Nuqtaga nisbatan kuch momenti mexanikadagi, shuningdek, texnik mexanikadagi eng muhim tushunchalardan biri hisoblanib, undan fanni nazariy va amaliy jihatdan o`rganishda juda ko`p foydalaniladi.
Juda qadim zamonlarda ham kishilar ma`lum bir yelkaga ta`sir etuvchi kichik kuch bilan ancha katta qarshiliklarni yenga olish imkoniyatlariga ega bo`lgan sodda richagning xossasidan amalda keng foydalanganlar. Richagning bu xossasini birinchi bo`lib Arximed ilmiy nuqtayi nazardan asoslagan.
J ismga tekislikda yotuvchi kuchlar tizimi ta`sir etayotgan bo`lsin (1.17-shakl).
O nuqtadan kuchlarning ta`sir chizig`igacha perpendikular tushiramiz. Bu perpendikularlarning uzunligi h1 va h2 bo`lib, tegishlicha kuchlarning O1 nuqtaga nisbatan kuch yelkasi deyiladi; O1 nuqta esa moment markazi deyiladi.
Kuchning nuqtaga nisbatan momenti deb, uch moduli bilan kuch yelkasi ko`paytmasiga teng kattalikka aytiladi.
Kuch momentining algebraik qiymati bilan belgilanadi va u quyidagi
formula bilan aniqlanadi:
Bu formula oldidagi ishoralardan qaysi birini olishni, quyidagi ishoralar qoidasiga asosan shartlashib olamiz: kuch vektori jismni markazi atrofida soat mili tomonga burishga intilsa, kuch momenti musbat, aks holda manfiy deb hisoblanadi.
Bizning misolimizda kuch uchun
ga teng.
Chizmadan ko`rinib turibdiki, moment olinayotgan nuqtaning joylashuviga qarab ayni bir kuchning momenti ham musbat, ham manfiy bo`lishi mumkin.
Masalan, kuchning momenti O1nuqtaga nisbatan musbat, O2 nuqtaga nisbatan esa manfiydir.
Kuch momenti kuchning biror nuqtaga nisbatan aylanma ta`sirining o`lchovi bo`lib, xalqaro birliklar sistemasi SI da Nm bilan o`lchanadi.
Kuchning momenti quyidagi xossalarga ega:
kuchning moduli va yo`nalishini o`zgartirmasdan uni ta`sir chizig`i bo`ylab istalgan nuqtaga ko`chirilsa, kuch momenti miqdor jihatdan o`zgarmaydi (chunki bunday holda kuchning yelkasi o`zgarmasdan qoladi);
kuchning ta`sir chizig`i moment markazidan o`tganda, uning shu nuqtaga nisbatan momenti nolga teng bo`ladi (chunki bunday holda kuchning yelkasi nolga teng bo`ladi).
Kuchning o`qqa nisbatan momentini aniqlash maqsadida quyidagi ikkita chizmani tahlil qilamiz.
1 ) Aytaylik, Oz o`qqa o`rnatilgan jismga kuchlar ta`sir etayotgan bo`lsin (1.18-shakl). kuchning ta`sir chizig`i vertikal o`qni kesayotganligi va kuch unga parallel bo`lganligi sababli, bu kuchlar ta`sirida jism Oz o`q atrofida aylana olmaydi; bu holat tajribalarda ham tasdiqlangan. Shuning uchun kuchlarning o`qqa nisbatan momenti nolga teng.
2 ) Jismning biror nuqtasiga kuch qo`yilgan bo`lsin (1.19-shakl). kuch vektori boshlangan nuqtadan o`tuvchi hamda vertikal o`qqa perpendikulyar bo`lgan H tekislikni o`tkazamiz. Chizmada tasvirlanganidek, kuchni (gorizontal) va (vertikal) tashkil etuvchilarga ajratamiz.
Kuchning vertikal tashkil etuvchisi vertikal Oz o`qiga parallel bo`lganligi sababli, yuqorida ta`kidlaganimizdek, uning o`qqa nisbatan momenti nolga teng bo`ladi.
Kuchning gorizontal tashkil etuvchisi ning momenti quyidagiga teng:
Bu yerda, à — kuch yelkasi (O nuqtadan kuchning gorizontal tashkil etuvchisi ning ta`sir chizig`iga tushirilgan perpendikular kesma).
Shunday qilib, kuchning biror o`qqa nisbatan momenti deb, uning shu o`qqa perpendikular tekislikdagi proyeksiyasining o`q bilan tekislik kesishgan nuqtasiga nisbatan olingan momentiga aytiladi.
Ta`rifga ko`ra
yoki umumlashtirib
Kuchning o`qqa nisbatan momenti skalyar miqdor bo`lib, o`qning musbat yo`nalishidan qaraganda kuchning o`qqa perpendikular tekislikdagi proeksiyasi jismni soat mili aylanadigan tomonga aylantirishga intilsa moment musbat, aksincha, manfiy ishora bilan olinadi.
Moduli teng, ta`sir chiziqlari bir to`g`ri chiziqda yotmaydigan, parallel va qarama-qarshi yo`nalgan ikki kuch juft kuch (qisqacha juft) deb ataladi (1.20- shakl).
J uft ko`rinishda belgilanadi.
Juft tashkil etuvchi kuchlarning ta`sir chiziqlari orasidagi eng qisqa masofa juftning yelkasi deyiladi va h bilan belgilanadi. Juft yotgan tekislik juftning ta`sir tekisligi deyiladi.
Juftni bitta kuch bilan almashtirish yoki muvozanatlash mumkin emas, ya`ni juft teng ta`sir etuvchiga ega bo`lmaydi. Shu sababli faqat juft ta`siridagi jism ilgarilanma harakat qila olmasdan aylanma harakatga keladi.
Juftning momenti deb, mos ishora bilan olingan juft tashkil etuvchilaridan birining modulini juft yelkasiga ko`paytmasiga teng bo`lgan kattalikka aytiladi va quyidagicha aniqlanadi:
Juft jismni soat milining aylanishi bo`yicha aylantirishga intilsa uning momenti musbat va aksincha, manfiy bo`ladi.
Juftning aylantiruvchi ta`siri juftning kuchlari miqdoriga hamda ular orasidagi masofaga bog`liq ekanligini tiskga mahkamlangan rezba ochish jarayonida osongina tushunish mumkin (1.21-shakl). Juft momenti vektor kattalik bo`lib, uning yo`nalishini «parma» qoidasi bilan aniqlash mumkin: parma dastasini juftni
t ashkil etuvchi kuchlar yo`nalishida, juftning ta`sir tekisligi bo`ylab aylantirganda parmaning ilgarilanma harakatiga qarab juftning momenti musbat yoki manfiy ishorali bo`ladi, degan xulosaga kelish mumkin (1.22-shakl, a,b).
Statikaning to`la kursida:
a) juftni o`zining ta`sir tekisligida yoki unga parallel tekislikda ixtiyoriy holatga ko`chirish mumkin bo`lganidan, juft momenti vektorini jismning ixtiyoriy nuqtasiga qo`yish mumkinligi;
b) bir tekislikda yotuvchi juftlar tizimi bitta juftga teng kuchli (ekvivalent) bo`lib, uning momenti berilgan juftlar momentlarining algebraik yig`indisiga tengligi, ya`ni
ekanligi isbotlangan.
Oxirgi ifodadan tekislikdagi juftlar tizimi muvozanatda bo`lishi uchun berilgan juftlar momentlarining algebraik yig`indisi nolga teng bo`lishi zarur va yetarli ekanligi kelib chiqadi: