Apellyatsiya instansiyasi sudida ish yuritishning ahamiyati, mohiyati vakolatlari va apellyatsiya instansiyasi sudining qarorlari. Reja: Kirish



Yüklə 120 Kb.
səhifə1/3
tarix25.04.2023
ölçüsü120 Kb.
#102109
  1   2   3
Apellyatsiya instansiyasi sudida ish yuritishning ahamiyati, mohiyati vakolatlari va apellyatsiya instansiyasi sudining qarorlari.


Apellyatsiya instansiyasi sudida ish yuritishning ahamiyati, mohiyati vakolatlari va apellyatsiya instansiyasi sudining qarorlari.


REJA:
Kirish.

  1. Apellatsiya instansiyasi tushunchasi

  2. Apellatsiya instansiyasi ahamiyati

Asosiy qism.
a)Fuqarolik sud ishlarini apellatsiya tartibida ko’rish asoslari.
b)Fuqarolik sud ishlarni apellatsiya instansiyasi tartibida ko’rish.
c)Fuqarolik sud ishlarni apellatsiya instansiyada ko’rish uchun zarur sud xarajatlarini taqsimlash.
XULOSA.
Foydalanilgan adabiyotlar.

Apellyatsiya (lot. appellatio — mu-rojaat qilish; shikoyat qilish; norozilik bildirish) — sud hukmi ustidan shikoyat arizasi berishning bir shakli. 1-marta Fransiyaning jinoyat-protsessual kodeksiga 1808-yilda kiritilgan.Shundan so’ng jahonning boshqa ko‘pchilik davlat-lari jinoyat-protsessual qonunlariga kiritilgan.
Apellyatsiya instansiyasi — fuqarolik, xoʻjalik va jinoyat ishlari boʻyicha sudning qonuniy kuchga kirmagan qarorlar, xal qiluv qarorlari, ajrimlar va hukmlar ustidan shikoyat berish va protest bildirish munosabati bilan ularning qonuniyligi, asosliligi va adolatliligini tekshiruvchi hamda ishlarni qayta koʻrib chiquvchi sud instansiyasidir.
Quydagilar fuqarolik sud ishlarida apellatsiya berish huquqiga ega (Fuqarolik protsessual kodeksi 383-modda):
Taraflar va ishda ishtirok etishga jalb qilingan boshqa shaxslar, shuningdek ishda ishtirok etishga jalb qilinmagan, ammo huquq va majburiyatlari haqidagi masala sud tomonidan hal etilgan shaxslar, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha vakil sudning hal qiluv qarori ustidan apellatsiya tartibida shikoyat qilishi mumkin, bundan tadbirkorlik faoliyati bilan bog‘liq bo‘lmagan nizolar mustasno.
Prokuror, yuqori turuvchi prokuror prokurorning ishtirokida ko‘rilgan ish bo‘yicha, shuningdek taraflarning murojaati mavjud bo‘lgan taqdirda birinchi instansiya sudining qonuniy kuchga kirmagan hal qiluv qarori ustidan apellatsiya protesti keltirishga haqli.
Apellatsiya shikoyatida (protestida) quyidagilar ko‘rsatilgan bo‘lishi kerak:
1) shikoyat (protest) yo‘llanayotgan sudning nomi;
2) shikoyat (protest) berayotgan shaxsning familiyasi, ismi, otasining ismi (nomi), uning yashash joyi yoki joylashgan eri (pochta manzili);
3) ishning raqami, shikoyat qilinayotgan (protest keltirilayotgan) hal qiluv qarori, ajrim, qaror qabul qilingan sana va ushbu sud hujjatlarini chiqargan sud;
4) hal qiluv qarorining, ajrimning, qarorning noto‘g‘riligi nimadan iborat ekanligi;
5) shikoyat (protest) berayotgan shaxsning iltimosi;
6) shikoyatga (protestga) ilova qilingan yozma materiallarning ro‘yxati.
Apellatsiya shikoyatini shikoyat berayotgan shaxs yoki uning vakili imzolaydi. Apellatsiya protestini prokuror yoki uning o‘rinbosari keltiradi va imzolaydi.
Apellatsiya shikoyatida (protestida) shikoyatni (protestni) bergan shaxsning yoxud uning vakilining telefonlari va fakslari raqamlari, elektron pochta manzili ko‘rsatilishi mumkin
Apellatsiya shikoyatiga quyidagilar ilova qilinadi:
davlat boji va pochta xarajatlari to‘langanligini tasdiqlovchi hujjat;
Apellatsiya shikoyati vakil tomonidan imzolangan taqdirda — uni imzolashga vakilning vakolatlarini tasdiqlovchi hujjat;
Prokurorning ishtirokisiz ko‘rib chiqilgan ish bo‘yicha apellatsiya shikoyatiga protest keltirish uchun asos bo‘lib xizmat qilgan tarafning murojaati nusxasi ilova qilinadi.
Sudning arizani qaytarish haqidagi yoki arizani qabul qilishni rad etish to‘g‘risidagi ajrimi ustidan apellatsiya shikoyatiga (protestiga) qaytarilgan ariza va unga qo‘shib berilgan hujjatlar ham ilova qilinishi kerak.
Apellatsiya shikoyatlarini(protestini) quydagi sudlar tomonidan ko’rib chiqiladi:
1) Qoraqalpog‘iston Respublikasi sudining, viloyatlar va Toshkent shahar sudlarining fuqarolik ishlari bo‘yicha sudlov hay’ati — tegishli fuqarolik ishlari bo‘yicha tumanlararo, tuman (shahar) sudlarining hal qiluv qarorlari, ajrimlari, qarorlari ustidan berilgan;
2) O‘zbekiston Respublikasi Harbiy sudi — hududiy harbiy sudlarning hal qiluv qarorlari, ajrimlari, qarorlari ustidan berilgan;
3) O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudining Fuqarolik ishlari bo‘yicha sudlov hay’ati — Qoraqalpog‘iston Respublikasi sudining, viloyatlar va Toshkent shahar sudlarining, O‘zbekiston Respublikasi Harbiy sudining, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudining birinchi instansiya bo‘yicha qabul qilingan hal qiluv qarorlari, ajrimlari, qarorlari ustidan berilgan apellatsiya shikoyatlarini (protestlarini) ko‘rib chiqadi.
Apellatsiya shikoyati (protesti) Fuqarolik protsessual kodeksi 385-moddasiga ko’ra quydagi tartibda beriladi:
Apellatsiya shikoyati (protesti) apellatsiya instansiyasi sudi nomiga yo‘llanadi, lekin hal qiluv qarorini, ajrimni, qarorni chiqargan sudga beriladi.
Apellatsiya shikoyati (protesti) sudga ishda ishtirok etuvchi shaxslarning soniga qarab ko‘chirma nusxalari bilan birga taqdim etiladi, bundan elektron hujjat tarzida yuboriladigan apellatsiya shikoyati (protesti) mustasno.
Zarur hollarda, sudya apellatsiya shikoyati bergan shaxsning yoki protest keltirgan prokurorning zimmasiga apellatsiya shikoyatiga yoxud protestga ilova qilingan yozma materiallarning ko‘chirma nusxalarini ishda ishtirok etuvchi shaxslarning soniga qarab taqdim etish majburiyatini yuklatishi mumkin.
Apellatsiya shikoyati (protesti) quydagi muddatlarda berilishi mumkin:
Apellatsiya shikoyati (protesti) hal qiluv qarori qabul qilingan kundan e’tiboran bir oy ichida berilishi mumkin.
Sudning soddalashtirilgan ish yuritish tartibida ko‘rib chiqilgan ish bo‘yicha hal qiluv qarori ustidan apellatsiya shikoyati (protesti) hal qiluv qarori qabul qilinganidan keyin o‘n kun ichida berilishi mumkin.
Belgilangan muddat o‘tgandan keyin berilgan apellatsiya shikoyati (protesti) apellatsiya shikoyatini (protestini) bergan shaxsga qaytariladi.
O‘tkazib yuborilgan muddat, agar muddatni o‘tkazib yuborish sabablari sud tomonidan uzrli deb topilgan bo‘lsa, shikoyat (protest) berayotgan shaxsning iltimosnomasiga ko‘ra birinchi instansiya sudining ajrimiga binoan tiklanishi mumkin.
O‘tkazib yuborilgan muddatni tiklash haqidagi masala ushbu Kodeksning 155-moddasida nazarda tutilgan tartibda hal qilinadi.
Birinchi instansiya sudining apellatsiya shikoyatini (protestini) olganidan keyin Fuqarolik protsessual kodeksi 389-moddasiga muvofiq quydagilarni amalga oshiradi:
Sudya yoki sud raisi apellatsiya shikoyatini (protestini) olgandan keyin:
1) ishda ishtirok etuvchi shaxslarga shikoyatning (protestning) ko‘chirma nusxasini yuborishi;
2) ishda ishtirok etuvchi shaxslarni apellatsiya instansiyasi sudida ishni ko‘rish vaqti va joyi to‘g‘risida xabardor qilishi;
3) hal qiluv qarori ustidan shikoyat qilish (protest keltirish) uchun belgilangan muddat o‘tgan vaqtdan e’tiboran o‘n kun ichida ishni kelib tushgan shikoyat (protest) bilan birga apellatsiya instansiyasi sudiga yuborishi shart.
Hal qiluv qarori, ajrim, qaror ustidan shikoyat qilish (protest keltirish) uchun belgilangan muddat ichida hech kim ishni suddan talab qilib olishi mumkin emas. Ishda ishtirok etuvchi shaxslar sudda ish materiallari va kelib tushgan shikoyat (protest) bilan tanishishga haqli.
Shikoyat qilish (protest keltirish) uchun o‘tkazib yuborilgan muddat tiklangan taqdirda birinchi instansiya sudi hal qiluv qarorining ijrosini to‘xtatishga haqli bo‘lib, bu haqda ajrim chiqariladi.
Hal qiluv qarorining ijrosi apellatsiya instansiyasi sudi tomonidan shikoyatni (protestni) ko‘rib chiqish natijalari bo‘yicha ajrim qabul qilinguniga qadar bo‘lgan muddatga to‘xtatiladi.
Quydagi hollarda apellatsiya shikoyati (protesti) harakatsiz qoldirilishi mumkin:
Agar apellatsiya shikoyatini (protestini) berish paytida ushbu Kodeks 385-387-moddalarning talablari buzilishiga yo‘l qo‘yilgan bo‘lsa, apellatsiya shikoyati (protesti) harakatsiz qoldiriladi.
Apellatsiya shikoyatini (protestini) harakatsiz qoldirish to‘g‘risida sudya bu shikoyatning (protestning) harakatsiz qoldirilishiga asos bo‘lgan kamchiliklarni va ularni tuzatish uchun berilgan muddatni ko‘rsatgan holda ajrim chiqaradi. Ajrim apellatsiya shikoyati (protesti) bergan shaxsga imzo qo‘ydirib topshiriladi yoki unga pochta orqali yoxud axborot tizimi orqali elektron hujjat tarzida yuboriladi.
Agar shikoyat (protest) bergan shaxs ajrimda ko‘rsatilgan kamchiliklarni belgilangan muddatda bartaraf etsa, shikoyat (protest) dastlab sudga taqdim etilgan kunda berilgan hisoblanadi. Aks holda, shikoyat (protest) berilmagan hisoblanib, shikoyatni (protestni) bergan shaxsga qaytariladi va bu haqda ajrim chiqariladi. Shikoyat (protest) uni bergan shaxsga ajrim bilan birga imzo qo‘ydirib topshiriladi yoki unga pochta orqali yoxud elektron hujjat tarzida yuboriladi.
Zarur hollarda, apellatsiya instansiyasi sudi:
ishda ishtirok etuvchi shaxslarga shikoyat (protest) yuzasidan tushuntirishlar (e’tirozlar) taqdim etishni taklif qiladi. Tushuntirishlar (e’tirozlar), shuningdek ularga ilova qilingan hujjatlar ishda ishtirok etuvchi shaxslar soniga qarab ko‘chirma nusxalari bilan birga taqdim etiladi, bundan elektron hujjat tarzida yuboriladigan tushuntirishlar (e’tirozlar), shuningdek ularga ilova qilingan hujjatlar mustasno. Sud tushuntirishlarning (e’tirozlarning) ko‘chirma nusxalarini ishda ishtirok etuvchi shaxslarga topshiradi (yuboradi);
ishda ishtirok etuvchi shaxslarning iltimosnomasiga ko‘ra yoki o‘z tashabbusi bilan dalillarni talab qilib oladi.
Sud protsessida apellatsiya shikoyati bergan taraf tomonida ishtirok etayotgan sherik ishtirokchilar va uchinchi shaxslar berilgan shikoyatga qo‘shilishi mumkin. Mazkur shaxslar keltirilgan apellatsiya protestiga ham qo‘shilishi mumkin.
Shikoyatga (protestga) qo‘shilish haqida ariza berilganda davlat boji undirilmaydi.
Ishda ishtirok etuvchi shaxslar shikoyat (protest) yuzasidan sudga tushuntirishlar (e’tirozlar) ularni tasdiqlovchi hujjatlarni ilova qilib, taqdim etishga haqli.
Tushuntirishlar (e’tirozlar) ishda ishtirok etuvchi shaxslar soniga qarab mutanosib miqdordagi ko‘chirma nusxalari bilan birga sudga taqdim etiladi, bundan elektron hujjat tarzida yuboriladigan tushuntirishlar (e’tirozlar) mustasno. Sud tushuntirishlarning (e’tirozlarning) ko‘chirma nusxalarini ishda ishtirok etuvchi shaxslarga topshiradi (yuboradi).
Apellatsiya shikoyati bergan shaxs apellatsiya instansiyasi sudi maslahatxonaga kirguniga qadar shikoyatni to‘ldirishga, o‘zgartirishga yoki undan voz kechishga haqli.
Apellatsiya protesti keltirgan prokuror, shuningdek yuqori turuvchi prokuror apellatsiya instansiyasi sudi maslahatxonaga kirguniga qadar protestni to‘ldirishga, o‘zgartirishga yoki qaytarib olishga haqli.
Shikoyatdan voz kechilganda va protest qaytarib olingan taqdirda, apellatsiya instansiyasi sudi ajrim chiqaradi hamda unga ko‘ra apellatsiya tartibida ish yuritishni tugatadi.
Apellatsiya shikoyati (protesti) rad etilganligi (qaytarib olinganligi) sababli mazkur shikoyat (protest) bo‘yicha apellatsiya tartibida ish yuritishning tugatilishi, agar tegishli sud qarori ustidan boshqa shaxslar tomonidan shikoyat qilingan bo‘lsa, boshqa apellatsiya shikoyatlarini (protestini) ko‘rib chiqish uchun to‘sqinlik qilmaydi.
Sud ishni apellatsiya tartibida ko‘rayotganda sud hujjatlarining qonuniyligi, asosliligi va adolatliligini tekshiradi. U yangi dalillarni o‘rganib chiqishi va yangi faktlarni aniqlashi mumkin.
Apellatsiya instansiyasi sudi sud hujjatini to‘liq hajmda tekshirib chiqishi shart.
Apellatsiya instansiyasi sudida sud muhokamasi mazkur moddada belgilangan xususiyatlarni inobatga olgan holda, ushbu Kodeksning 22-bobida belgilangan qoidalar bo‘yicha o‘tkaziladi.
Apellatsiya instansiyasi sudining majlisida raislik qiluvchi ushbu Kodeksning 211 va 212-moddalariga amal qilgan holda, sud majlisida tegishli tartibni ta’minlashga doir zarur choralarni ko‘radi.
Raislik qiluvchi sud majlisini ochadi va kimning shikoyati (protesti) bo‘yicha hamda qaysi sudning hal qiluv qarori ustidan qanday ish ko‘rilishini e’lon qiladi. Raislik qiluvchi ishda ishtirok etuvchi shaxslarning qaysi biri kelmaganligini, kelmaganlik sabablari to‘g‘risida qanday ma’lumotlar borligini aniqlaydi, sudga kelganlarning shaxsini aniqlaydi, shuningdek mansabdor shaxslarning va vakillarning vakolatlarini tekshiradi.
Raislik qiluvchi sud tarkibini e’lon qiladi, sud majlisining kotibi, prokuror, ekspert, mutaxassis, tarjimon sifatida kimlar ishtirok etayotganligini e’lon qiladi va ishda ishtirok etuvchi shaxslarga ularning rad qilishga doir huquqlarini tushuntiradi.
Arz qilingan rad qilishlar ushbu Kodeksning 4-bobida belgilangan tartibda hal etiladi.
Raislik qiluvchi ishda ishtirok etuvchi shaxslarga ularning protsessual huquqlari va majburiyatlarini tushuntiradi.
Ishni ko‘rish vaqti va joyi haqida belgilangan tartibda xabardor qilinganligi to‘g‘risida ma’lumotlar mavjud bo‘lmagan ishda ishtirok etuvchi shaxslarning biror-biri sud majlisiga kelmagan taqdirda, sud ishning muhokamasini keyinga qoldiradi.
Ishni ko‘rish vaqti va joyi haqida belgilangan tartibda xabardor qilingan ishda ishtirok etuvchi shaxslarning sud majlisiga kelmaganligi ishning muhokamasiga to‘sqinlik qilmaydi. Biroq sud bunday hollarda ham sudga kelmaganlik sabablarini uzrli deb topib, ishning muhokamasini keyinga qoldirishga haqli.
Prokurorning yoki advokatning sudga uzrli sabablarsiz kelmaganligi to‘g‘risida sud xususiy ajrim chiqarib, bu haqda tegishli yuqori turuvchi prokurorga yoki O‘zbekiston Respublikasi advokatlar palatasining hududiy boshqarmasi huzuridagi malaka komissiyasiga xabar beradi.
Ishda ishtirok etuvchi shaxslarning apellatsiya instansiyasida ishning muhokamasi bilan bog‘liq bo‘lgan barcha masalalar bo‘yicha iltimosnomalari va arizalari ishda ishtirok etuvchi boshqa shaxslarning fikrlari eshitilgandan keyin sud tomonidan hal etiladi.
Apellatsiya instansiyasi sudida ishni ko‘rish raislik qiluvchining yoki sudyalardan birining ma’ruzasi bilan boshlanadi.
Ma’ruzachi ishning holatlarini, birinchi instansiya sudi hal qiluv qarorining mazmunini, apellatsiya shikoyatida (protestida) keltirilgan vajlarni va ular yuzasidan berilgan tushuntirishlarni (e’tirozlarni), yangi dalillarning mazmunini, shuningdek sud hujjatining qonuniyligi, asosliligi va adolatliligini tekshirish uchun sud ko‘rishi zarur bo‘lgan boshqa ma’lumotlarni bayon qiladi.
Sud raislik qiluvchining yoki sudyalardan birining ma’ruzasidan keyin sud majlisiga kelgan ishda ishtirok etuvchi shaxslarning tushuntirishlarini eshitadi, bu shaxslar apellatsiya shikoyatida (protestida) ko‘rsatilmagan vajlarni keltirishga va qo‘shimcha materiallar taqdim etishga ham haqli.
Dastlab apellatsiya shikoyati bergan shaxs va uning vakili yoki, agar ish protest bo‘yicha ko‘rilayotgan bo‘lsa, prokuror so‘zga chiqadi. Hal qiluv qarori ustidan har ikkala taraf tomonidan shikoyat qilingan bo‘lsa, birinchi bo‘lib da’vogar so‘zga chiqadi.
Ushbu Kodeksning 52-moddasida nazarda tutilgan tartibda ishda ishtirok etuvchi davlat boshqaruvi organlarining, tashkilotlarning vakillari, shuningdek fuqarolar, agar ular sudning hujjati ustidan shikoyat qilmagan bo‘lsa, apellatsiya instansiyasi sudida taraflar va uchinchi shaxslardan keyin so‘zga chiqadi.
Ishda ishtirok etuvchi shaxslarning tushuntirishlaridan so‘ng prokuror sud hujjatining qonuniyligi, asosliligi va adolatliligi to‘g‘risida fikrini bayon etadi, bundan prokurorning protesti bo‘yicha qayta ko‘rilayotgan sud hujjatlari mustasno.
Ishda ishtirok etuvchi shaxslarning tushuntirishlari va prokuror fikri eshitilgandan so‘ng apellatsiya instansiyasi sudi ajrim chiqarish uchun alohida xonaga (maslahatxonaga) kiradi.
Apellatsiya instansiyasi sudining ajrimi ish ko‘rilgandan so‘ng darhol chiqariladi.
Alohida hollarda, asoslantirilgan ajrimni tayyorlash besh kungacha bo‘lgan muddatga kechiktirilishi mumkin, biroq ajrimning xulosa qismini sud apellatsiya muhokamasi tamomlangan majlisning o‘zidayoq e’lon qilishi kerak.
Sudyalarning maslahatlashuvi, ajrim chiqarish va uni o‘qib eshittirish ushbu Kodeksda belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Sud ishni apellatsiya tartibida ko‘rib chiqqach, o‘z ajrimi bilan:
1) hal qiluv qarorini o‘zgarishsiz qoldirishga, shikoyatni (protestni) esa qanoatlantirmaslikka;
2) ishni yangidan ko‘rish uchun yubormasdan hal qiluv qarorini o‘zgartirishga yoki hal qiluv qarorini butunlay yoki qisman bekor qilishga va yangi hal qiluv qarori chiqarishga;
3) hal qiluv qarorini qisman yoki butunlay bekor qilishga hamda ushbu Kodeksning 122 va 124-moddalarida ko‘rsatilgan asoslarga ko‘ra arizani ko‘rmasdan qoldirishga yoxud ish yuritishni tugatishga;
4) ushbu Kodeks 3993-moddasi ikkinchi qismining va 4-bandlarida nazarda tutilgan asoslar mavjud bo‘lgan taqdirda hal qiluv qarorini bekor qilishga va ishni yangidan ko‘rish uchun yuborishga haqli.
Sud xarajatlarini taqsimlash to‘g‘risidagi masala hal qilinmaganligi yoki noto‘g‘ri hal qilinganligi sudning hal qiluv qarorini bekor qilish yoki o‘zgartirish uchun asos bo‘lmaydi. Bunday holda, ajrimning xulosa qismida sud xarajatlari ushbu Kodeksning 138 — 141-moddalarida nazarda tutilgan tartibda taqsimlanishi ko‘rsatiladi.
Apellatsiya shikoyati (protesti) berilgandan keyin da’vogarning arz qilingan talablaridan voz kechishi, javobgarning da’vogar talablarini tan olishi va taraflarning kelishuv bitimi yozma shaklda, shu jumladan elektron hujjat tarzida apellatsiya instansiyasi sudiga taqdim etilishi kerak.
Agar ish muhokamasi davomida da’vogar arz qilingan talablaridan voz kechsa, javobgar bildirilgan talablarni tan olsa yoki taraflar kelishuv bitimi tuzsa, bu haqda sud majlisining bayonnomasiga yozib qo‘yiladi.
Sud da’vodan voz kechishni qabul qilishdan yoki kelishuv bitimini tasdiqlashdan oldin da’vogarga yoki taraflarga bunday protsessual harakatlarning oqibatlarini tushuntiradi.
Apellatsiya instansiyasi sudi da’vogarning arz qilingan talablaridan voz kechishini qabul qilganida yoki taraflarning kelishuv bitimini tasdiqlaganida chiqarilgan hal qiluv qarorini bekor qiladi va ish yuritishni tugatadi.
Agar da’vogarning arz qilingan talablaridan voz kechishi yoki taraflarning kelishuv bitimi qonunga zid bo‘lsa yoxud boshqa birovning huquqlari va qonun bilan qo‘riqlanadigan manfaatlariga xilof bo‘lsa, sud voz kechishni qabul qilmaydi yoxud tuzilgan kelishuv bitimini tasdiqlashni rad etadi va ishni apellatsiya tartibida ko‘rib chiqadi.
Sud ishni apellatsiya tartibida ko‘rib chiqqach, o‘z ajrimi bilan:
1) hal qiluv qarorini o‘zgarishsiz qoldirishga, shikoyatni (protestni) esa qanoatlantirmaslikka;
2) ishni yangidan ko‘rish uchun yubormasdan hal qiluv qarorini o‘zgartirishga yoki hal qiluv qarorini butunlay yoki qisman bekor qilishga va yangi hal qiluv qarori chiqarishga;
3) hal qiluv qarorini qisman yoki butunlay bekor qilishga hamda ushbu Kodeksning 122 va 124-moddalarida ko‘rsatilgan asoslarga ko‘ra arizani ko‘rmasdan qoldirishga yoxud ish yuritishni tugatishga;
4) ushbu Kodeks 3993-moddasi ikkinchi qismining va 4-bandlarida nazarda tutilgan asoslar mavjud bo‘lgan taqdirda hal qiluv qarorini bekor qilishga va ishni yangidan ko‘rish uchun yuborishga haqli.
Sud xarajatlarini taqsimlash to‘g‘risidagi masala hal qilinmaganligi yoki noto‘g‘ri hal qilinganligi sudning hal qiluv qarorini bekor qilish yoki o‘zgartirish uchun asos bo‘lmaydi. Bunday holda, ajrimning xulosa qismida sud xarajatlari ushbu Kodeksning 138 — 141-moddalarida nazarda tutilgan tartibda taqsimlanishi ko‘rsatiladi.
Sud hujjatini apellatsiya tartibida bekor qilishga yoki o‘zgartirishga quyidagilar asos bo‘ladi:
1) ish uchun ahamiyatga ega bo‘lgan holatlar to‘liq aniqlanmaganligi;
2) sud aniqlangan deb hisoblagan, ish uchun ahamiyatga ega bo‘lgan holatlarning isbotlanmaganligi;
3) sudning hal qiluv qarorida bayon etilgan xulosalarning ish holatlariga muvofiq kelmasligi;
4) moddiy huquq normalarining yoki protsessual huquq normalarining buzilganligi yoki noto‘g‘ri qo‘llanilganligi.
Sudning mazmunan to‘g‘ri bo‘lgan hal qiluv qarori, ajrimi, qarori faqat rasmiy asoslarga ko‘ra bekor qilinishi mumkin emas.
Quyidagi hollarda moddiy huquq normalari buzilgan yoki noto‘g‘ri qo‘llanilgan deb hisoblanadi, agar:
1) sud qo‘llanilishi lozim bo‘lgan qonun yoki boshqa qonun hujjatini qo‘llamagan bo‘lsa;
2) sud qo‘llanilmasligi lozim bo‘lgan qonun yoki boshqa qonun hujjatini qo‘llagan bo‘lsa;
3) sud qonun yoki boshqa qonun hujjatini noto‘g‘ri talqin qilgan bo‘lsa.
Protsessual huquq normalarining buzilganligi yoki noto‘g‘ri qo‘llanilganligi ishning noto‘g‘ri hal etilishiga sabab bo‘lgan yoki sabab bo‘lishi mumkin bo‘lgan taqdirdagina hal qiluv qarorining, ajrimning yoki qarorning bekor qilinishiga asos bo‘ladi.
Agar:
1) ish sud tomonidan g‘ayriqonuniy tarkibda yoki taalluqlilik to‘g‘risidagi qoidalar buzilgan holda ko‘rilgan bo‘lsa;
2) ish sud muhokamasida ishtirok etish huquqiga ega bo‘lgan, ammo sud majlisining vaqti va joyi to‘g‘risida xabardor qilinmagan shaxslardan biror-biri yo‘qligida ko‘rilgan bo‘lsa;
3) ish ko‘rilayotganida ish yuritilayotgan tilga doir qoidalar buzilgan bo‘lsa;
4) sud ishida ishtirok etishga jalb qilinmagan shaxslarning huquq va majburiyatlari to‘g‘risidagi masalani hal qilgan bo‘lsa;
5) hal qiluv qarori, ajrim, qaror chiqarishda sud maslahatining sir saqlanishiga doir qoidalar buzilgan bo‘lsa;
6) hal qiluv qarori, ajrim, qaror sudya tomonidan imzolanmagan yoki ishni ko‘rgan va hal qilgan sudyalardan (sudyadan) boshqa sudyalar (sudya) tomonidan imzolangan bo‘lsa;
7) ishda sud majlisi bayonnomasi mavjud bo‘lmasa yoki u imzolanmagan bo‘lsa, hal qiluv qarori, ajrim, qaror bekor qilinishi mumkin.
Apellatsiya instansiyasi sudining ajrimida quyidagilar ko‘rsatilgan bo‘lishi kerak:
1) ishning raqami, ajrim chiqarilgan sana va joy;
2) ajrim chiqargan sudning nomi va tarkibi;
3) taraflar va ishda ishtirok etuvchi boshqa shaxslarning ishtiroki to‘g‘risidagi ma’lumotlar;
4) ish kimning shikoyati yoki protesti bo‘yicha ko‘rib chiqilganligi;
5) shikoyat qilingan yoki protest keltirilgan sud hujjatining nomi va uning qisqacha mazmuni;
6) shikoyatda yoki protestda bayon etilgan vajlar, taqdim etilgan materiallarning qisqacha mazmuni, ishni ko‘rishda ishtirok etgan shaxslarning tushuntirishlari va prokurorning fikri;
7) apellatsiya instansiyasi sudi xulosaga kelishiga asos bo‘lgan sabablar hamda sud amal qilgan moddiy va protsessual huquq normalari;
8) qarorning xulosa qismi.
Sud shikoyatni (protestni) rad qilgan taqdirda o‘z ajrimida qaysi sabablarga ko‘ra shikoyatdagi (protestdagi) vajlarni noto‘g‘ri deb yoki qarorni bekor qilish, o‘zgartirish yoxud yangi hal qiluv qarori chiqarish uchun asos bo‘lmaydi deb topganligini ko‘rsatishi shart.
Apellatsiya instansiyasi sudining ajrimi ishni ko‘rgan sudyalar tomonidan imzolanadi.
Apellatsiya instansiyasi sudi ajrimining nusxalari ishda ishtirok etgan shaxslarga ajrim chiqarilgan kundan e’tiboran besh kundan kechiktirmay pochta orqali yoki elektron hujjat tarzida yuboriladi.
Apellatsiya instansiyasi sudining ajrimi chiqarilgan kundan e’tiboran qonuniy kuchga kiradi.
Taraflar va ishda ishtirok etuvchi boshqa shaxslar, shuningdek ishda ishtirok etishga jalb qilinmagan, huquq va majburiyatlari haqidagi masala sud tomonidan hal etilgan shaxslar birinchi instansiya sudining ajrimlari ustidan sud tomonidan ajrim topshirilgan yoki yuborilgan kundan e’tiboran yigirma kun ichida apellatsiya instansiyasi sudiga quyidagi hollarda sudning hal qiluv qaroridan alohida shikoyat qilishi va prokuror protest keltirishi mumkin:
1) ushbu Kodeksda nazarda tutilgan hollarda;
2) sudning ajrimi ishning keyingi harakatlanishiga to‘sqinlik qiladigan hollarda.
Birinchi instansiya sudining boshqa ajrimlari ustidan xususiy shikoyat (protest) berilmaydi, biroq bunday ajrimlarga qarshi e’tirozlar apellatsiya shikoyatiga (protestiga) kiritilishi mumkin.
Xususiy shikoyatlar (protestlar) ushbu bobda belgilangan tartibda beriladi va ko‘rib chiqiladi.
Apellatsiya instansiyasi sudi xususiy shikoyatni (protestni) ko‘rib chiqib:
1) ajrimni o‘zgartishsiz qoldirishga, shikoyatni (protestni) esa qanoatlantirmaslikka;
2) ajrimni bekor qilishga va ishni mazmunan ko‘rish uchun birinchi instansiya sudiga yuborishga;
3) ajrimni butunlay yoki qisman o‘zgartirishga yoxud bekor qilishga va masalani mazmunan hal qilishga haqli.
Ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ish bo‘yicha birinchi instansiya sudining qarori ustidan berilgan apellatsiya shikoyati (protesti) mazkur bobda birinchi instansiya sudining ajrimlari ustidan shikoyat (protest) berish uchun nazarda tutilgan tartibda ko‘rib chiqiladi.
Apellatsiya yoki kassatsiya instansiyasi sudi huquq to‘g‘risidagi nizoni uzil-kesil hal qilsa yoki ish yuritishni tamomlasa, sud hujjatining qaytarma ijrosi to‘g‘risidagi masalani hal qilishi yoxud uni hal qilish uchun birinchi instansiya sudiga topshirishi shart.
Agar yuqori turuvchi sudning ajrimida sud hujjatining qaytarma ijrosi to‘g‘risidagi masala bo‘yicha hech qanday ko‘rsatma bo‘lmasa, javobgar birinchi instansiya sudiga tegishli ariza berishga haqli. Birinchi instansiya sudi bu arizani ushbu Kodeksning 459-moddasi qoidalariga binoan ko‘rib chiqadi va hal qiladi.
Sudya yoki sud raisi apellatsiya shikoyatini (protestini) olgandan keyin:
1) ishda ishtirok etuvchi shaxslarga shikoyatning (protestning) ko‘chirma nusxasini yuborishi;
2) ishda ishtirok etuvchi shaxslarni apellatsiya instansiyasi sudida ishni ko‘rish vaqti va joyi to‘g‘risida xabardor qilishi;
3) hal qiluv qarori ustidan shikoyat qilish (protest keltirish) uchun belgilangan muddat o‘tgan vaqtdan e’tiboran o‘n kun ichida ishni kelib tushgan shikoyat (protest) bilan birga apellatsiya instansiyasi sudiga yuborishi shart.
Hal qiluv qarori, ajrim, qaror ustidan shikoyat qilish (protest keltirish) uchun belgilangan muddat ichida hech kim ishni suddan talab qilib olishi mumkin emas. Ishda ishtirok etuvchi shaxslar sudda ish materiallari va kelib tushgan shikoyat (protest) bilan tanishishga haqli.
Shikoyat qilish (protest keltirish) uchun o‘tkazib yuborilgan muddat tiklangan taqdirda birinchi instansiya sudi hal qiluv qarorining ijrosini to‘xtatishga haqli bo‘lib, bu haqda ajrim chiqariladi.
Hal qiluv qarorining ijrosi apellatsiya instansiyasi sudi tomonidan shikoyatni (protestni) ko‘rib chiqish natijalari bo‘yicha ajrim qabul qilinguniga qadar bo‘lgan muddatga to‘xtatiladi.
Apellatsiya shikoyati bergan shaxs apellatsiya instansiyasi sudi maslahatxonaga kirguniga qadar shikoyatni to‘ldirishga, o‘zgartirishga yoki undan voz kechishga haqli.
Apellatsiya protesti keltirgan prokuror, shuningdek yuqori turuvchi prokuror apellatsiya instansiyasi sudi maslahatxonaga kirguniga qadar protestni to‘ldirishga, o‘zgartirishga yoki qaytarib olishga haqli.
Shikoyatdan voz kechilganda va protest qaytarib olingan taqdirda, apellatsiya instansiyasi sudi ajrim chiqaradi hamda unga ko‘ra apellatsiya tartibida ish yuritishni tugatadi.
Apellatsiya shikoyati (protesti) rad etilganligi (qaytarib olinganligi) sababli mazkur shikoyat (protest) bo‘yicha apellatsiya tartibida ish yuritishning tugatilishi, agar tegishli sud qarori ustidan boshqa shaxslar tomonidan shikoyat qilingan bo‘lsa, boshqa apellatsiya shikoyatlarini (protestini) ko‘rib chiqish uchun to‘sqinlik qilmaydi.

XULOSA

O‘zbekiston Respublikasi prezidentining 2020 yil 24 iyuldagi “Sudlar faoliyatini yanada takomillashtirish va odil sudlov samaradorligini oshirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Farmonining ijrosini ta'minlash maqsadida ishlab chiqilgan mazkur qonunlar sud qarorlarining qonuniyligi, asosliligi va adolatliligini qayta ko‘rib chiqish tartibini ilg‘or xorijiy tajribadan kelib chiqqan holda takomillashtirish, fuqarolar uchun odil sudlovga erishish imkoniyatlarini kengaytirish maqsadida apellyatsiya va kassatsiya instansiyalarini isloh qilishni, nazorat tartibida ish yuritish institutini bekor qilishni nazarda tutadi.


Ushbu qonunlar bilan ishlarning ko‘rib chiqilishida bir-birini takrorlovchi instansiyalar bekor qilinib, “bir sud – bir instansiya” tamoyili joriy etilmoqda. Unga ko‘ra, xalqaro standartlarga mos ravishda uch bosqichli sud tizimi:

Yüklə 120 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin