Kulib turar ko’zlarim
Dildan aytsam so’zlarim
Xush do’stlarim.
Assalomu aleykum aziz mehmonlar, kasbdoshlar
Bugun g’azal mulkining sultoni A.Navoiyning 581yilligi munosabati bilan “Olmaxon” tayyorlov guruhi tarbiyalanuvchilari bilan noan’anaviy tarzda mashg’ulot tashkil etganmiz fevral oyi mavzusi “G’aroyib olam” hafta mavzusi “Dunyo mamlakatlari” mashg’ulot mavzusi: “Kelajak vorislari”
TARBIYACHI: Bolajonlar A.Navoiyning hayoti va ijodi bilan qisqacha tanishtiraman. A.Navoiy 1441-yilda 9-fevralda Hirot shaxrida saroy amaldorlaridan bo’lgan G’iyosiddin kichkina oilasida dunyoga kelgan. Kechalari G’iyosiddin kichkinaning uyiga mushoirlar, she’riyatxonlik tashkil etilgan, A.Navoiy ularni qiziqish bilan kuzatar edi. Yosh Alisher kichkina paytidan 6 yoshidan she’r yoza boshlaydi.
Faoliyatni rivojlantiruvchi markazlarga olib boramiz
Alisherdagi she’riyatga qiziqishni ko’rgan otasi uni shoir Lutfiyga shoirlikka beradi.
Lutfiy va Navoiy manalogi
Yillar davomida A.Navoiy buyuk shoir va alloma bo’lib yetishadi va bir qator shoirlarni tayyorlaydi.
1-bola: Ko’nglimni g’am-u dard ila qon aylaydi ishq,
Ko’z yo’lidin ul qonni ravon ayladi ishq.
Har qatrani bilmadim qayon ayladi ishq,
Bedil ekanim buyla ayon ayladi ishq.
2-bola: Lolagun to’n ichra, yo Rab, ul g’azoli chin erur,
Yo ko’zumning mardumi, qon yosh ila rangin erur.
Bilmon oyokim shafar ichra erur zarrin g’azol,
Lolagun to’n ichra yoxud ul g’azoli chin erur.
3-bola: Qaro ko’zim, mardumlug’ emdi fan qilg’il,
Ko’zim qarosida mardum kebi vatan qilg’il.
Yuzing guliga ko’ngil ravzasin yasa gulshan,
Qading niholig’a jon gulshanin chaman qilg’il.
4-bola: Ko’ngil istar yorlar birla hamisha shod bo’l,
Mendin-u kimdinki, ko’ngling istamas ozod bo’l.
Garchi sabrim uyi yanglig’, aylading vayron meni,
Doimo, yo Rabki, husning mulkidek obod bo’l.
Til va nutq markaz: A.Navoiy g’azallari syujetli rolli o’yinlar: “Non isi” rivoyati
Ko’rish yasash markaz: Madrasa, maqbara yasash
Fan va tabiat markazi: Unning hosil bo’lishi, bug’doyni kilida tugish.
San’at markazi: Non yasash va uni bezash
Bolalar rag’batlantiriladi
Dostları ilə paylaş: |