Apellyatsiya instansiyasi sudida ish yuritishning ahamiyati, mohiyati vakolatlari va apellyatsiya instansiyasi sudining qarorlari. Reja: Kirish



Yüklə 120 Kb.
səhifə2/3
tarix25.04.2023
ölçüsü120 Kb.
#102109
1   2   3
Apellyatsiya instansiyasi sudida ish yuritishning ahamiyati, mohiyati vakolatlari va apellyatsiya instansiyasi sudining qarorlari.

Birinchi instansiya (tuman (shahar) sudlari, ayrim toifadagi murakkab ishlar bo‘yicha – viloyat sudlari);
Apellyatsiya instansiya (viloyat darajasidagi sudlar);
Kassatsiya instansiyasi (Oliy sud) sudlari yaratiladi.
Sudning chinakam mustaqilligini, taraflarning sudda tortishuvchanlik va tengligi tamoyilini to‘liq ta'minlashga to‘sqinlik qiluvchi omillarni bartaraf etish maqsadida prokuror ishtiroki bilan bog‘liq normalar xalqaro standartlarga muvofiqlashtirilib, amalda mavjud bo‘lgan taraflarning shikoyati va prokurorning protestini ko‘rib chiqishning farqli normalari bekor qilinmoqda. Barcha instansiya sudlariga murojaat qilishda prokurorning boshqa taraflar bilan teng, bir xil huquq va majburiyatlarga ega hamda uning protesti taraflarning shikoyati bilan bir xil huquqiy maqomga ega ekanligi to‘g‘risidagi normalar kiritilmoqda.
Amaldagi qonunga ko‘ra, apellyatsiya va kassatsiya instansiyasi sudlari bir xil vazifani bajarib, birinchi instansiya sudlarining qarorlarini qayta ko‘rib chiqadilar. Ular o‘rtasidagi farq faqat biri qonuniy kuchga kirmagan sud qarorlari ustidan berilgan shikoyatlarni, ikkinchisi esa qonuniy kuchga kirgan sud qarorlari ustidan berilgan shikoyatlarni ko‘rishdadir. Bunday amaliyot birorta rivojlangan davlatda mavjud emas.
Apellyatsiya instansiyasi sudi qonuniy kuchga kirmagan sud qarorlari ustidan berilgan shikoyatlarni, apellyatsiya instansiyasida ko‘rib chiqilgan ishlarni esa kassatsiyada ko‘rib chiqish tartibi belgilangandi.
Ya'ni ish nazorat tartibida ko‘rilishidan oldin, albatta, apellyatsiya yoki kassatsiya tartibida ko‘rilgan bo‘lishi shart, shuningdek, amalda ham apellyatsiya yoki kassatsiya tartibida shikoyat qilishning muddatlari belgilangan. 
Fuqarolik, ma'muriy va iqtisodiy ishlar bo‘yicha apellyatsiya shikoyatlarini berish muddatlari 20 kundan 1 oyga qadar uzaytirildi.
Bundan tashqari, apellyatsiya tartibida shikoyat berishning o‘tkazib yuborilgan muddatlarini tiklash asoslari kengaytirilmoqda. Xuddi shuningdek, kassatsiya tartibida shikoyat berish muddatlari amaldagi 6 oydan farqli ravishda 1 yil etib belgilandi.
fuqarolarning ovoragarchiliklari oldini oladi, odil sudlovga erishish imkoniyatlarini kengaytirishga, sudning chinakam mustaqilligini, taraflarning sudda tortishuvchanlik va tengligi tamoyilini to‘liq ta'minlashga, fuqarolar huquqlarining ishonchli sud himoyasida bo‘lishini ta'minlashga, qonun ustuvorligi va odil sudlov samaradorligi bo‘yicha xalqaro reytinglarda mamlakatimiz nufuzi oshishiga xizmat qiladi.
Sud qarorlarini qayta ko‘rish masalasidagi xalqaro standartlar talablarini (Fuqaroviy va siyosiy huquqlar to‘g‘risidagi xalqaro paktning
14-moddasi 5-bandi) protsessual qonunchiligiga implementatsiya qilinishiga, sud mustaqilligi, qonun ustuvorligi va odil sudlov samaradorligi bo‘yicha xalqaro reytinglarda (Huquq ustuvorligi indeksi, “Doing business”, Iqtisodiy erkinlik indeksining Sud faoliyati samaradorligi, Global raqobatbardoshlik indeksining Sudlar mustaqilligi indikatorlarida) mamlakatimiz nufuzi oshishiga xizmat qiladi.


Yüklə 120 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin