat qilish, yoki Qarz oluvchining onlayn mikrokreditini toʼlashga toʼsqinlik qiladigan har 
qanday harakatlarda



3.1.3.3. Qarz oluvchi yoki unga bogʼliq boʼlgan uchinchi shaxslarga nisbatan har qanday 
tarzda sud jarayoni yoki jinoiy ishlar boʼyicha fuqarolik ishlari yuritilsa, agar bu Qarz oluvchining 
toʼlov qobiliyatiga taʼsir koʼrsatishi mumkin boʼlsa. 
3.1.3.4. Bankda firibgarlikka qarshi kurashish borasida bankning ichki siyosati va 
tamoyillariga muvofiq ushbu shartnoma bo'yicha olingan mablag'lardan foydalanish / tasarruf 
etish borasida shubha tug'ilsa. 

Yüklə 244,15 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin