Kuch transformatorlarini tanlash reja: Tranformatorlar va ularning turlari


Podstansiyalarda transformatorlarning soni va quvvatini tanlash



Yüklə 23,18 Kb.
səhifə4/6
tarix07.01.2024
ölçüsü23,18 Kb.
#201928
1   2   3   4   5   6
Kuch transformatorlarini tanlash reja Tranformatorlar va ularni

2. Podstansiyalarda transformatorlarning soni va quvvatini tanlash.
Transformatorlarning sonini tanlash
Korxonaning ratsional elektr ta’minoti tizimini yaratishda BPP va sex podstansiyalaridagi kuch transformatorlarning soni va quvvatlarini texnik va iqtisodiy nuqtai nazaridan to‘g‘ri tanlash katta ahamiyatga ega. Texnik ko‘rsatgichlarga elektr ta’minoti sxemasining ishonchliligi, ekspluatatsiyada qulayligi, jihozlarni uzoq muddatda ishlay olishi, avtomatlashganlik darajasi va h.k. kiradi. Iqtisodiy ko‘rsatgichlarni esa asosan boshlang‘ich kapital mablag‘ va yillik sarf-xarajatlar kiradi. Korxona uchun kuch transformatorlarning soni va quvvatlarini tanlashda ikki yoki ko‘p variantlar tahlil qilinib, ulardan eng ma’quli olinadi.
Variantlarning iqtisodiy samaradorligini aniqlashda quyidagi formulalardan foydalaniladi:
, (1.)
yoki
, (1a)
Bu yerda, KA, KB - A va B variantlar uchun ketadigan boshlang‘ich kapital mablag‘lar[ming so‘m]; CA, CB - ushbu variantlar uchun yillik ekspluatatsiya sarf–xarajatlar[ming so‘m/yil]; Z-yillik keltirilgan sarf-xarajatlar; T-chiqimlarni qoplash muddati, bu davrda kapital mablag‘i katta bo‘lgan variantda yillik eksplatatsiya sarf-xarajatlarning kamligi hisobiga boshlang‘ich mablag‘ning qo‘shimcha chiqimlarni qoplanadi. T ga teskari bo‘lgan miqdorni iqtisodiy samaradorlik koeffitsiyenti deyiladi:
, (2)
Energetikaning hisob-kitob ishlarida chiqimlarning qoplash me’yoriy (normativ) qiymati belgilangan. Shunga binoan,
- me’yoriy iqtisodiy samaradorligi koeffitsiyenti bo‘lib, uning qiymatini 0,15 ga teng deb qabul qilingan. U holda chiqimlarni qoplashning me’yoriy muddati yilni tashkil etadi.


2-rasm. Kuch transformatorlarning soni va quvvatlarini tanlash.
Korxona elektr ta’minoti tizimidagi transformatorlar tanlanganda ularning ikkita yoki uchta standart quvvatli bo‘lishiga erishish maqsadga muvofiqdir. Bunda zahiridagi transformatorlar soni kamayib, buzilganini almashtirishni osonlashadi.
35 kV va undan katta kuchlanishli podstansiyalarning sxemalarida yuqori kuchlanishli tomonlarida o‘zgichlar ishlatilmasa ta’minot tizimi katta miqdorda arzonlashadi. Barcha chekka podstansiyalar loyihalashtirilganda yuqori kuchlanishli qismiga uzgichlar o‘rniga qisqa tutashtirgichlar va ajratgichlar qabul qilish tavsiya etiladi. Sex podstansiyalarida transformatorlarni yuqori kuchlanishli liniyalariga ayrgichlar yoki ayrgich-saqlagichlar yoki yuklamani o‘chirgich-saqlagichlar orqali ulash to‘g‘ri bo‘ladi.
BPP va MTP lardagi trasformatorlar soni elektr ta’minotiga bo‘lgan ishonchlilik darajasi bilan aniqlanadi. Ko‘rsatilgan tasvirda bir va ikki transformatorli podstansiyaning sxemalari keltirilib, ularda yuqori kuchlanishli ayrgich, uzgich, transformator kichik kuchlanishli uzgich va ayrgichlar ketma-ket ulangan.
Keltirilgan sxemalardan ikkinchisi iste’molchilarni elektr energiyasi bilan ta’minlashda ishonchli hisoblanadi. Bir transformator ishdan chiqsa ikkinchisi buzilgan transformatorni ta’mirlash yoki almashtirishga ketadigan vaqt oralig‘i uchun 100% li ishonchilikni ta’minlaydi.
Birinchi toifali istemolchilarni ikkita transformatorli podstansiyalardan ta’minlash zarur bo‘lib, har bir transformator ayrim shina seksiyalariga ulanishi kerak. Kichik kuchlanishli ishchi shinalar seksiyalari ham alohida saqlanadi. Bu esa kichik kuchlanishli tarmoqlarning ish sharoitlarini yaxshilab, Q.T. tokining miqdorini ikki marotaba kamaytiradi.
Ikkinchi toifali iste’molchilarni ikki trasformatorli yoki bir transformatorli podstansiyadan (zahiridagi transformatorni biror soat davomida almashtirish imkoni bo‘lganda) energiya bilan ta’minlash mumkin.
Uchinchi toifali iste’molchilar zahirada transformator mavjud bo‘lganda, bir transformatorli podstansiyaga ulanishlari mumkin.

Yüklə 23,18 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin