Maktabgacha ta’lim tashkilotida bolaning rivojlanish xaritasini yuritishning ahamiyati.
MUNDARIJA
Kirish
I bob MAKTABGACHA TA’LIM TASHKILOTIDA BOLANING RIVOJLANISH XARITASINI YURITISHNING AHAMIYATI
1.1 Maktabgacha ta’lim tashkilotida bolalarni maktab ta’limiga tayyorlashda rivojlantiruvchi muhitning ahamiyati.
1.2 Bolalarning rivojlanish xaritasini yuritishning mazmuni.
II bob. BOLALAR RIVOJLANISH XARITASINI YURITISHNING AMALIY JIHATLARI.
2.1 Bolalar rivojlanish xaritasining amaliy bajarilishi
2.2 Bolaning maktabga tayyorlik kartasi.
Xulosa
Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yhati
I bob MAKTABGACHA TA’LIM TASHKILOTIDA BOLANING RIVOJLANISH XARITASINI YURITISHNING AHAMIYATI
Maktabgacha ta’lim tashkilotida bolalarni maktab ta’limiga tayyorlashda rivojlantiruvchi muhitning ahamiyati.
Hozirgi kunda O‘zbekiston Respublikasi maktabgacha ta’lim vazirligi tasarrufidagi maktabgacha ta’lim tashkilotlarida bolalarni sifatli maktab ta’limiga tayyorlashga alohida e’tibor qaratilmoqda. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyev “Zamonaviy maktabgacha ta’lim sog‘lom va barkamol avlodni voyaga yetkazishda muhim o‘rin tutadi” deya ta’kidlaydi. Respublika Prezidentining 2017-yil 30-sentabrdagi PQ-3305-son “O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida”gi qarori hamda, 2016-yil 29-dekabrdagi PQ-2707-son “2017-2021-yillarda maktabgacha ta’lim tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 21-noyabrdagi 929-son “O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligi to‘g‘risidagi nizomi maktabgacha ta’limga bolalarni sifatli tayyorlash, maktabgacha ta’lim tashkilotlarida moddiy texnika bazasini mustahkamlash, maktabgacha ta’lim tashkilotlarining davlat va nodavlat tarmog‘ini kengaytirish va shu orqali maktabgacha ta’limga bola qamrovini oshirish va sohaga ilg‘or xorij tajribalarini tadbiq qilish imkononi beradi.
Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida ta’lim-tarbiya jarayoni ilk va maktabgacha yoshdagi bolalar rivojlanishiga qo‘yiladigan Davlat talablari va “Ilk qadam” davlat dasturi asosida rejalashtiriladi. Hozirgi kunda O‘zbekiston Respublikasi maktabgacha ta’lim vazirligi tasarrufidagi maktabgacha ta’lim tashkilotlarida bolalarni sifatli maktab ta’limiga tayyorlashga alohida e’tibor qaratilmoqda. Jumladan, 1. “Ilk qadam” dasturini ta’lim-tarbiya jarayonga tadbiq etish, dasturni to‘laqonli ishlab ketishida metodik ta’minot va metodik yordamning o‘rni belgilab olindi. 2. “Ilk qadam” dasturi asosida barcha yosh guruhlarida mavjud markazlar hamda umumiy guruhda ishlashni tashkil etishda tarbiyachining o‘rniga alohida e’tibor qaratildi. Ta’lim tashkilotining ishchi o‘quv dasturi tashkilot pedagoglari tomonidan otaonalarni jalb etgan holda tuziladigan va amaldagi qonunchilik tartibida tasdiqlanadigan qilib belgilandi. Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida bolalar “Ilk qadam” davlat o‘quv dasturi asosida 5 ta markazda faoliyat yuritadilar. Bular quyidagilardir:
1. Til va nutq markazi. (Nutq o‘stirish, tabiat, atrof-olam va badiiy adabiyot bilan bog‘liq mashg‘ulotlar)
2. Qurish-yasash, konstruksiyalash va matematika markazi. (Qurish yasash va matematika mashg‘ulotlari)
3. San’at markazi (Rasm, applikatsiya, loy qurish, yasash mashg‘ulotlari va origami)
4. Syujetli-rolli o‘yinlar va dramalashtirilgan markaz. (Guruh yoshiga mos bo‘lgan syujetli qoidali o‘yinlar)
5. Ilm-fan va tabiat markazi. (Tabiat, atrofi olam bilan tanishtirish mashg‘ulotlari)
Markazlardagi faoliyatlar tahliliga to‘xtaladigan bo‘lsak, til va nutq markazida bolalarning do‘stlari orasida o‘z fikrlarini bera olishlari, mavzu asosida hikoyalar tuzish, savol-javoblar qilish, bolalarga suhbatlar tashkil etish imkoniyati mavjud bo‘ladi. Bola markazda o‘zi xohlagan mavzusida hikoyalar tuzishi ham mumkin. Qurish-yasash, konstruksiyalash va matematika markazida bolalarda sensor tarbiya, ijodkorlik rivojlanadi. Bola bir vazifani bajarishi orqali ham qurish – yasash ham matematika bilan shug‘ullanish imkoniyatiga ega bo‘ladi.
Bolalarni o‘yin jarayonida tinglansa “Menga yashil rang kerak”, “Men yasagan uycha ikki qavatli”, “Seniki kichkina, meniki esa kattakon”, “Meni mashinamga 10 ta odam sig‘adi” degan jumlalarni eshitasiz. Demak bolalarning muloqatida qo‘shish, ayirish, taqqoslash, kattalik kabi ilk matematik tasavvurlar kengayib boradi. San’at markazida bolalarni kayfiyatini ko‘tarish imkoni mavjud. Bolalarning ijodiy qobiliyatlari qo‘llab-quvvatlanadi. San’atning rassomlik, haykaltaroshlik, turlariga hammaga ham bir xil iqtidor berilmagan. Shu sababli bunda faqat iqtidorli bolalar ishtirok etadi. Markaz kerakli jihozlar bilan to‘liq ta’minlansa, yasash, chizish texnologiyalari ertalabki, kechki soatlarda o‘rgatilsa, markaz ishi rivojlanadi. Oilada bolaga bunday sharoit har doim ham yaratib berilmaydi. Markazda ishlasa bolaning mayda motorikasi rivojlanadi. Mayda motorikaning rivojlanishi esa, bola nutqining rivojlanishiga sabab bo‘ladi. Syujetli-rolli o‘yinlar va dramalashtirilgan markaz bolalar iqtidorini namoyon bo‘lishi, o‘z mahoratini ko‘rsatishi uchun juda qulay muhitdir. Bu markazni bolaning “Men”ini shakllantiruvchi markaz deb ham atash mumkin.
Markazdagi barcha jihozlar bolalar hayotida uchraydigan jihozlar bo‘lib, o‘yin jarayonida bola ulardan foydalanishni o‘rganadi, kasblar bilan yaqindan tanishish imkoniga ega bo‘ladi. O‘yinda oila a’zolarining o‘zaro munosabatlari aks etadi va ular orqali ahloqiy tarbiya olish (tarbiyachi uchun esa oiladagi muhitni o‘rganish) imkoni yaratiladi. Ilm-fan va tabiat markazida tajriba sinov maydonchasida o‘tkazilayotgan tajribalar bolalarda qiziqish uyg‘otadi va ularni yangi ixtirolar qilishga undaydi.
Bu markaz bolalarni tabiat va undagi hodisalarni bilish uchun eng katta imkoniyat markazi hamdir. Markaz faoliyati to‘g‘ri tashkil etilsa bolalar tabiat haqidagi bilimlarning 90%ini o‘zlashtiradi. Markaz nafaqat bolalarda balki pedagoglarda ham qiziqish uyg‘otadi. Hayotimiz davomida ishlatiladigan narsalarni qayerdan kelganligini, ulardan nimalar olinganligi haqidagi ma’lumotlar bolalarning o‘z qo‘llari bilan urug‘larni tuvaklarga sepish orqali unga suv qo‘yishi va urug‘ unib chiqishi bola uchun juda qiziqarli holatlar sanaldi.
Yuqorida izohi keltirib o‘tilgan markazlar faoliyati bolani maktab ta’limiga tayyorlashda rivojlantiruvchi muhit vazifasini bajarib, shu o‘rinda 6-7 yoshli bolalarning maktabga tayyorgarlik xaritasini ilova qilib o‘tishni joiz deb bildik. Zero, mazkur yoshdagi bolaning rivojlanish xaritasi ta’lim jarayonining muvaffaqiyatliligi va samaradorligini aniqlaydi. Masalan boladagi, 1. Jismoniy rivojlanish va sog‘lom turmush tarzini shakllantirish 2. Ijtimoiy-hissiy rivojlanish 3. Nutq, muloqot, o‘qish va yozish ko‘nikmalari 4. Bilim olish (anglash orqali rivojlanish) 5. Ijodiy rivojlanish kabilar uni maktab muhitiga tayyorlovchi asosiy me’zonlar sanaladi. O‘quv yili yakuniga yetgandan so‘ng maktabga tayyorlov guruhi bo‘yicha o‘tkazilgan monitoringa asosan amalga oshirilgan ishlarni kutilayotgan natijalar bilan taqqoslash ishlari o‘tkaziladi va bu orqali MTTning keyingi o‘quv yiliga mo‘ljallangan ustivor vazifalarini belgilaydi. Xulosa o‘rnida shuni ta’kidlash kerakki, bolalarni rivojlantiruvchi markazlarda faoliyat yuritishlari ularni maktab ta’limiga tayyorlashda har tomonlama yetuk aqliy va jismoniy barkamol bo‘lib ulg‘ayishlariga, ularda milliy qadriyatlar va urfodatlarga sodiq bo‘lib shakllanishlari uchun zamin yaratadi, ularning kasb-hunarga bo‘lgan qiziqishlarini orttiradi.
Bolalarning rivojlanish xaritasini yuritishning mazmuni.
Bolalarning rivojlanish xaritasi ularning rivojlanishini hujjatlashtirishning asosiy shaklidir. Bolaning rivojlanish xaritasini to‘ldirish uchun uch bosqichdan iborat bo‘lgan kuzatish olib boriladi: dastlabki (o‘quv yili boshida), oraliq (o‘quv yili o‘rtasida) va yakuniy (o‘quv yili yakunida).
Dastlabki kuzatish o‘quv yili boshida o‘tkaziladi (taxminan sentabr oyida). Bu bosqichda har bir bolaning boshlang‘ich imkoniyatlari (boshlang‘ich, ayni damdagi dolzarb rivojlanish darajasi) aniqlanadi. Uning shu davrgacha erishgan yutuqlari, kuchli tomonlari, shuningdek o‘quv yilining boshida rivojlanish ehtiyoj va muammolari aniqlanadi hamda ularni hal qilish uchun pedagogning yordami talab qilinadi. Pedagog (tarbiyachi) bola yutuqlari xaritasini to‘ldiradi va erishilgan natijani tegishli belgi () bilan belgilaydi. Kuzatish rivojlanishning barcha sohalari bo‘yicha olib boriladi. Agar u yoki bu rivojlanish sohasidagi indikator (kutilayotgan natijalar) «ishlamasa», pedagog (tarbiyachi) “Pedagog izohi” ustunida eslatma yozishi lozim.
Bolaning rivojlanish darajasi quyidagi tushuntirishlar yordamida belgilanadi: K – kuzatilmaydi yoki kamdan-kam kuzatiladi (bola asosiy ko‘nikmalarni namoyon qiladi / xattiharakatlari kam yoki umuman namoyon qilmaydi). B – ba'zida kuzatiladi (bola asosiy ko‘nikmalarni namoyon qiladi / xatti-harakatlari tasodifiy yoki ma’lum vaziyatlarda). T – tez-tez kuzatiladi (bola asosiy ko‘nikma / xatti-harakatni vaziyatga qarab namoyish etadi). D – doimiy ravishda kuzatiladi (bola asosiy ko‘nikmalarni namoyon qiladi / xatti-harakatlari talab darajasida, mustaqil tarzda takrorlaydi). Oraliq kuzatish xuddi shu tartibga binoan o‘tkaziladi. Kuzatishning bu turi birinchi yarim yillik oxiri (dekabr, yanvar)da o‘tkaziladi. Bunday kuzatishni o‘tkazishdan maqsad bolaga nisbatan tanlangan metodikaning to‘g‘riligini aniqlash, rivojlanish dinamikasini belgilashdan iborat. Mazkur kuzatish natijalariga ko‘ra, pedagog, boshqa mutaxassislar bilan hamkorlikda, zarurat tug‘ilgan holatlarda pedagogik jarayonga tuzatishlar kiritishi mumkin. O‘quv yili oxirida (odatda may oyida) pedagog yakuniy kuzatish o‘tkazadi. Mazkur kuzatish asosida yil boshida qo‘yilgan vazifalar qanday hal qilingani baholanadi, mazkur bola rivojida kutilayotgan yangi natijalarni hisobga olgan holda keyingi pedagogik jarayondan ko‘zda tutiladigan maqsadlar belgilanadi. Kuzatish o‘tkazishda quyidagi tamoyillarga tayanish lozim:
• kuzatish bola uchun odatiy sharoitda amalga oshiriladi va bolaga yordam berishga yo‘naltirilgan bo‘ladi;
• bola rivoji borasida yanada xolis tasavvur hosil qilish uchun kuzatish kamida ikki hafta (yoki bir oy) mobaynida olib boriladi;
• pedagog bola to‘g‘risidagi ma’lumotlarni ota-onalar yoki tashkilotning boshqa xodimlari bilan suhbatlar jarayonida olishi mumkin;
• pedagog bolaning moyilliklari, qiziqishlariga, uning muloqot qilish va bilim olish xususiyatlariga e’tibor qaratishi lozim.
3-6 yoshdagi bolalarni oraliq va yakuniy kuzatish natijalariga ko‘ra, ushbu bolaning rivojlanish sohalari bo‘yicha rivojlanishida kutilayotgan yangi natijalarni hisobga olgan holda keyingi pedagogik jarayonning maqsadlari aniqlanadi. 6-7 yoshdagi bolalar uchun (MTT bitiruvchisi) faqat oraliq kuzatish maqsadlari aniqlanadi, yakuniy kuzatishdan so‘ng bolaning maktabga tayyorligi xaritasi to‘ldiriladi.
II bob. BOLALAR RIVOJLANISH XARITASINI YURITISHNING AMALIY JIHATLARI.
2.1 Bolalar rivojlanish xaritasining amaliy bajarilishi
Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida bolalarning rivojlanishini xujjatlashtirishning eng maqbul yo’li bu bolalarni rivojlanishini belgilab borishdir. Bolalarni maktab ta’limiga samarali tayyorlashda bu juda muhim ko’rsatgich hisoblanadi. Pedagog tarbiyachi tarbiyalanuvchilarga qay tariqa ta’lim tarbiya berayotganligini shu rivojlanish xaritasidagi bolaning ko’rsatgichlari orqali aniqlab borsa bo’ladi. Pedagog tarbiyachi ha yilni boshida o’z oldiga maqsad qo’yadi va ma’lum bir yo’nalishda bolalarni ta’lim tarbiyasi bilan shug’illanadi. Shu tanlangan metodikaning tarbiyalanuvchilar bilim olishiga qay tariqa ta’sir ko’rsatayotganligini rivojlanish haritasidagi indikatorlarda belgilangan ko’rsatgichlar orqali aniqlab olishimiz mumkin.
Bolalarga yo‘naltirilgan guruhda puxta o‘ylangan va xavfsiz tashkil etilgan rivojlanish muhiti eng muhim rol o‘ynaydi, bu pedagoglarga davlat o‘quv dasturining maqsad va vazifalarini amalga oshirish va shaxsga yo‘naltirilgan ta’lim texnologiyalarini qo‘llash imkonini beradi.
Bolalar xavfsizligi pedagogning asosiy mas'uliyati bo‘lib, ehtiyotkorlik bilan rejalashtirish va nazorat qilishni talab qiladi.
maqsadlarni aniqlashtirish (Oraliq kuzatishdan so‘ng)
Sana _______________________________________________
Jismoniy rivojlanish va sog‘lom turmush tarzining shakllanishi
1. ________________________________________________________________________________________________________________
2. ________________________________________________________________________________________________________________
Ijtimoiy-hissiy rivojlanish
1. ________________________________________________________________________________________________________________
2. ________________________________________________________________________________________________________________
Nutq, muloqot, o‘qish va yozish malakalari
1. ________________________________________________________________________________________________________________
2. ________________________________________________________________________________________________________________
Bilish jarayonining rivojlanishi
1. ________________________________________________________________________________________________________________
2. ________________________________________________________________________________________________________________
Ijodiy rivojlanish
1. ________________________________________________________________________________________________________________
2. ________________________________________________________________________________________________________________
№2 maqsadlarni aniqlashtirish (Yakuniy kuzatishdan so‘ng)
Sana _______________________________________________
Jismoniy rivojlanish va sog‘lom turmush tarzining shakllanishi
1. ________________________________________________________________________________________________________________
2. ________________________________________________________________________________________________________________
Ijtimoiy-hissiy rivojlanish
1. ________________________________________________________________________________________________________________
2. ________________________________________________________________________________________________________________
Nutq, muloqot, o‘qish va yozish malakalari
1. ________________________________________________________________________________________________________________
2. ________________________________________________________________________________________________________________
Bilish jarayonining rivojlanishi
1. ________________________________________________________________________________________________________________
2. ________________________________________________________________________________________________________________
Ijodiy rivojlanish
1. ________________________________________________________________________________________________________________
2. ________________________________________________________________________________________________________________
7-ILOVA. Rivojlanish xaritasi
№ Rivojlanish sohasi /
Kutilayotgan natija
Dastlabki Oraliq Yakuniy Pedagog
K B T D K B T D K B T D izohi
1 Jismoniy rivojlanish va sog‘lom turmush tarzining shakllanishi
1.1 Kichik soha: Yirik motorika.
1 Tovondan oyoq uchiga o‘tgan tarzda
yuradi
2 To‘siqlardan hatlaydi yoki aylanib
o‘tadi
Gimnastika skameykasi bo‘ylab
muvozanatni saqlagan holda
qadamma-qadam yuradi
4 Qiya taxta ustidan to‘g‘ri va yonbosh
turgan holda yuradi
Turlicha yugurish usullarini bajaradi
(ilonizi, egri-bugri, mokisimon, to‘siqlarni yengib o‘tgan holda)
6 Turli usullarda sakraydi
7 Bir nechta buyum ustidan sakrab
o‘tadi
8 Qorinda yotgan holda qo‘li bilan
tortilib emaklaydi
9 Gimnastika narvoni bo‘ylab tirmashadi
1.2 Kichik soha: Mayda motorika.
1 Yuzalikda turli chiziqlar chizadi
(asfaltda klassik o‘yini)
Katta, o‘rtacha va kichik o‘yinchoqlarni hajmi bo‘yicha mos keladigan
qutilarga joylashtiradi
3 Murakkab konstruksiyalarni yig‘adi
4 Qopchadagi o‘yinchoqlarni paypaslab aytib bera oladi
5 Qog‘ozni chiziq bo‘yicha mustaqil
qirqadi
III. 5-6 yoshli bolaning rivojlanish xaritasi
Bolaning familiyasi, ismi: ____________________________________________________________ yoshi: ___________________
Tug‘ilgan sanasi: ______________________________________________ Jinsi: ______________________________ (O‘g‘il /Qiz)
Pedagog: _________________________________________________________________________________________________________
Kuzda to‘ldirilgan sana: _____________________________ Qishda to‘ldirilgan sana: ______________________________
Bahorda to‘ldirilgan sana: __________________________.
7-ILOVA. Rivojlanish xaritasi
№ Rivojlanish sohasi /
Kutilayotgan natija
Dastlabki Oraliq Yakuniy Pedagog
K B T D K B T D K B T D izohi
1.3 Kichik soha: Sensomotorika
1 To‘pni yuqoriga otadi va uni qayta
ilib oladi
2 Uzatilgan to‘pni turli usullar bilan ilib
oladi
4 Koptokni klyushka bilan to‘siqlararo
olib o‘tadi
5 Qum solingan qopchani nishonga
irg‘itadi
Asosiy holatda turib, ko‘krak balandligida to‘pni ikki qo‘li bilan boshqa
bolaga uzatadi
Turli analizatorlar (yopiq ko‘zlar, paypaslash, ta’miga qarab aniqlash) yordamida predmetlarni tadqiq qiladi
1.4 Kichik soha: Sog‘lom turmush tarzi va xavfsizlik
1 Shaxsiy gigienaga rioya qiladi
2 Stol atrofida ovqatlanish madaniyatiga rioya qiladi
3 Vitaminlarning ovqatlanishdagi ahamiyati va rolini biladi
4 Salomatlik haqida g‘amxo‘rlik qilishning muhimligini anglaydi
5 Tananing asosiy qismlari va ularning
vazifalarini biladi
6 Piyodalar uchun mo‘ljallangan asosiy ko‘cha harakati qoidalarini biladi
Suv iste’mol qilishning muhimligini
tushunadi va mustaqil ravishda suv
ichish rejimiga rioya qiladi
8 Xavfsizlik qoidalarini biladi va ularga
rioya qiladi
Zarurat tug‘ilganda kattalarga yordam uchun murojaat qilish mumkinligini biladi
Xavfli bo‘lishi mumkin bo‘lgan faoliyat turlarini aytadi: xavfli joylarda
o‘ynash (mashinalar yuradigan
yo‘lakda o‘ynash, notanish suv havzalari, ariq, ko‘llarda cho‘milish),
yo‘lning mashinalar yuradigan
qismida velosiped uchish
7-ILOVA. Rivojlanish xaritasi
№ Rivojlanish sohasi /
Kutilayotgan natija
Dastlabki Oraliq Yakuniy Pedagog
K B T D K B T D K B T D izohi
2 Ijtimoiy-hissiy rivojlanish
2.1 Kichik soha: “Men” konsepsiyasi.
1 O‘ziga yuklanayotgan majburiyatlarni qabul qiladi va ularga rioya etadi
2 O‘zining qaysi millatga mansubligini
biladi
3 O‘z istaklari, manfaatlarini aniq
ifodalaydi
4 O‘z hissiyotlarini ifodalaydi
5 O‘z-o‘zini baholash qobiliyatini
namoyon etadi
6 Mustaqil ravishda o‘zi uchun mashg‘ulot turini tanlaydi
7 G‘oyalar taklif etadi, tashabbuskorlik
ko‘rsatadi
8 Samimiy va ochiq
2.2 Kichik soha: Hissiyotlar va ularni boshqarish
1 Asosiy hissiyotlar sabablarini tushunadi
2 Agar kimnidir xafa qilsa, aybdorlik
hissini ko‘rsatadi
3 Yaxshi yoki yomon hatti-harakatga
baho berishga qodir
4 O‘yindagi g‘alaba onlarida shodlanishni biladi
O‘z hissiyotlari hamda kechinmalarini do‘stlari va yaqin kishilari bilan
o‘rtoqlashadi
6 Qo‘rquv va xavf nimaligini tushunadi
Hammabop asarlarni mamnuniyat
bilan tinglaydi va ular borasida o‘z
hissiy munosabatini bildiradi
2.3 Kichik soha. Ijtimoiylashuv, kattalar va tengdoshlar bilan muloqot
1 Muloqotda o‘z fikri, hissiyotlari va
tasavvurlarini namoyon etadi
2 Guruhda va oilada tashkil etiladigan
mehnat faoliyatida qatnashadi
3 Iltimos yoki xabarni suhbatdoshiga
yetkazishni biladi
4 Mustaqil, kattalardan nisbiy mustaqilligini namoyon etadi
5 Yordam ko‘rsatishga tayyor
2.2 Bolaning maktabga tayyorlik kartasi.
Maktabgacha ta’lim tashkiloti va boshlang‘ich ta’lim uzluksizligini ta'minlash maqsadida maktabgacha ta’lim tashkilotidan chiqishda 6-7 yoshli bolaning maktabga tayyorligi xaritasi to‘ldiriladi (faqat maktabgacha ta’lim tashkiloti bitiruvchilari uchun). Maktabga tayyorlik deganda bolada tayanch kompetensiyalar va rivojlanish sohalarining kompetensiyalarini shakllanganligi tushuniladi. U
shbu xarita MTTning har bir bitiruvchisi uchun to‘ldiriladi. Unda bola rivojlanishining beshta yo‘nalishi bo‘yicha erishgan natijalari ko‘rsatiladi. Pedagogga u yoki bu natija qay darajada aks ettirilganligini qayd etish taklif etiladi. Rivojlanishning beshta sohasi bo‘yicha natijalar (bolaning kompetensiyalari) tavsiyalar va istaklar shaklida umumlashtiriladi, ma’lumot uchun yozma ravishda yetkaziladi va ota-onalarga topshiriladi.
Bolaning maktabga tayyorligi xaritasi ota-onalarning iltimosiga binoan 1-sinf o‘qituvchisiga taqdim etilishi mumkin, bu tavsiya tarzida bo‘lib, bolani maktabgacha ta'limdan boshlang‘ich ta’lim bosqichiga o‘tishi, shuningdek, bolaning 1-sinfda 18 rivojlanishiga shaxsga yo‘naltirilgan yondashuvda o‘qituvchi uchun qo‘llanma bo‘lib xizmat qiladi. Ushbu bolaning maktabga tayyorlik xaritasi quyidagilarga imkon beradi: maktabgacha ta’lim tashkilotida ta’lim jarayonining muvaffaqiyati va samaradorligini aniqlaydi, boshlang‘ich sinf o‘qituvchisini bolaning boshlang‘ich maktabda muvaffaqiyatli moslashishi va yanada samarali rejalashtirish uchun xabardor qiladi.
K – kuzatilmaydi yoki kamdan-kam kuzatiladi
B – ba'zida kuzatiladi
T – tez-tez kuzatiladi
D – doimiy ravishda kuzatiladi
6-7 yoshdagi bolaning maktabga tayyorlik xaritasi
№ _____________ maktabgacha ta’lim tashkiloti
___________________________ viloyat ___________________________ shahar _____________________________________ tuman
Bolaning familiyasi, ismi va sharifi: _____________________________________________________________ Yoshi: ________
Tug‘ilgan sanasi: _________________________________________________ Jinsi: ___________________________ (O‘g‘il / Qiz)
№ Rivojlanish sohasi / Kutilayotgan natija Kuzatiladi
K B T D
1. Jismoniy rivojlanish va sog‘lom turmush tarzining shakllanishi
1.1. O‘z imkoniyatlari va yoshi bilan bog‘liq jismoniy rivojlanish me’yorlariga
mos ravishda jismoniy faollik ko‘rsatadi
1.2. Turli harakatchanlik faolligini uyg‘un ravishda va maqsadli bajarishni biladi
1.3. Turli hayotiy va o‘quv vaziyatlarida mayda motorika ko‘nikmalaridan foydalanadi
1.4. O‘z harakatlarini hissiyot va sezgi organlari yordamida boshqaradi
1.5. Shaxsiy gigiena ko‘nikmalarini qo‘llaydi
1.6. Hayot xavfsizligi asoslari qoidalariga rioya qiladi
2. Ijtimoiy-hissiy rivojlanish
2.1. O‘z «Men»i va boshqa insonlarning hayotiy faoliyat muhitidagi roli
to‘g‘risida tasavvurga ega bo‘ladi
2.2. O‘z hissiyotlarini boshqaradi va ularni vaziyatga mos ravishda ifodalaydi
2.3. O‘zgalarning hissiyotlarini farqlaydi va ularga mos ravishda javob beradi
2.4. Kattalar va tengdoshlari bilan vaziyatga mos ravishda muloqot qiladi
2.5. Murakkab vaziyatlardan chiqishning amaliy yo‘llarini topadi
3. Nutq, muloqot, o‘qish va yozish malakalari
3.1. Nutqni eshitadi va tushunadi
3.2. O‘z nutqida to‘g‘ri talaffuz, qulay grammatik shakllar va xilma-xil gap
tuzilishlaridan foydalanadi
3.3. Ikkinchi tilni o‘rganishga qiziqishi namoyon qiladi
3.4. Ikkinchi tilni egallash bo‘yicha dastlabki bilimlarini ko‘rsatadi
3.5. Badiiy adabiyot asarlariga qiziqish namoyon bo‘ladi
3.6. So‘zning lug‘aviy, bo‘g‘inli va fonetik tuzilishi to‘g‘risida tasavvurga ega
bo‘ladi
3.7. Matn mazmunining turli shakllarini mustaqil tuza oladi va qayta hikoya qila
oladi
3.8. Yozishning dastlabki ko‘nikmalari va vositalaridan foydalanishni biladi
. Bilish jarayonining rivojlanishi
4.1 Bilim olishga faol qiziqishini namoyon etadi
4.2. O‘quv va hayotiy faoliyat uchun axborotni mustaqil ravishda topadi va
undan foydalanadi
4.4. Predmetlar, voqealar va ko‘rinishlar o‘rtasidagi oddiy aloqalarni tushunadi
va ularni yaxlit bir butunlik sifatida idrok qiladi
4.5. Raqamlar, hisoblashni biladi va ularni hayotda qo‘llaydi
4.6. Makon, shakl va vaqtga mos ravishda ish tutadi
4.7. Elementar matematik hisoblashlarni amalga oshiradi
4.8. Atrof-muhitdagi voqea-hodisalar va ko‘rinishlarni kuzatadi hamda tadqiq
qiladi
5. Atrof-muhitga nisbatan ehtiyotkorona va g‘amxo‘r munosabatni namoyon etadi
5.1. San’at va madaniyatga qiziqish bildiradi
5.2. Milliy an’analarni qadrlaydi va ularni kundalik hayotning bir qismi sifatida
idrok etadi
5.3. San'atning ma'lum bir turiga bo‘lgan afzalliklarni mustaqil ravishda ifodalaydi
5.4. Olingan bilim va ko‘nikmalardan turli hayotiy vaziyatlarda o‘z ijodiy rejalarini tuzish va tatbiq qilish uchun foydalanadi
5.5. Insonning dunyoni o‘zgartirishdagi yaratuvchanlik rolini tushunadi
To‘ldirilgan sana: «_____»_______________ 20____ yil
Pedagog: ________________________ _______________________________________________________________________________
(Imzo) (Ism-sharif to‘liq)
Xulosa
Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida bolalarning rivojlanishini xujjatlashtirishning eng maqbul yo’li bu bolalarni rivojlanishini belgilab borishdir. Bolalarni maktab ta’limiga samarali tayyorlashda bu juda muhim ko’rsatgich hisoblanadi. Pedagog tarbiyachi tarbiyalanuvchilarga qay tariqa ta’lim tarbiya berayotganligini shu rivojlanish xaritasidagi bolaning ko’rsatgichlari orqali aniqlab borsa bo’ladi. Pedagog tarbiyachi ha yilni boshida o’z oldiga maqsad qo’yadi va ma’lum bir yo’nalishda bolalarni ta’lim tarbiyasi bilan shug’illanadi. Shu tanlangan metodikaning tarbiyalanuvchilar bilim olishiga qay tariqa ta’sir ko’rsatayotganligini rivojlanish haritasidagi indikatorlarda belgilangan ko’rsatgichlar orqali aniqlab olishimiz mumkin.
Bolalarga yo‘naltirilgan guruhda puxta o‘ylangan va xavfsiz tashkil etilgan rivojlanish muhiti eng muhim rol o‘ynaydi, bu pedagoglarga davlat o‘quv dasturining maqsad va vazifalarini amalga oshirish va shaxsga yo‘naltirilgan ta’lim texnologiyalarini qo‘llash imkonini beradi.