5.4. Bank va Qarz oluvchining ushbu shartnomada nazarda tutilmagan javobgarlik
choralari Oʼzbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiq qoʼllaniladi.
5.5. Ushbu shartnomadan kelib chiqadigan yoki u bilan bogʼliq barcha nizolarni Bank va
Qarz oluvchi ikki tomonlama muzokaralar orqali hal qilishga harakat qiladi. Аgar nizo tinch yoʼl
bilan hal etilmasa, u holda nizo Bankning davlat roʼyxatiga olingan joyidagi Oʼzbekiston
Respublikasining tegishli fuqarolik sudida hal qilishi kerak
5.6. Ushbu shartnomada va Bosh shartlarda koʼzda tutilmagan hollarda, Bank va Qarz
oluvchi Oʼzbekiston Respublikasining amaldagi qonunchiligiga asoslanadi.
VI. BOSHQA SHARTLAR 6.1. Qarz oluvchi Bank tomonidan quyidagi harakatlarga soʼzsiz huquq va rozilik beradi:
6.1.1. Ushbu shartnomada, shuningdek, bank maʼlumotlar bazasida va / yoki kredit
byurosining (keyingi oʼrinda byuro) maʼlumotlar bazalarida saqlanayotgan qarz oluvchining
maʼlumotlarini Oʼzbekiston Respublikasi qonun hujjatlarida nazarda tutilgan qoidalarga muvofiq
kredit layoqatini baholash maqsadida qayta ishlash. Qarz oluvchi Oʼzbekiston Respublikasi qonun
hujjatlarida nazarda tutilgan huquqlardan xabardor boʼlib, unga muvofiq qarz oluvchining
iltimosiga koʼra, maʼlumotlar ishlov beruvchisi toʼliq boʼlmagan, noto’gʼri, eskirgan yoki
noqonuniy ravishda olingan va qayta ishlangan, maʼlumotlarni toʼgʼirlashi, yangilashi, qoʼshishi,
bloklashi, yoʼq qilishi lozim va bu bir martalik kelishuv shartnomaning majburiyatlari / amal qilish
muddati tugaguniga qadar amal qiladi;
6.1.2. Qarz oluvchining to’lov qobiliyatini skoring modellari bilan baholash jarayonida
Bank Qarzdor haqidagi erkin/ochiq foydalanishda bo’lgan har qanday turdagi ma’lumotlardan,
shuningdek, ushbu turdagi xizmat ko'rsatuvchilardan olingan ma'lumotlar, agar ushbu
ma'lumotlarni olish va ulardan foydalanish O'zbekiston Respublikasi qonunchiligiga zid bo'lmasa
foydalanish huquqiga ega.
6.1.3. Qarz oluvchining ushbu shartnoma va Bosh shartlar boʼyicha majburiyatlarini
bajarish masalasida telefon raqamlariga, ijtimoiy tarmoqlarga qoʼngʼiroqlarini amalga oshirish va
ularni yozib olish, qarzdorning maʼlum bank manzillari (rekvizitlari) boʼyicha xatlar, elektron va
SMS xabarlarni yuborish;